O‘z vaqtida malaka oshirishga chiqmagan pedagoglarga yanvar oyidan boshlab ish haqi to‘lanmaydimi?

O‘z vaqtida malaka oshirishga chiqmagan pedagoglarga yanvar oyidan boshlab ish haqi to‘lanmaydimi?

Savol: Biologiya fani o‘qituvchisiman. 2022 yilda e’tiborsizlik qilib malaka oshirshga chiqmagandim. Endi direktorimiz yanvar oyidan boshlab 2 oy mobaynida menga oylik to‘lanmasligini aytyapti. Shu to‘g‘rimi?

Javob: Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 17 yanvardagi 25-son qarori bilan tasdiqlangan «Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risida»gi nizomning 19-bandida xodim asosiy ish joyi bo‘yicha belgilangan muddatda (joriy yil davomida) malaka oshirish kurslaridan uzrli sabablarsiz o‘tmagan taqdirda, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi amal qilish muddatidan qat’i nazar, belgilangan tartibda ikki oy mobaynida bekor qilinishi aytilgan.

Bu vaziyatda ish beruvchingiz sizga mehnat shartnomasi tugatilishi to‘g‘risida ikki oy avval ogohlantirish xati beradi. Ya’ni, yanvar oyining shu 20-sanasida ogohlantirish xati berilsa, siz mart oyining 20-sanasiga qadar ish joyingizni saqlab qolish uchun harakat qilsangiz bo‘ladi.

❕Ammo, bu vaqt oralig‘ida sizga oylik ish haqi to‘lanmasligi mutlaqo noto‘g‘ri. Ogohlantirish xati berilgan taqdirda ham, xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinmay turib, unga oylik maosh to‘lashni to‘xtatib qo‘yish mehnat qonunchiligiga zid.

© Ulug‘bek Po‘latov

Mavzuga doir:
O‘qituvchi malaka oshirishdan o‘tmasa mehnat shartnomasi bekor qilinadi

Maktabda ishlayotgan talabalar ham malaka oshirishga chiqishi kerakmi?

Pedagog xodimlar yil oxiriga qadar malaka oshirishi shartmi?

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: