O‘qituvchilar tibbiy ko‘rik uchun ro‘yxat talab qilishlari to‘g‘rimi?

O‘qituvchilar tibbiy ko‘rik uchun ro‘yxat talab qilishlari to‘g‘rimi?

Savol: Maktab o‘qituvchilariga tibbiy ko‘rik bepul o‘tkaziladi deyilayotgan bo‘lsada bizdan qandaydir ro‘yxat talab qilishmoqda. Tibbiyot xodimlarini bunga haqqi bormi?

Savolga Ulug‘bek Po‘latov javob berdi:
Ma’lumki, o‘qituvchilar uchun barcha shahar va tumanlar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida tibbiy ko‘rik bepul bo‘lishi belgilab qo‘yildi. Ammo tibbiy ko‘rikdan o‘tishning ham tartibi bor.

Qonunchilikka ko‘ra xodimlar Sog‘liqni saqlash vazirligining 2012 yil 10 iyuldagi «Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 200-sonli buyrug‘i asosida tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Bu jarayonda tuman SEO, ish beruvchi, kasaba uyushma qo‘mitasi va tibbiyot muassasalariga bir qator vazifalar belgilangan. Ish beruvchi ya’ni direktor hududiy SEO va maktab kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan birgalikda har kalendar yilning 1 dekabrigacha (bu yilgi holatdan kelib chiqib o‘quv yili boshida) tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi shart bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzadi va tibbiy ko‘rikni o‘tkazuvchi davolash-profilaktika muassasasiga taqdim etadi.

Demak direktor tasdiqlangan xodimlar ro‘yxatini taqdim etgach bepul tibbiy ko‘rikni talab qilishga haqli bo‘ladi. Shuningdek xodim tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun shaxsiy pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjati bilan kelishi lozim.

Mavzuga aloqador: Tibbiy sug‘urta majburiymi ixtiyoriymi?


Вопрос: Хотя говорят, что школьные учителя будут проходить бесплатное медицинское обследование, от нас требуют список. Имеют ли на это право медицинские работники?

Улугбек Полатов ответил на вопрос:
Как известно, решено, что медосмотр будет бесплатным для учителей многопрофильных центральных поликлиник всех городов и районов. Но есть и процедура прохождения медицинского освидетельствования.

Согласно законодательству работники подлежат медицинскому освидетельствованию на основании приказа Минздрава от 10 июля 2012 г. № 200 «Об утверждении положения о порядке проведения медицинского освидетельствования работников».

В этом процессе перед районным СЭО, работодателем, профсоюзным комитетом и медицинскими учреждениями возлагается ряд задач. Работодатель, то есть директор, совместно с областным СЭО и профкомом школы составляет список работников, которые должны пройти диспансеризацию до 1 декабря каждого календарного года (в данном случае — в начале учебного года). учебный год) и представляет в лечебно-профилактическое учреждение, проводящее диспансеризацию.

Поэтому директор вправе запросить бесплатное медицинское освидетельствование после представления списка утвержденных сотрудников. Также работник должен прийти с личным паспортом или другим документом, удостоверяющим личность, для прохождения медицинского освидетельствования.

Похожая тема: Является ли медицинское страхование обязательным или необязательным?

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: