Matematika fanidan PISA topshiriqlar to‘plami

Matematika fanidan PISA topshiriqlar to‘plami

Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun o‘quvchilarni matematik savodxonligini oshirishga yo‘naltirilgan topshiriqlar to‘plami.
Hozirgi davrda maktab bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasi qanday bo‘lishi lozimligi haqidagi qarashlar o‘zgarib bormoqda. Maktab o‘quvchilarining fanlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish bilan bir qatorda o‘z bilimlarini turli hayotiy vaziyatlarda qo‘llay olish malakasini rivoljantirishni ta’minlash zarur. Kelajakda bu malakalar maktab bitiruvchisining jamiyat hayotida faol qatnashishiga, butun hayoti davomida bilimini oshirib borishga yordam beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi «Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi»gi 997-sonli qarorida PIRLS (boshlang‘ich 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini baholash), TIMSS (4 va 8-sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan o‘zlashtirish darajasini baholash), PISA (15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash), TALIS (rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qitish va ta’lim olish muhitini hamda o‘qituvchilarning ish sharoitlarini o‘rganish) kabi xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish belgilangan.
Mazkur to‘plam o‘quvchilarni tanqidiy tahlil, kreativ fikrlash, mustaqil izlanish, yaratuvchanlik qobiliyatlarini shakllantirishga hamda matematik savodxonligini oshirishga yo‘naltirilgan topshiriqlardan iborat.
Matematik savodxonlik — bu shaxsning matematik fikrlash va real hayotdagi turli muammolarni echishda ularni matematik ifodalash, qo‘llash va sharhlay olish qobiliyatidir.
U hodisalarni tasvirlash, tushuntirish va oldindan aytish uchun matematik tushunchalar, jarayonlar, dalil va vositalardan foydalanishni o‘z ichiga oladi.
Matematik savodxonlik insonlarga matematikaning hayotiy ahamiyatini tushuntirishga, asosli fikr bildirishga hamda amaliy va faol fikrlovchi fuqaro uchun zarur bo‘lgan qarorlar qabul qilishga yordam beradi.
Asosiy e’tibor turli vaziyatlarda mushohada va intuisiyani talab qiluvchi turli xil yondashuvlardan foydalanib matematik bilimlarni qo‘llashga qaratiladi. Buning uchun odatda maktabda o‘rganiladigan ancha-muncha matematik bilimlar zarur bo‘ladi.
Tadqiqotda o‘quvchilarga asosan darslikdagi emas, balki hayotga xos bo‘lgan (tibbiyot, uy-joy, sport va boshqa) amaliy vaziyatlar taklif etiladi. Ko‘p hollarda nafaqat matematikadan, balki fizika, biologiya fanlarining turli mavzu va bo ‘limlaridan bilim hamda ko‘nikmalarini ishlatish talab etiladi.
To‘plamni – yuklab olish.


Комплекс заданий, направленных на повышение математической грамотности учащихся при подготовке к международным исследованиям.
В настоящее время меняются взгляды на то, каким должен быть уровень подготовки выпускников школ. Помимо формирования знаний и умений школьников в области естественных наук, необходимо обеспечить развитие умений применять свои знания в различных жизненных ситуациях. В дальнейшем эти навыки помогут выпускнику школы принимать активное участие в общественной жизни, приумножать свои знания на протяжении всей жизни.
Постановление Кабинета Министров Республики Узбекистан от 8 декабря 2018 года № 997 «О мерах по организации международных исследований в области оценки качества образования» ПИРЛС (начальный 4 класс «Оценка чтения и понимания учащимися текст), TIMSS (оценка уровня владения учащимися 4 и 8 классов по математике и естественным наукам), PISA (оценка чтения, математики и естественных наук у 15-летних учащихся) Международные исследования по международным программам оценки, таким как ТАЛИС (исследование учебно-воспитательной среды в общем среднем образовании и условий труда педагогов);
Данный комплекс состоит из заданий, направленных на развитие у учащихся критического анализа, творческого мышления, самостоятельного исследования, творчества и математической грамотности.
Математическая грамотность – это способность человека мыслить математически и математически выражать, применять и интерпретировать их при решении различных задач реальной жизни.
Он включает использование математических понятий, процессов, доказательств и инструментов для описания, объяснения и прогнозирования событий.
Математическая грамотность помогает людям объяснять жизненно важное значение математики, давать обоснованные рассуждения и принимать решения, необходимые практичному и деятельному гражданину.
Основное внимание уделяется применению математических знаний с использованием различных подходов, требующих наблюдения и интуиции в различных ситуациях. Для этого потребуется немалый объем математических знаний, которые обычно учат в школе.
В исследовании учащимся предлагаются не учебники, а практические ситуации, характерные для жизни (медицина, жилье, спорт и т. д.). Во многих случаях требуется использовать знания и умения не только по математике, но и по различным предметам и разделам физики и биологических наук.
Загрузите пакет.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 4
  1. Isroil

    Zõr

  2. Nodira Xaitova

    :idea: :idea: :idea:

  3. Аноним

    :evil: :evil: :lol: :lol: :lol: :shock: :shock: :shock:

  4. Аноним

    :sad:

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: