Yozgi ta’tilda o‘quvchilarning bo‘sh vaqti mazmunli o‘tadi

Yozgi ta’tilda o‘quvchilarning bo‘sh vaqti mazmunli o‘tadi

Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan joriy yil yoz mavsumida bolalarning mazmunli dam olishini tashkil etish maqsadida “Yoz — 2020” shtabi tashkil etildi.

Bunga koʻra, 156 ta statsionar oromgohlarda jami 70 318 nafar bolalarning dam olishi koʻzda tutilmoqda.
Shuningdek, oromgohlarda taʼlim-tarbiya ishlarini tashkil etishning uslubiy taʼminotini yoʻlga qoʻyish maqsadida oromgoh rahbarlari, pedagoglar hamda toʻgarak rahbarlari uchun uslubiy qoʻllanmalarning elektron shakllari tayyorlandi. Oʻquvchi-yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etish yuzasidan 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish boʻyicha qoʻllanmalarga alohida bob sifatida tegishli maʼlumotlar kiritildi.
Joriy mavsumda 156 ta statsionar oromgohlarda jami 2 639 nafar pedagog kadrlarga va 95 885 dona bolalar badiiy adabiyotlariga ehtiyoj mavjud. Ayni paytda 732 nafar yetakchilar roʻyxati tuzildi. Mazkur kadrlar joriy yilning 5-10-iyun kunlari ZOOM dasturi orqali onlayn shaklda 36 soatlik maxsus oʻquv dasturi boʻyicha oʻqitiladi.
Oʻquvchilar uchun “Yoshlar kutubxonasi” rukni ostida nashr etilgan 47 nomdagi badiiy adabiyotlar hamda kitob.uz platformasidan foydalanish boʻyicha sharoit yaratiladi. Shu bilan birga, yoz mavsumida pedagog xodimlarning belgilangan tartib asosida ish olib borishi uchun oromgohlarda faoliyat koʻrsatadigan pedagog va xodimlarning namunaviy ish rejasi tayyorlandi.
Oʻquvchilarning yoz mavsumida boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Onlayn-toʼgarak” videodarslar tashkil etiladi. Bunda oʻquvchilarga 40 nafar toʻgarak rahbari tomonidan 14 nomdagi ingliz tili, texnik ijodkorlik, musiqa va boshqa ijodiy toʻgaraklar hamda internet tarmogʻi orqali pul topish boʻyicha videodarslar oʻtiladi. Bu esa oʻz navbatida respublikadagi jami 4 mln. nafarga yaqin bolalarni boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga imkoniyat yaratadi.
Bundan tashqari, yoz mavsumida uyda oʻtirgan bolalar uchun telegram ijtimoiy tarmogʻida ochilgan 3 ta kanalda (besh_tashabbusuyimizda, yoshkitobxonlar2020, rasmlartanlovi) 6 ta (musiqa va sanʼat, sport, kitobxonlik) koʻrik-tanlovlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan boʻlib, ushbu tadbirlarga jami 340 ming nafardan ortiq oʻquvchilarni jalb qilish koʻzda tutilmoqda.


Министерство народного образования создало штаб «Лето 2020» для организации полноценного отдыха детей этим летом.

Согласно этому, всего в 156 стационарных лагерях отдохнут 70 318 детей.
Также разработаны электронные формы пособий для вожатых, воспитателей и вожатых клубов для методического обеспечения организации воспитательной работы в лагерях. Соответствующая информация включена отдельным разделом в пособия по реализации 5 важных инициатив для эффективной организации работы со студентами и молодежью.
Всего в этом сезоне в 156 стационарных лагерях требуется 2 639 учителей и 95 885 детских книг художественной литературы. На сегодняшний день составлен список из 732 лидеров. Эти сотрудники будут проходить онлайн-обучение по программе ZOOM 5-10 июня по специальной 36-часовой программе обучения.
Студенты смогут воспользоваться 47 книгами художественной литературы, изданными в рубрике «Молодежная библиотека» и на платформе kitob.uz. Вместе с тем, подготовлен примерный план работы воспитателей и персонала, работающего в лагерях, чтобы воспитатели могли работать в установленном порядке в летний сезон.
В целях организации содержательного досуга студентов в летний сезон организуются видеоуроки «Онлайн-круг». Студентов проведут 14 уроков английского, технического, музыкального и других творческих занятий от 40 руководителей клубов, а также видеоуроки о том, как заработать в Интернете. Это, в свою очередь, составляет в общей сложности 4 миллиона человек в стране. Это позволяет детям рационально организовать свой досуг.
Кроме того, летом планируется провести 6 конкурсов (музыкально-художественный, спортивный, чтение) для 6 детей (музыкально-художественный, спортивный, чтение) на 3 каналах (five_initiatives, молодежные читатели 2020, фотоконкурс), открытых на социальная сеть Telegram для детей-сирот.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: