Buxoroda oliy toifali oʻqituvchilar soni ikki barobar oshgani sababi aytildi

Buxoroda oliy toifali oʻqituvchilar soni ikki barobar oshgani sababi aytildi

Yaqinda Taʼlim inspeksiyasi ishchi guruhi taʼlim sifatini oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini joyiga chiqqan holda oʻrganish va pedagoglarga amaliy-uslubiy yordam koʻrsatish maqsadida Buxoro viloyatida boʻldi.

Oʻrganish yakunlari boʻycha 19-yanvar kuni Buxoro davlat universitetida oʻtkazilgan yigʻilishda viloyatdagi pedagoglarning attestatsiya jarayonlari qayd etayotgan natijalari bu boradagi yutuq va kamchiliklar ham muhokama qilindi.
Maʼlum qilinishicha, soʻnggi uch yilda viloyat maktablaridagi oliy toifali pedagoglar soni 2 barobarga oshgan. Bugungi kunda viloyat maktablarida ishlayotgan jami 26 145 nafar oliy maʼlumotli oʻqituvchilarning 1 716 nafari (6 %)ni oliy toifali oʻqituvchilar tashkil etadi. 2018-yilda ushbu koʻrsatkichlar 2,6 foizni tashkil etardi. Shuningdek, oʻqituvchilarning 5 044 nafari (17,7 %)ni birinchi toifali, 8 461 nafari (29,6 %) ni ikkinchi toifali oʻqituvchilar tashkil etadi. Bu respublika miqyosida boshqa hududlarga qaraganda yaxshiroq koʻrsatkich sanaladi.
Tadbirda soʻzga chiqqan Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev qanday qilib viloyatda oliy toifali oʻqituvchilar ulushi qisqa muddatda oshganiga izoh berib oʻtdi.
— Oʻrganish davomida viloyatdagi malakali oʻqituvchilar tomonidan nodavlat malaka oshirish kurslari tashkil etilib, u yerda oʻqituvchilarga toifa sinovlariga tayyorgarlik boʻyicha kurslar tashkil etilganiga guvoh boʻldik, — dedi Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev. — Oʻqituvchilar hududiy malaka oshirish markazida ololmagan bilimlarini aynan shu kurslarda olishgan va bu kurslarning natijadorligi oʻqituvchilar tomonidan keng eʼtirof etilmoqda. Bu yana bir bor pedagoglar malakasini oshirishga xususiy sektorni keng jalb etish tashabbusimiz toʻgʻriligining yana bir isbotidir.
Yigʻilishda xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi faoliyatida mavjud muammolarga ham toʻxtalib oʻtildi.
Xususan, markazda oʻqituvchining malaka oshirishdan keyingi faoliyatini oʻrganish va tahlil qilishning mukammal elektron portfolio tizimi ishlab chiqilmaganligi, kimyo, biologiya va fizika fanlaridan oʻquv-laboratoriya jihozlari bilan taʼminlanmaganligi, amaliy fanlar (texnologiya, tasviriy sanʼat va chizmachilik, musiqa)dan tinglovchilar uchun amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazish uchun jihozlarning mavjud emasligi, aksariyat tinglovchilarning minimum talab darajasida AKTdan (40-50 %) foydalanishni va chet tilini (80-90 %) bilmasligi malaka oshirishni samarali tashkil etish imkonini bermayotgani taʼkidlandi.
Oʻz navbatida Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi ushbu markazga yangi rahbar tayinlangani va yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun harakatlar boshlanganini taʼkidlab oʻtdi.


Недавно рабочая группа Инспекции образования посетила Бухарскую область для изучения эффективности проводимой работы по повышению качества образования и оказания практической и методической помощи учителям.

На встрече 19 января в Бухарском государственном университете были обсуждены итоги процесса аттестации учителей области, а также достижения и недостатки в этой области.
Сообщается, что количество высококлассных учителей в школах области за последние три года удвоилось. Сегодня из 26 145 преподавателей высших учебных заведений, работающих в школах области, 1 716 (6%) являются учителями высокого класса. В 2018 году эти показатели составили 2,6 процента. Кроме того, 5044 учителя (17,7%) являются учителями первой категории и 8461 (29,6%) учителями второй категории. Это лучший показатель в стране, чем в других регионах.
Выступивший на мероприятии начальник Инспекции образования Улугбек Ташкенбаев рассказал, как за короткий период увеличилась доля высококлассных учителей в регионе.
— В ходе исследования мы стали свидетелями организации негосударственных курсов повышения квалификации квалифицированных учителей в области, где учителя прошли обучение по подготовке к сдаче разрядных испытаний, — сказал начальник Инспекции образования Улугбек Ташкенбаев. — Учителя получили на этих курсах знания, которые не получили в областном учебном центре, и эффективность этих курсов широко признана учителями. Это еще одно доказательство правильности нашей инициативы по привлечению частного сектора к подготовке учителей.
На совещании также были затронуты проблемы в деятельности областного центра переподготовки и повышения квалификации работников народного образования.
В частности, центр не имеет комплексной системы электронного портфолио для изучения и анализа последипломной деятельности преподавателей, не обеспечен учебно-лабораторным оборудованием по химии, биологии и физике, не проводит практические занятия для студентов по прикладным наукам (технологии, ИЗО). и рисование, музыка).Отмечено, что нехватка оборудования, использование ИКТ (40-50%) и незнание иностранного языка (80-90%) на минимальном уровне у большинства обучаемых не позволяют эффективно организовать повышение квалификации.
В свою очередь глава Инспекции образования отметил, что назначен новый руководитель центра и предпринимаются усилия по устранению этих недостатков.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: