Sinf rahbarlik qilmaydigan o‘qituvchilarga dars berilmaydimi?

Sinf rahbarlik qilmaydigan o‘qituvchilarga dars berilmaydimi?

Sinf rahbarlik qilmaydigan o‘qituvchilarga dars berilmasligi mumkinmi?

Savol
Assalomu alaykum! Men matematika fani o‘qituvchisiman. Shu yil avgustdan dekret ta’tilidan ishga qaytsam, direktorimiz sinf rahbarlik qilasiz deyapti. Lekin meni 2 yoshga to‘lmagan yosh bolam bor, sinf olmoqchimasman desam, sinf olmasangiz dars bermaymiz deyapti. Bu qanchalik to‘g‘ri?

Savolga Ulug’bek Po’latov o’zining Xalq ta’limi info kanalida quyidagicha javob berdi:
Mehnat kodeksining 405-moddasiga ko‘ra, ayollarga homiladorlik va tug‘ish ta’tili tugaganidan keyin, ayolning xohishiga ko‘ra, unga bolasi ikki yoshga to‘lguniga qadar bolani parvarishlash ta’tili beriladi.

Mehnat kodeksining 239-moddasiga ko‘ra, homiladorlik va tug‘ish hamda bola parvarishlash ta’tili berilganda xodimning avvalgi ish joyi (lavozimi) saqlanib qoladi.

Sinf rahbarlik masalasiga kelsak, o‘qituvchining sinf rahbarlik lavozimini egallashi bu uging huquqi, majburiyat emas. Ya’ni, pedagog xodim istasa sinf olishi yoki olmasligi ham mumkin.

Sinf rahbarlarni lavozimga tayinlash Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023 yil 27 iyundagi 190-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan yo‘riqnoma bilan tartibga solinadi.

Mazkur yo‘riqnomada sinf rahbarlik lavozimini o‘qituvchiga majburiy tarzda biriktirish haqida hech bir qoida qayd etilmagan.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi o‘qituvchilariga darslarni taqsimlash esa “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga (ro‘yxat raqami № 3271) muvofiq amalga oshiriladi.

Nizom shartlariga ko‘ra, homiladorlik va tug‘ish ta’tili hamda bola parvarishidan qaytgan o‘qituvchilarga dars soatlari mehnat qonunchiligiga asosan mazkur nizomda belgilangan ko‘rsatkichlar ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanadi.

Ushbu nizomda ham o‘qituvchiga sinf rahbarlik yuklatilishi yoki yuklatilmasligi dars soatlarining miqdoriga ta’sir ko‘rsatishi haqida hech bir qoida qayd etilmagan.

Yuqoridagilardan xulosa qilib aytishimiz mumkinki, maktab ma’muriyati o‘qituvchi sinf olmasa, uning darslarini kamaytirib yoki umuman dars bermaslikka haqli emas.

Mavzuga doir:
1 stavka dars va sinf rahbarligi uchun qancha oylik olinadi?

Bo‘lib o‘qitiladigan fan o‘qituvchilari sinf rahbarlik qilolmaydimi?

Bugungi kunda sinf rahbar oyligi qancha? 2023-yil

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: