Toshkent shahrida uy-joy narxlari tushmoqdami?

Toshkent shahrida uy-joy narxi tushayotgani rostmi?

2022 yilning 7 oyida Toshkent shahrida ko‘chmas mulk bozorida tuzilgan oldi-sotdi shartnomalari soni salkam 49 mingtani tashkil etgdi. Bu respublika bo‘yicha tuzilgan bitimlarning 27 foizini tashkil etgan holda, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan (48,3 ming) deyarli o‘zgarmagan.

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) ekspertlari  2021 yilning avgust oyidan 2022 yilning avgust oyigacha bo‘lgan davr oralig‘ida Toshkent shahrida uy-joy narxlarida qanday o‘zgarish ro‘y berganligini tahlil qildi.
Tahlil natijalariga ko‘ra, 2022 yilning iyul oyida Toshkent shahrida eski uylarning narxi 2021 yilning shu davridagiga nisbatan o‘rtacha 12 foizga, yangi uylarning narxi esa 8,3 foizga oshgan. Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, narxlar joriy yilning may oyidan beri birlamchi bozorda ham (1 kv.m. uchun may oyidagi $ 943,6 dan, iyul oyida $ 919.9 ga), ikkilamchi bozorda ham ($ 891,1 dan $882,6 ga) pasaymoqda.
Mirobod, Yakkasaroy, Shayxontohur, Mirzo Ulug‘bek,  Chilonzor va Yunusobod tumanalarida uylarning narxi Toshkent shahri bo‘yicha o‘rtacha narxdan (yangi uylar — 1 kv.m  $ 957,2, eski uylar — $ 888,3) yuqori. Eng past narxlar esa Bektemir va Sergeli tumanlarida kuzatildi.
Uy-joy narxlarining jiddiy oshishi boshqa davlatlarda ham kuzatildi. Masalan, Buyuk Britaniyada uy-joy narxlari joriy yilning iyun oyida yillik 10,7 foizga oshgan va mazkur oyda yillik inflyatsiya 9,4 foizga yetgan. Bu shundan dalolat beradiki, ko‘chmas mulk bozorida narxlar inflyatsiya borasidagi taxminlarga tezda ta’sir qiladi.
Global House Price Index ma’lumotlariga ko‘ra, yuqori inflyatsiya va ipoteka foiz stavkalarining ko‘tarilishi aholining uy-joy sotib olish imkoniyatlarini cheklagan bo‘lishiga qaramay, 2022 yilning birinchi choragida dunyoning 56 ta mamlakatida uy-joy narxlari o‘rtacha 10,2 foizga oshgan. Narxlarning o‘sishi global o‘zgarishlar natijasida pul oqimlarining ko‘chmas mulk bozoriga yo‘naltirilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Tahlil natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, joriy yilning 6 oyi davomida davlat dasturlari doirasida aholiga ajratilgan ipoteka kreditlari uy-joy bozorida faollikning saqlanib qolishiga xizmat qilgan.
Ma’lumot uchun: mamlakatimizda 2022 yilning yanvar-iyul oylarida 41,44 ming kishiga 7,6 trillion so‘m miqdorida ipoteka kreditlari berildi, shundan 5,5 trillion so‘m Moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan, 1,78 trillion so‘m tijorat banklarining o‘z mablag‘lari hisobidan ajratilgan. Mazkur davrda jami ipoteka kreditlarining 30,5 foizi (2,32 trln. so‘m) Toshkent shahrining hissasiga to‘g‘ri keladi. Taqqoslash uchun, 2021 yilning yanvar-iyun oylarida respublika bo‘yicha 25,3 ming kishiga 3,5 trillion so‘m miqdorida ipoteka kreditlari ajratilgan edi.
Toshkent shahri ko‘chmas mulk bozorida uy-joyga bo‘lgan talab deyarli o‘zgarishsiz qolgan bir paytda narxlarning oshishini qurilish kompaniyalari va mulk egalarining inflyatsiya va so‘mning almashinuv kursi bo‘yicha taxminlari bilan izohlash mumkin.
Kelgusi yillarda «2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi»da aholini uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha belgilangan maqsadlarning amalga oshirilishi ko‘chmas mulk bozorida narxlar barqarorligini saqlab qolgan holda, faollikni ta’minlaydi. Xususan:
— hududlarda 14 ta uy-joy qurilish klasteri va 8 ta ixtisoslashtirilgan tuman (shahar)da qurilish materiallarini ishlab chiqarish klasterini tashkil etish orqali qurilish materiallari ishlab chiqarishni 2 barobarga oshirish uy-joy qurilishi tannarxini tushirishga yordam beradi;
— kvartira sotib olish uchun ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal va foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun to‘lanadigan subsidiyalarning kelgusi yillarda ham davom ettirilishi aholining uy-joy sotib olish imkoniyatlarini oshiradi.


В 7 месяце 2022 года количество договоров купли-продажи, заключенных на рынке недвижимости Ташкента, составило около 49 тысяч. Это 27% заключенных в республике договоров, и по сравнению с аналогичным периодом прошлого года (48,3 тыс.) он практически не изменился.

Эксперты Института прогнозирования и макроэкономических исследований (ИПМИ) проанализировали [mask_link][/mask_link] изменение цен на жилье в Ташкенте в период с августа 2021 года по август 2022 года.
По результатам анализа, в июле 2022 года стоимость старых домов в городе Ташкенте выросла в среднем на 12%, а цена новых домов на 8,3% по сравнению с аналогичным периодом 2021 года. Здесь следует отметить, что с мая текущего года цены на первичном рынке (с $943,6 в мае до $919,9 в июле) и на вторичном рынке (с $891,1 за 1 кв. м до $882,6 га) снижаются.
Стоимость домов в Мирабадском, Яккасарайском, Шайхонтохурском, Мирзо-Улугбекском, Чиланзарском и Юнусабадском районах выше средней цены по г.Ташкенту (новые дома — $957,2 за кв.м, старые дома — $888,3). Самые низкие цены наблюдались в Бектемирском и Сергелийском районах.
Серьезный рост цен на жилье наблюдался и в других странах. Например, цены на жилье в Великобритании в июне этого года выросли на 10,7% в годовом исчислении, а годовая инфляция достигла в этом месяце 9,4%. Это свидетельствует о том, что цены на рынке недвижимости быстро подвержены влиянию инфляционных ожиданий.
Согласно Глобальному индексу цен на жилье, несмотря на то, что высокая инфляция и рост процентных ставок по ипотечным кредитам ограничили возможности населения в приобретении жилья, в первом квартале 2022 года цены на жилье в 56 странах мира в среднем составили 10, увеличившись на 2 процента. Рост цен может быть связан с направлением денежных потоков на рынок недвижимости в результате глобальных изменений.
Результаты анализа показывают, что за 6 месяцев текущего года ипотечные кредиты, выделенные населению в рамках государственных программ, послужили поддержанию активности на рынке жилья.
Для справки: в январе-июле 2022 года ипотечные кредиты выданы 41,44 тыс. человек на сумму 7,6 трлн сумов, из них 5,5 трлн сумов профинансировано Министерством финансов, 1,78 трлн сумов м выделено за счет собственных средств коммерческих банков. В этот период 30,5% от общего объема ипотечных кредитов (2,32 трлн сумов) приходится на город Ташкент. Для сравнения, в январе-июне 2021 года ипотечные кредиты на сумму 3,5 трлн сумов были выделены 25,3 тыс. человек по республике.
В условиях, когда спрос на жилье на ташкентском рынке недвижимости практически не изменился, рост цен можно объяснить ожиданиями строительных компаний и собственников недвижимости относительно инфляции и курса сума.В ближайшие годы реализация целей, поставленных в «Стратегии развития Нового Узбекистана на 2022-2026 годы», позволит обеспечить активность на рынке недвижимости при сохранении ценовой стабильности. Особенно:
— удвоение производства строительных материалов за счет создания 14 жилищно-строительных кластеров и 8 специализированных районов (городов) в 8 специализированных районах (городах) позволит снизить себестоимость жилищного строительства;
— продолжение выплаты субсидий на покрытие части первоначального взноса и выплаты процентов по ипотечному кредиту на приобретение квартиры в ближайшие годы увеличит возможности населения по приобретению жилья.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: