O‘qituvchilarning mehnat ta’tili bo‘yicha qanday yangilik bor?

O‘qituvchilarning mehnat ta’tili bo‘yicha qanday yangilik bor?

O‘qituvchilarning mehnat ta’tili masalasida yangilik bormi?

Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi kuchga kirgach, ta’tillar muddatlarida ham bir qancha o‘zgarishlar bo‘ldi. Xususan bu yildan pedagog xodimlarga 56 kalendar kundan iborat mehnat ta’tili berilishi nazarda tutilmoqda.

❕Lekin ushbu amaliyotni tartibga soladigan hujjat qachon kuchga kiradi?

Tan olib aytish kerak o‘qituvchilarning ta’til masalasini ijobiy hal etish uchun O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi astoydil harakat qilyapti. Bu masala juda dolzarb bo‘lganligi uchun deyarli har kuni vaziyatni kuzatib boryapmiz.

Birgina me’yoriy hujjat loyihasini ishlab chiqish va uni tasdiqlatish oson ish emas albatta. Bu masalada ko‘pchilik savol berayotganligi uchun hozir qanday jarayon ketayotganligini tushuntirishga harakat qilamiz:

Mehnat kodeksida pedagog xodimlar ish vaqtining va yillik uzaytirilgan mexnat ta’tilining davomiyligi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘icha uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda belgilanishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Mehnat kodeksining 501-moddasi talablarini bajarish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi uch tomonlama komissiyaga taklif bilan chiqqan.

Hozirda hujjat loyihasi Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘icha uch tomonlama komissiyaga taqdim etilgan. Ana shu komissiya hujjat loyihasiga ijobiy xulosa bersa tez orada mehnat ta’tili masalasi ham hal bo‘ladi. Hujjat loyihasida pedagog xodimlarning ayrim toifalariga necha kun mehnat ta’tili berilishi ko‘zda tutilayotgani haqida avvalroq xabar bergandik.

P.S: Suratda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjayev, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi xodimlari hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ullari hujjat loyihasini muhokama qilish jarayoni.

© Xalq ta’limi Info

Mavzuga doir:
Yangi tahrirdagi mehnat kodeksi yuklab olish

May oyida ishga kirsa, iyulda ta’til beriladimi?

Pedagog xodim ham yozgi ta’tilda «odamga o‘xshab» dam olishi kerak

Telegramda o‘qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo‘riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: