Ta’til vaqti uchun ota-onalardan kafolat xati olish to’g’rimi?

Ta’til vaqti uchun ota-onalardan kafolat xati olish to’g’rimi?

USTOZLAR, O’QUVCHILARNING OTA-ONALARIDAN KAFOLAT XATLARINI OLMANG !!!

Barchamizga ma’lumki o’quvchilarning qishki ta’til kunlari yaqinlashishi bilan o’qituvchilar, asosan sinf rahbarlari ta’til kunlarida ota-onalardan farzandlarining o’zlarini qanday tutishlari kerakligi haqida kafolat xatlarini olishni boshlab yuboradilar.

Ushbu olinadigan kafolat xatlarida ota-onalar o’g’il-qizlarining kompyuter klublari va masjidlarga bormasligi, pirotexnika vositalarini sotib olmasligi, ulardan foydalanmasligi, shuningdek, jamoat tartibini buzmasligi, hamda guruh, ommaviy tartibbuzarliklarda qatnashmasligi, huquqbuzarlik, jinoyatchilik sodir etmasligini kafolatlaydi.

Xususan, O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi ham maktablarda byurokratizmning namoyon bo’lishini hamda o’quvchilarning maktabdan tashqari vaqtidagi xatti-harakatlari bo’yicha ota-onalardan kafolat xati talab qilinishini qo’llab-quvvatlamasligini aytib o’tgan.

Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 73-moddasida ota-onalar farzandlarini tarbiyalashga mas’ul ekanligi bayon etilgan.
Ular farzandlarining salomatligi, aqliy, jismoniy, ma’naviy va axloqiy rivojlanishi uchun g’amxo’rlik qilishlari shart.

Shuningdek, 2019 yil 29 avgust kuni Xalq ta’limi vazirining 282-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan «Sinf rahbarlarining faoliyatini tashkil etish to’g’risida»gi muvaqqat nizomda ham o’quvchilarning darsdan keyingi paytdagi xatti-harakatlari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq ularning ota-onalari javobgar hisoblanishi, bunday holatlarda esa sinf rahbarlariga nisbatan intizomiy jazo choralari qo’llanilmasligi alohida band sifatida ko’rsatib o’tilgan.

Shu boisdan ham, ota-onalardan noqonuniy ravishda yozma kafolatlarning talab etilishi noto’g’ri hisoblanadi.

Yangi yilni osoyishtalikda kutib olish, maktab va xonadonlarda yong’in hamda texnika xavfsizligini ta’minlash maqsadida maktab rahbarlari, o’qituvchilar, shu bilan birga ota-onalar ham bolalar orasida pirotexnika bilan bog’liq ko’ngilsiz holatlar salbiy oqibatlarga olib kelishi haqida tushuntirish ishlari olib borishi kerak.

O’quvchilarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, o’smirlik davridagi inqirozlarni, shuningdek, jinoyatchilikni kelib chiqishini oldini olish, o’g’il-qizlarni axborot maydonidagi tahdidlardan ogohlantirish maktab o’qituvchilari va ota-onalarning doimiy burchidir.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: