XTV AQSHning Oracle kompaniyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

XTV AQSHning Oracle kompaniyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

Tomonlarning oʻzaro kelishuviga binoan respublikaning barcha hududlaridan 30 ta umumiy oʻrta taʼlim muassasasini Oracle Academy onlayn platformasiga ulanadi.

Informatika oʻqituvchilari uchun treninglar tashkil etish, joriy oʻquv yilidan variativ oʻquv reja asosida frilanserlik yoʻnalishida yuqori sinf oʻquvchilariga Java Foundation kabi oʻquv kursini oʻqitishni tashkil etish nazarda tutilgan.
Birinchi navbatda joriy yilning oktyabr-noyabr oylarida pilot maktablarining 60 nafar informatika oʻqituvchilari uchun xorijiy trenerlar tomonidan “Java dasturlash tili” hamda “SQL maʼlumotlar bazasi” yoʻnalishi boʻyicha onlayn treninglar tashkil etiladi. Treningni muvaffaqiyatli bitirgan oʻqituvchilarga trenerlik faoliyatiga ruxsat beruvchi tegishli sertifikat beriladi.
Ikkinchi navbatda pilot maktablarning kompyuter texnikasi sozligi hamda yuqori tezlikda keng polosali internet tarmogʻiga ulanishini shay holatga keltiriladi hamda ota-onalar va oʻquvchilar bilan birgalikda frilanserlik yoʻnalishi boʻyicha variativ oʻquv reja oʻqitish joriy etilishi kelishiladi.
Shuni taʼkidlash joizki, mazkur kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan maktab bitiruvchilarining mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan xalqaro darajadagi sertifikatni qoʻlga kiritishi hamda ish sharoiti, oylik maoshi va boshqa omillari maʼqul boʻlgan zamonaviy kasbini egallanishi taʼminlanadi.
Prezidentimiz Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimdagi oʻz nutqlarida ham “Maktabni bitirgan oʻquvchi oliygohga kirishi kerak yoki maktab davridayoq biror-bir kasb-hunarga ega boʻlishi shart” ekanligini taʼkidlab oʻtgan edilar, Oracle kompaniyasi bilan hamkorlik yoshlarni kelajak kasblarga tayyorlash yoʻlidagi amaliy qadamlardan biridir.
Hozirgi kunda vazirlik tomonidan CISCO, Microsoft, Autodesk kabi yetakchi IT-kompaniyalar bilan maktab oʻquvchilarni kelajak kasblariga tayyorlash masalasida muzokaralar olib borilmoqda.


По взаимному согласию 30 общеобразовательных школ со всей страны будут подключены к онлайн-платформе Oracle Academy. Планируется организовать тренинги для учителей информатики, а с текущего учебного года организовать бесплатный курс для старшеклассников в сфере фрилансеров на базе разнообразного учебного плана, например Java Foundation.
Прежде всего, в октябре-ноябре этого года зарубежными тренерами будут организованы онлайн-тренинги по «Языку программирования Java» и «Базы данных SQL» для 60 учителей информатики пилотных школ. Учителям, успешно прошедшим обучение, выдается сертификат, дающий право заниматься коучингом.
Во-вторых, пилотные школы будут оснащены компьютерами и высокоскоростным широкополосным доступом в Интернет, а также будет введена внештатная учебная программа с участием родителей и учащихся.
Следует отметить, что успешное окончание данных курсов обеспечит получение выпускниками международного сертификата, пользующегося высоким спросом на рынке труда, а также современной профессии с благоприятными условиями труда, заработной платой и другими факторами.
В своем выступлении на церемонии Дня учителя и тренера Президент сказал, что «выпускник должен поступить в вуз или получить профессию, еще учась в школе», и что работа с Oracle является одним из практических шагов в подготовке молодежи к будущие карьеры.
В настоящее время министерство ведет переговоры с ведущими ИТ-компаниями, такими как CISCO, Microsoft и Autodesk, чтобы подготовить студентов к будущей карьере.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: