2023 So‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari qanday o‘tadi?

2023 So‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari qanday o‘tadi?

Maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha zarur tavsiyalar ishlab chiqildi.

Eslatib o‘taman, 25-may so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlarini uyushtirish uchun saytimizda bir qancha tadbir senariylari bor, barcha so‘nggi qo‘ng‘iroq senariylarini ushbu sahifadan yuklab olishingiz mumkin. So‘nggi qo‘ng‘iroq kuni uchun eng yaxshi she’rlar bu yerda, eng sara qo‘shiqlar bu yerda, tabriklar va tilaklar esa bu yerga joylashtirildi.

Joriy yil umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘tkaziladigan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra:

🔔 umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari 2023-yil 25-may kuni soat 8:00 dan 9:00 ga qadar “Ilmni qadrlang, ilmga intiling!” shiori ostida tashkil etiladi;

🔔 tadbirga maktabdagi o‘quvchilar sonidan kelib chiqqan holda faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf o‘quvchilari jalb etiladi;

🔔 mahalla faollari, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlikda yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilish va boshqa zarur choralarni ko‘rish ta’minlanadi;

Shuningdek, tadbir davomida:

🔔 maktab hayotida faol ishtirok etayotgan, shuningdek, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan o‘quvchilarning ota-onalariga “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Mas’uliyatli ota-ona”, “A’lochi o‘quvchi otasi”, “Bilimli qiz onasi” kabi nominatsiyalari bo‘yicha tashakkurnomalar beriladi;

🔔 2022-2023-o‘quv yili davomida namunali xulq va a’lo baholarga o‘qib, eng yuqori reyting ko‘rsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar taqdirlanadi;

🔔 faxriy o‘qituvchilar, ota-onalar, kasaba uyushmasi, mahalla va hamkor tashkilotlar, shuningdek, o‘rnak bo‘ladigan maktabning sobiq bitiruvchilari taklif etiladi.

2022-2023-o‘quv yilini yakunlash va “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish davomida quyidagilar taqiqlanadi:

🔔 “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestasiyalarini o‘tkazishda, ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash borasida o‘quvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul mablag‘larini yig‘ish;

🔔 umumiy o‘rta ta’lim muassasalari rahbarlari hamda o‘qituvchilarga bitiruvchilar tomonidan turli qimmatbaho sovg‘alar taqdim etish, qo‘shimcha turli tantanali tadbirlarni o‘tkazish, yengil avtomashinalarda sayr tashkil etish.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimdagi barcha xodimlar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillaridan joriy o‘quv yilini yakunlash va “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazishda mazkur tavsiyalarga amal qilishlarini so‘rab qoladi.

Mavzuga doir:
25-may so‘nggi qo‘ng‘iroq suratlari foto 2023

25-may so‘nggi qo‘ng‘iroq tabriklari va tilaklari

25-may so‘nggi qo‘ng‘iroq eng sara she’rlar to‘plami


Разработаны необходимые рекомендации по проведению мероприятий «Последний звонок» в школах.

Напомню, что на нашем сайте есть несколько сценариев мероприятий по организации последнего звонка 25 мая, все сценарии последнего звонка вы можете скачать с этой страницы. Лучшие стихи для последнего звонка здесь, лучшие песни здесь, а поздравления и пожелания здесь.

Министерство дошкольного и школьного образования разработало соответствующие рекомендации по проведению мероприятий «Последний звонок» в общеобразовательных школах в этом году.

По его словам:

🔔 Мероприятия «Последний звонок» в общеобразовательных учреждениях общего образования состоятся 25 мая 2023 года с 8:00 до 9:00 часов «Цени науку, стремись к науке!» организовано под девизом;

🔔 в зависимости от количества учеников в школе в мероприятии будут задействованы только ученики 1, 4, 9, 11 классов;

🔔 во взаимодействии с активом района, родителями и представителями правоохранительных органов обеспечивается соблюдение правил пожарной и технической безопасности и принятие других необходимых мер;

Также во время мероприятия:

🔔 «Самый активный отец», «Дорогая мама», «Ответственный родитель», «Благодарственные письма вручаются в таких номинациях, как «Отец ленивого ученика», «Мама воспитанной девочки»;

🔔 В течение 2022-2023 учебного года будут награждены талантливые выпускники, которые учились с образцовым поведением и отличными оценками и достигли наивысших рейтинговых показателей;

🔔 Приглашаются заслуженные учителя, родители, профсоюзные, районные и партнерские организации, а также выпускники образцовой школы.

В период закрытия 2022-2023 учебного года и проведения мероприятий «Последний звонок» запрещается:

🔔 Сбор различных денежных сумм от студентов и выпускников и их родителей в рамках подготовки образовательных учреждений к новому учебному году во время проведения мероприятий «Последний звонок», проведения контрольных постановок и итоговых государственных аттестаций;

🔔 вручение выпускниками различных ценных подарков руководителям и преподавателям общеобразовательных учреждений общего образования, проведение дополнительных торжественных мероприятий, организация автомобильных прогулок.

Министерство дошкольного и школьного образования просит всех работников системы, родителей и представителей общественности соблюдать данные рекомендации при завершении текущего учебного года и проведении мероприятий «Последний звонок».

Предмет:
25 мая последний звонок фото фото 2023

25 мая последний звонок поздравления и пожелания

25 мая последний звонок — сборник лучших стихов

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: