Surxondaryoda dirеktor o‘rinbosarlari ommaviy ravishda suhbatdan o‘tkazilishi qonununiymi?

Surxondaryoda dirеktor o‘rinbosarlari ommaviy ravishda suhbatdan o‘tkazilishi qonununiymi?
Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo'lish

Prezidentning PF-6108-sonli farmonining ayrim bandlarida tushunmovchiliklar bor!

Menga kelayotgan murojaatlarga ko‘ra, Surxondaryo viloyatining deyarli barcha tuman va shaharlarda Ma’naviyat va ma’rifat kengashi va xalq ta’limi bo‘limi mudirlarining xatiga asosan hozirgi kunda maktablarda ishlab kelayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha ditrektor o‘rinbosarlari qayta suhbatdan o‘tkazilib, ishdan olinishi mumkin.

Misol uchun, Sherobod hamda Uzun tumani xalq ta’limi bo‘limlarining maktab direktorlari nomiga yuborgan xatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-sonli farmonining 14-bandida 2021 yil 1 yanvardan boshlab umumta’lim muassasalari direktorlarining ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarini lavozimga tayinlash tuman (shahar) ma’naviyat-ma’rifat markazi tavsiyasiga asosan amalga oshirilishi belgilanganligi bois, maktab direktorlaridan ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarini (0.5 shtatda faoliyat yurituvchilarni ham) qo‘shgan holda uchtadan nomzodni suhbatdan o‘tkazish uchun yuborish so‘ralgan.

To‘g‘ri, haqiqatdan ham Prezidentning farmonida 2021 yil 1 yanvardan boshlab umumta’lim muassasalari direktorlarining ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarini lavozimga tayinlash tuman (shahar) ma’naviyat-ma’rifat markazi tavsiyasiga asosan amalga oshirilishi belgilangan. Lekin bu azaldan ishlab kelayotgan direktor o‘rinbosarlarini ham suhbatdan o‘tkazib, qayta lavozimga tayinlash yoki ishdan bo‘shatib yuborish kerak deganimi?

Aslida ushbu farmonda 2021 yil 1 yanvardan boshlab biron-bir maktabga yangi direktor o‘rinbosari tayinlanishi lozim bo‘lsagina ma’naviyat-ma’rifat markazi tavsiyasiga asosan tayinlanishi nazarda tutilmaganmidi?

Hozirda ishlab kelayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari yil yakuni bo‘yicha tuman (shahar) ma’naviyat-ma’rifat kengashiga hisobot berishi va hisobot natijasiga ko‘ra ularning faoliyatiga baho berib borilishining o‘zi yetarli emasmi?

Bu masalaga oydinlik kiritish maqsadida Adliya vazirligi bilan bog‘landim. Vazirlik xodimining bergan ma’lumotiga ko‘ra, bunday vaziyatda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishgan holda direktor o‘rinbosarlarini lavozimga tayinlash yoki qayta suhbatdan o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnoma tasdiqlangan bo‘lishi kerak ekan. Yo‘riqnoma esa yo‘q.

Men huquqshunos emasman, lekin bu yerda mehnat qonunchiligi degan tushunchalar ham borligini esdan chiqarmaslik kerak. Mehnat kodeksining 89-moddasiga ko‘ra mehnat shartlarini o‘zgartirish xususida korxonadagi xodimlarning vakillik organlari bilan oldindan maslahatlashib olishi, ish beruvchi mehnat shartlaridagi bo‘lajak o‘zgarishlar haqida xodimni kamida ikki oy oldin yozma ravishda ogohlantirib tilxat olishi shart. Ko‘rsatilgan muddatni qisqartirishga faqat xodimning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Xodim bilan mehnat shartnomasi u yangi mehnat shartlari asosida ishlashni davom ettirishni rad etganligi sababli bekor qilinishi mumkin, bunda xodimga o‘rtacha oylik ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lanadi.

Xullas chalkashlik ko‘p. Shuning uchun Xalq ta’limi vazirligi va Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Prezidentning PF-6108-sonli farmonining 14-bandiga tushuntirish bersa yaxshi bo‘lardi. Yo‘qsa mazkur masala barcha ta’lim muassasalarida katta muammolar chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Muallif: Ulug‘bek Po‘latov

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Izoh qo'shing

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: