Maktab darsliklarining ijara narxlari keskin qimmatlashgani sababi tushuntirildi

Maktab darsliklarining ijara narxlari keskin qimmatlashgani sababi tushuntirildi

O‘zbekistonda 2022/2023 o‘quv yiliga maktab darsliklari to‘plami uchun ijara to‘lovi miqdori e’lon qilindi.

Telegram kanallarda 2022/2023 o‘quv yiliga maktab darsliklari to‘plami uchun ijara to‘lovi miqdori keltirilgan surat tarqalgan bo‘lib, unda darsliklar to‘plami uchun ijara to‘lovi miqdori respublika bo‘yicha bir xil ekani keltirilgan.
Xususan, 2022-2023 o‘quv yili uchun uning narxi quyidagicha belgilangan:

• umumta’lim maktablarining birinchi sinf o‘quvchilari uchun — bepul;

• 2-sinflar uchun 18 dona darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi — 102 700 so‘m;

• 3-sinf uchun 18 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi — 102 700 so‘m;

• 4-sinf uchun 12 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi — 68 500 so‘m;

• 5-sinflar uchun 15 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi — 85 600 so‘m;

• 6-sinf uchun 13 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi — 74 200 so‘m;

• 7-sinf uchun 18 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi — 102 700 so‘m;

• 8-sinf uchun 19 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi — 108 400 so‘m;

• 9-sinf uchun 19 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi — 108 400 so‘m;

• 10-sinf uchun 18 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi — 102 700 so‘m;

• 11-sinf uchun 21 ta darslik va ish daftaridan iborat to‘plam ijarasi narxi — 119 800 so‘m.

Xalq ta’lim vazirligi darsliklarning ijara narxi bo‘yicha tushuntirish berdi.
Qayd etilishicha, respublika maqsadli kitob jamg‘armasining Vasiylik kengashi darsliklar va mashq daftarlarining ijara to‘lovi miqdorlarini belgilangan. 2022 yilda Prezident farmoni bilan umumta’lim maktablarining 3-, 6-, 7- va 10-sinflari uchun to‘liq, shuningdek 2- va 3-sinf uchun mashq daftarlari, barcha sinflar uchun ingliz tili, nemis tili va rus tili fanlaridan jami 60 million nusxa yangi avlod darsliklari (2021 yilda 25 million darslik) chop etilmoqda.
«Joriy yilda yangi darsliklarning chop etilish harajatlarining, xususan dunyo bozorida qog‘oz narxi (faqatgina 2022 yilning o‘zida qog‘oz narxi 60–70 foizga oshgan) va qog‘ozni mamlakatimizga etkazib berish bo‘yicha transport harajatlarining keskin oshib ketishi, tabiiyki darsliklarni chop etish uchun harajatlarning ham oshib ketishiga olib keldi», — deyiladi munosabatda.
Keltirilishicha, ijara to‘lovi miqdorlari darsliklar uchun amalga oshirilgan xarajatlardan kelib chiqib, bir dona darslik uchun yagona summasini to‘plamdagi darslik va mashq daftarlari soniga ko‘paytirish yo‘li orqali belgilanadi. Bunda yagona summa barcha sinf va ta’lim tillar uchun bir xil etib belgilanadi. 2022.2023 o‘quv yilida o‘rtacha bir dona darslik (mashq daftari) uchun yagona ijara to‘lovi 5 707 so‘mni tashkil etmoqda va o‘tgan o‘quv yilidagi miqdor (2 740 so‘m)ga nisbatan 2 967 so‘mga (108 foiz) oshgan.
Ijara to‘lovi summasini ota-onalar darslik to‘plamini to‘liq olgach 1 oktabrga qadar amalga oshirishi mumkin.
Vazirlik, shuningdek, kimlar darslik ijara to‘lovidan ozod etilishini eslatib o‘tgan:

• birinchi sinf o‘quvchilari;

• «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimiga kiritilgan oilalarning farzandlari;

• «Mehribonlik uy”lari tarbiyalanuvchilari;

• Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari o‘quvchilari.


В Узбекистане объявлен размер арендной платы за комплект школьных учебников на 2022/2023 учебный год.

В Telegram-каналах распространено фото, на котором указан размер арендной платы за комплект школьных учебников на 2022/2023 учебный год, и указано, что размер арендной платы за комплект учебников одинаков по всей республике.
В частности, его цена на 2022-2023 учебный год установлена ​​следующим образом:

• для первоклассников общеобразовательных школ — бесплатно;

• Стоимость аренды комплекта из 18 учебников и рабочих тетрадей для 2 класса — 102 700 сум;

• Стоимость аренды комплекта из 18 учебников и рабочих тетрадей для 3 класса – 102 700 сум;

• Стоимость аренды комплекта из 12 учебников и рабочих тетрадей для 4 класса – 68 500 сумов;

• Стоимость аренды комплекта из 15 учебников и рабочих тетрадей для 5 класса — 85 600 сум;

• Стоимость аренды комплекта из 13 учебников и рабочих тетрадей для 6 класса — 74 200 сумов;

• Стоимость аренды комплекта из 18 учебников и рабочих тетрадей для 7 класса – 102 700 сумов;

• Стоимость аренды комплекта из 19 учебников и рабочих тетрадей для 8 класса – 108 400 сумов;

• Стоимость аренды комплекта из 19 учебников и рабочих тетрадей для 9 класса – 108 400 сумов;

• Стоимость аренды комплекта из 18 учебников и рабочих тетрадей для 10 класса – 102 700 сум;

• Стоимость аренды комплекта из 21 учебника и рабочих тетрадей для 11 класса составляет 119 800 сум.

В Министерстве народного просвещения дали пояснения по стоимости аренды учебников.
Отмечается, что Попечительский совет Республиканского целевого книжного фонда определил размер арендной платы за учебники и тетради. В 2022 году указом президента полные тетради для 3, 6, 7 и 10 классов общеобразовательных школ, а также для 2 и 3 класса, всего по английскому, немецкому и русскому предметам для всех классов 60 млн экземпляров учебников нового поколения (25 млн учебников в 2021 году).
«В этом году стоимость печати новых учебников, особенно цена бумаги на мировом рынке (только в 2022 году цена бумаги вырастет на 60-70 процентов) и транспортные расходы на доставку бумаги в нашу страну, естественно, возрастут. Это также привело к увеличению стоимости печати учебников», — говорится в сообщении.
Сообщается, что размер арендной платы определяется путем умножения единовременной суммы за один учебник на количество учебников и тетрадей в комплекте исходя из произведенных затрат на учебники. При этом единая сумма определяется одинаковой для всех классов и языков обучения. В 2022/2023 учебном году средняя разовая арендная плата за один учебник (рабочая тетрадь) составляет 5 707 сумов, а по сравнению с суммой предыдущего учебного года (2 740 сумов) увеличилась на 2 967 сумов (108 процентов).
Внести арендную плату родители могут до 1 октября, после получения полного комплекта учебников.В министерстве также упомянули, кто будет освобожден от платы за учебники:

• первоклассники;

• дети из семей, включенных в информационную систему «Единого реестра социальной защиты»;

• Воспитанники «Мехрибонлик уй»;

• Воспитанники специализированных школ и школ-интернатов для детей с ограниченными физическими или умственными возможностями.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: