Samarqandda Ustozlar milliy forumi boʻlib oʻtdi

Samarqandda Ustozlar milliy forumi boʻlib oʻtdi

Ishtixon tumanidagi istirohat bogʻida boʻlib oʻtgan mazkur tadbirda Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ishtirok etdi.

Viloyatdagi faol oʻqituvchilar taklif etilgan forumda taʼkidlanganidek, davr shu qadar shitob bilan oʻtyaptiki, islohotlarning barcha bosqichi ilm-fan, texnika asosida jadallik bilan rivojlanishni taqozo qilmoqda. Shuning uchun ham davlatimiz rahbari har bir chiqishlarida taʼlim muassasalarida oʻquv jarayonini zamonaviylashtirish, xalqaro talablar darajasiga koʻtarish vazifasini qoʻymoqda.
Prezidentimizning 2022-yil 3-fevralda qabul qilingan “Xalq taʼlimi tizimini isloh qilish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoyishiga asosan Samarqand viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi, Samarqand davlat universitetining Oʻzbekiston — Finlandiya pedagogika instituti va hududiy malaka oshirish markazi hamkorligida mutaxassis va 2-toifali oʻqituvchilar malakasini oshirishga mutasaddi etib belgilandi. Ana shu oʻqituvchilarga metodik yordam beruvchi mobil metodik guruhlar tashkil etildi. Bu guruhlar oʻqituvchilar bilan belgilangan kunlarda offlayn yoki onlayn shaklda mashgʻulot olib boradilar. Asosiy maqsad mutaxassis va ikkinchi toifadagilarni birinchi va oliy toifali oʻqituvchilar safiga qoʻshishdir.
Binobarin, mobil metodik guruhlar, avvalo, yuqorida aytilgan toifa pedagoglari oʻrtasida targʻibot ishlarini olib boradi, oʻz ustida ishlash, intilish nechogʻlik samarali ekanligini tushuntiradi. Buning uchun 420 nafar tajribali, fidoyi, oliy va birinchi toifali oʻqituvchilar saralab olingan. Ular oʻtgan besh oy davomida 167 ta tayanch maktablarda yosh va malaka toifasi boʻlmagan 10 ming nafarga yaqin pedagoglar uchun mahorat darslari tashkil etdi. Shuningdek, viloyatdagi 30 ta maktabda ham bunday guruhlar yoʻlga qoʻyildi. 9 ta fan boʻyicha haftalik, oylik va yarim yillik monitoringlar olib borildi. Metodik xizmat boʻlimi tomonidan 100 nafardan ortiq oʻqituvchining ilgʻor tajribalari viloyat miqyosida, yana shuncha muallimning tajribasi esa mamlakat miqyosida ommalashtirildi.
Tabiiyki, bu jarayon maktablar hayotiga oʻziga xos joʻshqinlik berdi. Koʻplab darslar ochiq tarzda oʻtkazilyapti. Oʻqituvchilar dars samaradorligini oshirishda bir-biriga koʻmaklashyapti.
— Viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi Milliy reyting koʻrsatkichlari boʻyicha respublikamizda 10 oʻrinda turibdi, bu yaxshimi? Bu savolni oʻzimiz oʻzimizga berishimiz kerak, — dedi tadbirda soʻz olgan viloyat hokimi Erkinjon Turdimov. — Ishtixon tumanidagi 1-IDUM viloyatda birinchi oʻrinda, respublikadagi 10 mingta maktab orasida 25-oʻrinda. Narpay tumanidagi 63-maktab viloyatda oxirgi, respublikada 9557 oʻrinda. Shuningdek, Kattaqoʻrgʻondagi 67-maktab, Nuroboddagi 24-maktab, Narpay tumanidagi 2-maktab reytingda viloyatda ham, respublikada ham quyi oʻrinlarda. Bu maktab rahbarlari xulosa chiqarish kerak, vijdoni qiynalishi kerak.
Darhaqiqat, Milliy reyting boʻyicha viloyatda oʻtgan yilga nisbatan biroz oʻsishga erishgan boʻlsada, hali oldinda dolzarb vazifalar turibdi. Shunga koʻra yaxshi koʻrsatkichlarga erishmagan maktablar bilan ishlash rejasi tuzib olindi. Misol uchun, taʼlim sifati past maktablarga viloyatdagi, qolaversa, boshqa yurtimiz boʻylab tajribali, oliy va birinchi toifali oʻqituvchilarni jalb etgan holda bu ilm dargohlarini toʻq qizil toifadan sariq va yashil maktablar toifasiga koʻtarish belgilandi.
Ustozlar milliy forumi doirasida Milliy reyting natijalari boʻyicha yuqori oʻrinda turgan maktablar oʻquvchilari, fidoyi va faol ustozlar taqdirlandi.

Manba: xs.uz


В мероприятии, которое состоялось в парке культуры и отдыха Иштиханского района, принял участие аким Самаркандской области Эркинжон Турдимов.

Как отмечалось на форуме, куда были приглашены активные педагоги области, время летит так быстро, что все этапы реформ требуют стремительного развития на базе науки и техники. Именно поэтому глава нашего государства в каждом своем выступлении ставит задачу модернизировать образовательный процесс в образовательных учреждениях и поднять его на уровень международных требований.
Согласно распоряжению Президента «О дополнительных мерах по реформированию системы народного образования», принятому 3 февраля 2022 года, совместно с Самаркандским областным управлением народного образования, Узбекско-финляндским педагогическим институтом Самаркандского государственного университета, Областным квалификационным центром было назначен должностным лицом по повышению квалификации учителей. Организованы мобильные методические группы, оказывающие методическую поддержку этим учителям. Эти группы проводят офлайн- или онлайн-обучение с учителями в определенные дни. Основная цель – пополнить ряды учителей первой и высшей категории специалистов и учителей второго разряда.
Поэтому мобильные методические группы, в первую очередь, проводят пропагандистскую работу среди вышеназванной категории педагогов, разъясняют, насколько эффективно работать над собой и стремиться. Для этого было отобрано 420 опытных, самоотверженных учителей высокого и первого класса. За последние пять месяцев ими были организованы мастер-классы для около 10 тысяч педагогов всех возрастов и специальностей в 167 основных школах. Также такие группы были созданы в 30 школах области. Еженедельное, месячное и полугодовое наблюдение проводилось у 9 субъектов. Отдел методической службы популяризировал передовой опыт более 100 учителей на региональном уровне и опыт такого же количества учителей на республиканском уровне.
Естественно, этот процесс придавал особый подъем жизни школ. Многие классы открыты. Учителя помогают друг другу повышать эффективность урока.
— Областное управление народного образования находится на 10-м месте в нашей республике по показателям национального рейтинга, это хорошо? Мы должны задать себе этот вопрос, — сказал выступивший на мероприятии аким области Эркинжон Турдимов. — 1-й ИДУМ в Иштиханском районе находится на первом месте в области, на 25 месте среди 10 тысяч школ республики. Школа 63 Нарпайского района – последняя в области и 9557-я в республике. Также школа 67 г. Каттакурган, школа 24 г. Нурабад, школа 2 Нарпайского района находятся на самых низких местах в рейтинге как по области, так и по республике. Лидеры этой школы должны сделать вывод, их совесть должна быть смущена.
На самом деле, согласно национальному рейтингу, регион добился некоторого роста по сравнению с прошлым годом, но впереди еще неотложные задачи.Соответственно, был составлен план работы со школами, которые не добились хороших результатов. Например, было принято решение о переводе этих учебных заведений из темно-красной категории в категорию желто-зеленых школ путем привлечения опытных, высококлассных и первоклассных учителей в школы с низким качеством образования в регионе и, кроме того, из остальная часть нашей страны.
В рамках республиканского форума педагогов были награждены учащиеся школ, занимающих лидирующие позиции по итогам национального рейтинга, преданные своему делу и активные педагоги.

Источник: [mask_link]xs.uz[/mask_link]

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: