Xalq ta’limi tizimining avvalgi va hozirgi holati haqidagi ayrim ma’lumotlar bilan tanishing.
Xalq ta’limi info kanali Xalq ta’limi tizimining avvalgi va hozirgi holati haqidagi ayrim ma’lumotlarni taqdim etdi. E’tiboringizga ushbu ma’lumotlarni havola etmoqdamiz.
Mustaqil O‘zbekiston tarixidagi eng birinchi Xalq ta’limi vaziri Jo‘ra Yo‘ldoshev hisoblanadi. U 1991 yilda shu lavozimga tayinlanib 9 yil mobaynida xalq ta’limi tizimini boshqargan.
Mustaqillikdan avvalgi davrlar haqida aytadigan bo‘lsak, zamonaviy tushunchadagi maktablar O‘zbekistonda 1921-1922 yillarda tashkil etilgan. O‘sha vaqtlarda umumiy ta’limning boshlang‘ich maktab bosqichigina mavjud bo‘lgan xolos. Umumiy ta’lim 7 yillik edi.
1959 yildan boshlab umumiy majburiy ta’lim 8 yillik bo‘ldi. 1970 yildan boshlab esa 10 yillik tizimga o‘tilib, to mustaqillik yillariga qadar bir necha bor o‘zgarishlar kiritib borildi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, ta’lim sohasida ham islohotlar davri boshlandi. Xususan, 1992 yil 2 iyulda “Ta’lim to‘g‘risidagi” qonun qabul qilindi.
Ushbu qonunga muvofiq, umumiy o‘rta ta’lim uch bosqichdan: boshlang‘ich ta’lim – 1-4 sinflar, tachyanch ta’lim – 5-9 sinflar, o‘rta ta’lim – 10-11 sinflardan iborat ekanligi belgilab qo‘yildi.
“Ta’lim to‘g‘risidagi” qonun bilan pedagog xodimlarga bir qancha imtiyozlar ham belgilandi. Hozirgi kunga qadar zamon talablaridan kelib chiqqan holda mazkur qonun ikki marotaba yangi tahrirda qabul qilindi. (29.08.1997-23.09.2020)
❕Mustaqil O‘zbekiston tarixida hozirgi kunga qadar xalq ta’limi tizimida 10 nafar vazir faoliyat yuritgan:
1-vazir – Jo‘ra Yo‘ldoshev, 9 yil 20 kun vazir lavozimida ishlagan. 1991 yil 22 iyul – 2000 yil 11 avgust.
2-vazir – Risoboy Jo‘rayev, 3 yil 8 oy 26 kun vazir lavozimida ishlagan. 2000 yil 11 avgust – 2004 yil 7 may.
3-vazir – Turopjon Jo‘rayev, 3 yil 10 oy 19 kun vazir lavozimida ishlagan. 2004 yil 7 may – 2008 yil 26 mart.
4-vazir – G‘ayrat Shoumarov, 1 yil 9 oy 29 kun vazir lavozimida ishlagan. 2008 yil 28 aprel – 2010 yil 26 fevral.
5-vazir – Avazjon Marahimov, 1 yil 3 oy 28 kun vazir lavozimida ishlagan. 2010 yil 2 mart – 2011 yil 30 iyun.
6-vazir – Temur Shirinov, 1 yil 7 oy 3 kun vazir lavozimida ishlagan. 2011 yil 4 iyul – 2013 yil 7 fevral.
7-vazir – Ulug‘bek Inoyatov, 5 yil 4 oy 13 kun vazir lavozimida ishlagan. 2013 yil 7 fevral – 2018 yil 20 iyun.
8-vazir – Sherzod Shermatov, 3 yil 4 oy 28 kun vazir lavozimida ishlagan. 2018 yil 20 iyun – 2021 yil 17 noyabr.
9-vazir – Baxtiyor Saidov, 1 yildan ortiqroq vazir lavozimida ishlagan. 2021 yil 17 noyabr – 2022 yil 30 dekabr.
10-amaldagi vazir – Umarova Hilola, 2022 yil 30 dekabrda Xalq ta’limi vaziri lavozimiga tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil 1 yanvardan boshlab, Xalq ta’limi vazirligi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi sifatida qayta tashkil etildi.
Mavzuga doir:
Xalq ta’limi vaziri lavozimida kimlar va qaysi soha vakillari ishlagan?