Qabul 2021 Bu yil test sinovlari qanday bo‘ladi?

Qabul 2021 Bu yil test sinovlari qanday bo‘ladi

O‘zbekistonda test sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha 2 ta ssenariy muhokama qilinmoqda.

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan hamkorlikda ikki xil ssenariy ustida ish olib borilmoqda. Bu haqda AOKAda 2021/2022 o‘quv yili qabul jarayonlari bilan bog‘liq dolzarb masalalar yuzasidan o‘tkazilgan brifingda Bilim va malakalarni baholash agentligi boshqarma boshlig‘i Bekzod Toshpo‘latov ma’lum qildi.
Bilim va malakalarni baholash agentligi boshqarma boshlig‘i joriy yilda qabul jarayonlariga kiritilgan muhim yangiliklar haqida gapirdi.
«Joriy yilgi qabul jarayonlariga oid muhim masalalardan biri, 2021/2022 o‘quv yili qabulidan boshlab alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim sohalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlardan so‘ng majburiy uchta – ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va O‘zbekiston tarixi fanlari bo‘yicha Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan test sinovlari o‘tkaziladi.
Yana bir muhim jihat, 2021/2022 o‘quv yili qabulidan boshlab, qonunchilik hujjatlariga muvofiq, oliy ta’lim muassasalariga imtihonlarsiz davlat granti asosida o‘qishga kirish bo‘yicha imtiyozga ega bo‘lgan shaxslar umumiy qabul parametrlaridan tashqari qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi», dedi u.
Boshqarma boshlig‘i test jarayonlariga tayyorgarlik masalalariga ham to‘xtalib, mamlakatda epidemiologik vaziyat davom etayotganini inobatga olgan holda, Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan hamkorlikda ikki xil ssenariy ustida ish olib borilayotganini aytdi.
«Ayni paytda 2ta ssenariy muhokama qilinmoqda: test sinovlarini an’anaviy shaklda katta sig‘imli binolarda yoki 2020 yildagi kabi ochiq maydonlarda o‘tkazish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Buning uchun test sinovi o‘tkaziladigan joylar tanlanib, reja-chizmalari va dislokasiyalari tayyorlandi. 46 830 nafar abituriyent uchun mo‘ljallangan 96ta katta sig‘imli yopiq bino, 59 040 nafar abituriyentga mo‘ljallangan 65ta stadion va xiyobonlarda o‘tkazish mo‘ljallangan.
Test sinovlari o‘tkaziladigan katta sig‘imli binolar va ochiq maydonlar ro‘yxati Davlat komissiyasiga kiritildi» deya ta’kidladi Bekzod Toshpo‘latov.


В Узбекистане обсуждают два тестовых сценария.

Государственный испытательный центр во взаимодействии с Советом Министров Республики Каракалпакстан, областной и ташкентской городской администрациями прорабатывает два разных сценария. Об этом сообщил руководитель Государственного центра тестирования Бекзод Тошпулатов на брифинге в AOCA по текущим вопросам, связанным с приемом на 2021/2022 учебный год.
Глава государственного центра тестирования рассказал о важных нововведениях, введенных в приемную в этом году.
«Одним из важных вопросов, связанных с приемом в этом году, является то, что с начала 2021/2022 учебного года прием на программы бакалавриата по направлениям специального образования является обязательным для абитуриентов после профессиональных (творческих) экзаменов. язык (узбекский, русский или каракалпакский), математика и история Узбекистана Государственным центром тестирования.
Еще одним важным аспектом является то, что со дня приема на 2021/2022 учебный год, в соответствии с законодательством, лица, имеющие право на поступление в высшие учебные заведения на основе государственных грантов без экзаменов, помимо общих параметров приема будут приняты на основании», — сказал он.
Глава ведомства коснулся также подготовки к процессу тестирования, отметив, что с учетом складывающейся эпидемиологической ситуации в стране Государственный центр тестирования работает по двум сценариям во взаимодействии с Советом Министров Республики Каракалпакстан, областным и Ташкентская городская администрация.
«В настоящее время обсуждаются два сценария: проводить испытания традиционным способом в крупнотоннажных зданиях или на открытых площадках, как в 2020 году.
Для этого были выбраны пробные площадки, подготовлены планы и дислокации. Его планируется провести в 96 больших крытых корпусах на 46 830 мест, 65 стадионах и аллеях на 59 040 мест.
Перечень крупнотоннажных зданий и открытых площадок для испытаний внесен в госкомиссию», — сказал Бекзод Тошпулатов.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: