Yangi Mehnat kodeksi qabul qilindi, qanday o‘zgarishlar bor?

Yangi Mehnat kodeksi qabul qilindi, qanday o‘zgarishlar bor?

Yangi Mehnat kodeksi qabul qilindi. Yaxshi o‘zgarishlar bor.

O‘zbekiston Respublikasining yangi Mehnat kodeksi tasdiqlandi. Prezident bunga oid qonunni imzoladi.
Yangi Mehnat kodeksi 6 oy o‘tgach kuchga kiradi. Ungacha eskisi amalda bo‘ladi.

Yangi kodeks 7 bo‘lim, 34 bob va 581 moddadan iborat.

Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari Odiljon Tojiyev yangi kodeksga oid ayrim o‘zgarishlar haqida ma’lumot berdi:

Yangi mehnat kodeksidagi o’zgarishlar

Jumladan, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida:

✅ mehnat ta’tilining minimal davomiyligi hozirgi 15 ish kuni o‘rniga 21 kalendar kuni etib belgilanmoqda!

👴🏻 “xodimning pensiya yoshiga yetganligi munosabati bilan ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish” asosi chiqarib tashlanmoqda. Avvalgi kodeksga ko‘ra, ish beruvchilar xodim pensiya yoshiga yetganda o‘z tashabbusi bilan bemalol ishdan bo‘shata olar edi;

💵 ishdan bo‘shatish nafaqasini ish beruvchida ishlagan ish stajiga qarab differensiatsiyalashgan miqdori belgilanmoqda. Ya’ni: 3 yilgacha ish stajiga ega xodimlarga o‘rtacha oylik ish haqining 50%, 3 yildan 5 yilgacha – 75%, 5 yildan 10 yilgacha – 100%, 10 yildan 15 yilgacha – 150%, 15 yildan ortig‘iga – 200% beriladi. Avvalgi kodeksda ish stajidan qat’i nazar barchaga 100%lik o‘rtacha oylik ish haqi miqdorida ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lanar edi;

‼️ davlat bayramlari (ishlanmaydigan bayram kunlari) kunlariga dam olish kuni to‘g‘ri kelgan taqdirda uni ko‘chirish qoidasi kiritilmoqda. Bu haqda avval ham ko‘p bora yozgan edik. Ya’ni aytaylik 21 mart — Navro‘z bayrami yakshanba kuniga, ya’ni shundoq ham dam olish bo‘lgan kunga to‘g‘ri kelib qolsa, ertasi kungi dushanba ham dam olish kuni deya e’lon qilinadi. Avvalgi kodeksda bu qoida yo‘q edi, boshqacha aytganda dam olish kuni «kuyardi»;

💼 bugungi kunda mehnat bozorida mavjud 12 xil mehnat turlari aks ettirilmoqda (masalan, kasanachilik, YATTda yollanma ishchilar, uy ishchilari, kunlik, vaqtinchalik va mavsumiy ishchilar, smenali ishchilar, masofaviy ishchilar va boshq.). Bu avvalgi kodeksda yo‘q edi.

Mavzuga doir:
Bayramlar ta’til vaqtiga to‘g‘ri kelsa ta’til uzaytiriladimi?

Magistraturadagi o’qish mehnat stajiga o’tadimi?

Ish staji yetarli boʻlmaganlar va uy bekalariga ham pensiya to’lanishi mumkin

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: