Andijonda o‘qituvchilar ota-onalardan uzr so‘rashga majbur qilindi

Andijonda o‘qituvchilar ota-onalardan uzr so‘rashga majbur qilindi

Tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Andijon viloyati Marhamat tumanidagi maktablardan birida o‘qituvchilar o‘quv muassasasida ta’lim sifati, o‘quvchilarning oliygohlarga kirish ko‘rsatkichi pastligi uchun ota-onalar oldida tik turib uzr so‘rashgan.

Kun.uz xabar qilishicha, bunga tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri va hokim yordamchisi mas’ul bo‘lgan.
Aytilishicha, ushbu o‘qituvchilarni tik turib ota-onalardan uzr so‘rashga majbur qilish o‘quvchilarning ta’lim olishidagi bo‘shliqlar, oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlari past bo‘lgani sababli tashkillashtirilgan. “Uzrbozlik marosimi” vaqtida ota-onalar bunga e’tiroz bildirib, o‘qituvchilardan uzr so‘ragan, ammo tuman XTB tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbir shu ruhda davom ettirilgan.
Mazkur holat jamoatchilikning keskin e’tiroziga sabab bo‘ldi. Shuningdek, bugunning o‘zida Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov o‘z munosabatini bildirdi:
«Bugun Marhamat tumanida yuz bergan holatni nafaqat o‘qituvchilarimizning sha’nini yerga urish, balki davlatimiz siyosatiga qarshi amalga oshirilayotgan harakat deb baholayman.
O‘qituvchi qadrlanmagan yurt hech qachon taraqqiy etmaydi. Shu bois bugun davlatimiz rahbari o‘qituvchilarni ulug‘lash va jamiyatda eng obro‘li inson qilish masalasini davlat siyosatining eng yuqori darajasiga olib chiqdilar.
Bu harakat qanday maqsadda amalga oshirilgani menga qorong‘u, lekin aybdorlar albatta javob berishi kerak. Shu o‘rinda men o‘qituvchilardan o‘z qadr-qimmatlarini yerga urishga yo‘l qo‘ymasliklarini so‘rab qolaman. Sizning bu darajada boshingizni yerga qaratishga hech kimning haqqi yo‘q!
Hozirda Xalq ta’limi vazirligining huquqiy-nazorat xizmati tomonidan ishchi guruh tashkil etilib, holat o‘rganilmoqda. Bunday holatlarga yo‘l qo‘ygan «tashabbuskorlar»ga albatta tegishli chora ko‘riladi”, deyiladi vazir bayonotida.
Shuningdek, Mass-media fondi raisi Komil Allamjonov Marhamatdagi holat uchun Andijon viloyati hokimi uzr so‘rashi kerakligini aytdi.
“Andijonda o‘qituvchilar ota-onalar oldida bosh egib, uzr so‘rashga majburlangani uchun viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonovning shaxsan o‘zi barcha ustozlardan uzr so‘rashi kerak”, deydi Allamjonov telegramdagi kanalida.


Сообщается, что в одной из школ Мархаматского района Андижанской области учителя встали перед родителями и извинились за качество образования в школе и низкий процент зачисления.

Как сообщает Kun.uz, ​​ответственность за это несут начальник районного отдела народного образования и заместитель акима.
Говорят, что принуждение этих учителей к извинениям перед родителями связано с пробелами в образовании учащихся и низким доступом к высшему образованию. Во время «церемонии извинений» родители протестовали и приносили извинения учителям, но мероприятие, инициированное районным ИОП, продолжилось в том же духе.
Дело вызвало сильный общественный резонанс. Министр народного образования Бахтиёр Саидов также прокомментировал сегодня:
«Сегодняшний инцидент в Мархаматском районе я расцениваю не только как оскорбление чести наших учителей, но и как акцию против политики нашего государства.
Страна, где учителей не ценят, никогда не будет процветать. Именно поэтому сегодня глава нашего государства поднял вопрос чествования педагогов и превращения их в наиболее уважаемых в обществе людей на высший уровень государственной политики.
Пока неизвестно, что он имел в виду под этим заявлением, но виновные должны быть привлечены к ответственности. На этом этапе я прошу учителей не позволять запятнать свое достоинство. Никто не имеет права опускать голову на такой уровень!
Службой правового контроля Министерства народного просвещения создана рабочая группа для расследования ситуации. «Инициаторы» таких инцидентов будут наказаны», — говорится в заявлении министра.
Председатель Фонда СМИ Камиль Алламджанов также заявил, что губернатор Андижанской области должен принести извинения за сложившуюся ситуацию.
«В Андижане Шухрату Абдурахманову, губернатору Андижанской области, приходится лично извиняться перед всеми учителями за принуждение учителей кланяться родителям», — говорится в телеграмме Алламджанова.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: