xalq ta’limi bo‘lim mudirlari ham ustama olishi mumkinmi?

xalq ta’limi bo‘lim mudirlari ham ustama olishi mumkinmi?

Yaxshi ishlagan tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi mudirlari ham ustama olishi mumkinmi?

Ma’lumki, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari huzurida Xalq ta’limi xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armasi tashkil etilgan. Ana shu jamg‘arma hisobidan xalq ta’limi bo‘limi xodimlari rag‘batlantiriladi.

Bu jamg‘arma hisobidan bo‘lim mudirlari ham ustama olishlari mumkin. Bo‘lim mudirlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash viloyat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Mazkur komissiya har oyda bo‘lim mudirlarining baholash mezonlari asosida faoliyatini baholaydi va navbatdagi oy uchun ko‘rsatgan natijasi bo‘yicha bo‘lim mudirlari bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama miqdorini belgilaydi.

Xalq ta’limi xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobidan Bo‘lim mudirlariga quyidagi 6 ta mezon asosida ustama haq miqdorlari belgilanadi:

✅Bitiruvchilarning OTMga kirish ko‘rsatkichi bo‘yicha “qizil maktablar” sonini kamaytirish:

👉O‘tgan o‘quv yiliga nisbatan besh foizga kamaytirishga erishgan bo‘lsa 10 %

👉O‘tgan o‘quv yiliga nisbatan o‘n foizga kamaytirishga erishgan bo‘lsa 20 %

👉O‘tgan o‘quv yiliga nisbatan o‘n besh foizga kamaytirishga erishgan bo‘lsa 30%

✅Kam quvvatli maktablar sonini kamaytirish (navbatlilik koyeffitsiyenti 0,7 dan kam bo‘lgan):

👉O‘tgan yilga nisbatan uch foizga kamaytirishga erishgan bo‘lsa 5 %

👉O‘tgan yilga nisbatan besh foizga kamaytirishga erishgan bo‘lsa 10 %

👉O‘tgan yilga nisbatan o‘n foizga kamaytirishga erishgan bo‘lsa 20 %

✅Respublika reytingida TOR-500 talikka kiradigan maktablar sonini oshirish:

👉Yil yakunida milliy reytingda TOP-500 talikka bitta maktab kirsa 10 %

👉Yil yakunida milliy reytingda TOP-500 talikka ikkita maktab kirsa 15 %

✅Ta’lim muassasalari uchun budjetdan tashqari qo‘shimcha mablag‘lar topishni 20% ga oshirish:

👉Har olti oyda budjetdan tashqari qo‘shimcha mablag‘larni o‘tgan yilga nisbatan o‘n foizga oshsa 10 %

👉Har olti oyda budjetdan tashqari qo‘shimcha mablag‘larni o‘tgan yilga nisbatan yigirma foiz va undan ko‘p miqdorda oshsa 15 %

✅Umumta’lim maktablaridagi o‘qituvchilar orasida o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilarning ulushini kamayishi:

👉o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilarning ulushi belgilangan ko‘rsatkichga yetkazilgan bo‘lsa 10 %

✅Oliy va birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilar ulushini o‘zgarishi:

👉oliy va birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilar ulushi belgilangan ko‘rsatkichga yetkazilgan bo‘lsa 10 % ustama beligalanadi.

Bo‘lim mudirlarining bazaviy tarif stavkalariga Jamg‘arma hisobidan har oylik ustamalar moliyaviy yil uchun o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha belgilanadi.

Shuningdek, baholash mezonida erishilishi belgilangan ko‘rsatkich 100 foizdan yuqori (rejadan ortiq) bajarilsa, belgilangan eng yuqori ustama foizi belgilanadi.

Ishga qabul qilingan Bo‘lim mudirlarining ishga qabul qilingan davrdan boshlab olti oy o‘tgach ushbu mezonlar asosida ustama haqi belgilanadi.

Shuningdek, o‘tgan yilgi ko‘rsatkich uchun belgilanadigan ustamalarni Bo‘lim mudiriga belgilash uchun Bo‘lim mudiri ushbu ko‘rsatkichga erishilgan muddatda ish faoliyatini olib borgan bo‘lishi shart.

Asos: Xalq ta’limi vazirining 2021 yil 2 maydagi 163-sonli buyrug‘i

© Ulug‘bek Po‘latov

Mavzuga doir:
Hududiy xalq ta’limi bo‘limi mudirlari qancha oylik oladi?

5 million so‘mlik ustama kimlarga beriladi?

Hozirda o‘qituvchilar qanday ustamalar olmoqda?


Могут ли начальники отдела народного образования района (города) хорошо поработавшие получить надбавку?

Известно, что при районных (городских) отделах народного образования создан фонд поощрения работников народного образования. Из этого фонда будут поощряться сотрудники отдела народного образования.

Премии из этого фонда могут получать и руководители отделов. Ежемесячная надбавка к базовой тарифной ставке начальников отделов определяется региональной комиссией.

Эта комиссия ежемесячно оценивает работу начальников отделов по оценочным критериям и определяет размер ежемесячной надбавки к базовой тарифной ставке начальников отделов по результату, показанному за следующий месяц.

За счет средств фонда поощрения работников народного образования размер сверхурочной работы определяется руководителям Департамента исходя из следующих 6 критериев:

✅Уменьшение количества «красных школ» по коэффициенту приема выпускников в ОТМ:

👉 10%, если достигнуто сокращение на 5% по сравнению с предыдущим учебным годом

👉 20%, если вы добьетесь сокращения на десять процентов по сравнению с предыдущим учебным годом

👉 30%, если было достигнуто пятнадцатипроцентное снижение по сравнению с предыдущим учебным годом

✅Уменьшение количества малокомплектных школ (коэффициент заказа менее 0,7):

👉 5%, если достигнуто снижение на 3% по сравнению с предыдущим годом

👉 10%, если достигнуто снижение на 5% по сравнению с предыдущим годом

👉 20%, если вы добьетесь сокращения на десять процентов по сравнению с прошлым годом

✅Увеличение количества школ, входящих в ТОР-500 в рейтинге Республики:

👉 10% при попадании одной школы в ТОП-500 национального рейтинга по итогам года

👉 15% при попадании двух школ в ТОП-500 национального рейтинга по итогам года

✅20% увеличение внебюджетных средств для образовательных учреждений:

👉 10%, если каждые полгода дополнительные средства увеличиваются на десять процентов по сравнению с прошлым годом

👉 Каждые полгода выделяются дополнительные бюджетные средства на двадцать процентов по сравнению с предыдущим годом, а при их увеличении более чем на 15%

✅Снижение доли учителей со средним специальным образованием среди учителей общеобразовательных школ:

👉 10%, если доля педагогов со средним специальным образованием достигает указанного уровня

✅ Изменение доли учителей с высшей и первой квалификационной категорией:

👉 при достижении процентом педагогов с высшей и первой квалификационными категориями указанного уровня будет предоставлена ​​надбавка 10%.

Ежемесячные надбавки к базовым тарифным ставкам начальников отделений за счет средств Фонда определяются на отчетный год по результатам предыдущего года.

Кроме того, при выполнении показателя, установленного для достижения в критериях оценки, выше 100 процентов (сверх плана), устанавливается наибольший процент прибавки.

По истечении шести месяцев со дня приема на работу на основании этих критериев будет определяться премия принятых на работу начальников отделов.

такжедля назначения премий начальнику отдела по результатам работы за прошлый год начальник отдела должен выполнять работу в период, в котором этот показатель был достигнут.

Основание: Приказ Министра народного просвещения № 163 от 2 мая 2021 г.

© Улугбек Полатов

Предмет:
Какую зарплату получают руководители областного управления народного образования?

Кто получит бонус в размере 5 миллионов сумов?

Какие бонусы сейчас получают учителя?

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: