Xazinaga boy dengiz

Xazinaga boy dengiz
Telegramda o'qish

Boltiq dengizi dunyoda kemalar o‘rtasida eng qirg‘inbarot janglar kechgan ummon hisoblanadi. Tadqiqotchilarning hisobiga ko‘ra, uning tubida hozirgacha 10 mingdan ziyod cho‘kkan kemalar yotibdi.
— Boltiq o‘z qa’rida chinakam xazinani saqlab kelayotgan joy, — deydi tadqiqotchilar “Mir novostey” (2021 y, 26-son)da. — Uning tubida bebaho artefaktlar bilan minglab kemalar qo‘nim topgan. Cho‘kkan kemalarning hayratli tarzda birday saqlanayotganini olimlar yog‘ochni chirishdan saqlovchi past haroratli suv ekanligi bilan izohlashadi. Bundan tashqari, bu dengiz suvida yog‘och konstruksiyalarini yeb bitiruvchi yog‘ochxo‘r mollyuskalar yo‘q ekan.
Qimmatga tushgan kosmik parvozlar
Insoniyatning kosmosni zabt etishi qurbonlarsiz kechgani yo‘q. Bortida odam bo‘lgan Rossiya kosmik kemalari o‘z tarixida kosmonavtlarni tayyorlash va uchirishda besh fojiani boshdan kechirdi. Ulardan eng dahshatlisi 1971 yil 30 iyunda ro‘y berdi. “Soyuz-11” kosmik kemasi ekipaji Vladislav Volkov, Georgiy Dobrovolskiy va Viktor Patsayev Yerga jonsiz qaytdi.
Xazinaga boy dengiz
O’qing: Moviy dengiz, qora plyaj, sariq daryo, yashil maydon uchrashadigan tabiat mo‘’jizasi qayerda
Afsuski, bu yagona fojia emas edi. 1967 yilda AQShda Yerdagi mashg‘ulotda ekipaj – Virdjil Grissom, Edvard Uayt va Rojer Chaffi simlar tutashuvidan chiqqan yong‘inda tiriklayin yonib ketishdi.
O‘sha yili SSSRda Yerga qaytgan kosmonavt Vladimir Komorov qo‘nish chog‘ida yerga urilib halok bo‘ldi.
1986 yilda AQShda “Chellenjer” kosmik kemasi parvozdan ko‘p o‘tmay portlab ketdi, 7 kishi halok bo‘ldi. 2003 yilda Shatel “Kolumbiya” AQShda uchgandan keyin atmosferada yonib ketdi va 7 kishi halok bo‘ldi.
“Ammo bu fojialar insoniyatni bepoyon koinotga o‘zga sayyoralar – Oy, Marsga parvoz qilib, ularni tezroq egallab olish fikridan qaytara olgani yo‘q”, deb yozadi “Mir novostey” (2021 y., 26-son) haftanomasi. Endilikda bu poygaga Xitoy, Hindiston, Koreya davlatlari ham faol qo‘shilmoqda.

Manba: Zarnews.uz

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: