Maktab o‘quvchilarini majburiy mehnatga jalb qilgan xodim 15,6 mln so‘m jarimaga tortildi

Maktab o‘quvchilarini majburiy mehnatga jalb qilgan xodim 15,6 mln so‘m jarimaga tortildi

Samarqandda maktab o‘quvchilari majburiy mehnatga jalb qilingani, aybdorlar esa shunchaki hayfsan bilan qutilib qolayotgani haqida xabar qilingandi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ushbu maqola yuzasidan Davlat mehnat inspeksiyasi o‘rganish olib borganini ma’lum qildi.

Bu haqda Daryo.uz nashri yozmoqda.
Ta’kidlanishicha, o‘rganish davomida Samarqand viloyati Toyloq tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Nafisa Ismatullayeva 2020-yil 5-dekabr kuni 5 va 8-sinf o‘quvchilarini maktab hududini obodonlashtirish ishlariga jalb qilib, hashar tashkil etganligi aniqlandi.
Natijada 2021-yilning 29-yanvar kuni mazkur maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi 2-qismida (voyaga yetmaganlarni mehnatga majburlash) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganligi sababli bazaviy hisoblash miqdorining 70 barobari (15 million 610 ming so‘m) miqdorida jarimaga tortildi.
Ma’lumot uchun, 12-fevraldan boshlab O‘zbekistonda bolalarni majburiy mehnatga jalb qilganlar to‘g‘ridan to‘g‘ri jinoiy javobgarlikka tortilishi belgilandi.
Bundan avval Cotton Campaign O‘zbekiston 2020-yilgi paxta terimida majburiy mehnatga barham berishda “sezilarli yutuqlar”ga erishganini ma’lum qilgani, O‘zbekistonda 2020-yilgi paxta mavsumida mehnat qonunchiligini buzgan 174 nafar mansabdor 745,7 million so‘m jarimaga tortilgani hamda O‘zbekistonda voyaga yetmaganlarni majburiy mehnatga jalb qilganlik uchun 5 yilgacha qamoq jazosini belgilash taklif qilingani haqida xabar berilgandi.


Сообщается, что в Самарканде школьников заставляли работать, а преступники не пострадали. В Министерстве занятости и трудовых отношений сообщили, что Государственная инспекция труда проводит проверку по статье.

Об этом сообщает Daryo.uz.
Отмечено, что в ходе исследования заместителя директора по учебной работе 13-й общеобразовательной школы отдела народного образования Тайлакского района Самаркандской области Нафисы Исматуллаевой 5 декабря 2020 года было выявлено, что хашар был организован с привлечением Учащиеся 5-8 классов занимаются благоустройством территории школы.
В результате 29 января 2021 года заместитель директора школы по учебной работе допустил нарушение статьи 51 части 2 КоАП (принуждение несовершеннолетних) и был оштрафован на 70-кратный размер расчета ( 15 миллионов 610 тысяч сумов).
К сведению, с 12 февраля лица, привлекающие детей к принудительному труду в Узбекистане, будут привлечены к непосредственному уголовному преследованию.
Ранее «Хлопковая кампания» сообщала, что Узбекистан добился «значительного прогресса» в прекращении принудительного труда на сборе хлопка 2020 г. и оштрафовал 174 должностных лиц на 745,7 млн ​​сумов за нарушение трудового законодательства в Узбекистане в течение хлопкового сезона 2020 г. и до 5 лет лишения свободы. в Узбекистане за привлечение несовершеннолетних к принудительному труду.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: