«O‘qituvchilar bayrami kuniga hududiy kasaba uyushmalari yaxshi ziyofat qilib berishi kerak»
deya taklif bildirmoqda Xalq ta’limi Info kanali.
O‘qituvchilarning kasb bayrami kuniga ham oz muddat qoldi. Bu orada hududlarda bayram tadbirlari o‘tkaziladi. Har yilgi an’anaga ko‘ra tuman (shahar)larda bayram dasturxonlari yoziladi, bu ziyofaga esa har bir maktabdan ko‘pi bilan 3 nafar o‘qituvchilar qatnasholadi xolos.
Imkoniyati yetarli bo‘lgan o‘qituvchilar jamoasi o‘zlari uchun bayram tashkillashadi, imkoniyati yo‘qlarga esa bu ham muammo. Shunday kunlarda hududiy kasaba uyushmalari tashabbus ko‘rsatib, har bir maktab jamoasi uchun yoziladigan dasturxon ziyofati xarajatlarini ko‘tarsa bo‘lardi.
Chunki har oyda o‘qituvchilarning ish haqining 1 foizi mana shu kasaba uyushmasi hisob raqamiga o‘tib turadi. Ya’ni har oyda bir nafar o‘qituvchining oylik maoshidan eng kamida 30-40 ming so‘m mablag‘ ushlab qolinadi.
Kasaba uyushmalari har oyda olayotgan bu mablag‘ga yarasha o‘qituvchilarning huquqlarini himoya qilib, vazifasini to‘liq ado etmayotgan bo‘lsa kerak. Chunki shu kungacha o‘qituvchilarning mehnat huquqlarini Xalq ta’limi vazirligining o‘zi himoya qilyapti. Kasaba uyushmalari maqtaydigan darajada ishlar qilmadi menimcha.
Shuning uchun hech bo‘lmasa bir yilda bir marta «1 oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni» bayramida pedagog xodimlar uchun yaxshi bayram ziyofati tashkillab berilsa maqsadga muvofiq bo‘lardi. Menimcha hamma o‘qituvchi bunga munosib.
Buning uchun qo‘shimcha mablag‘ ham shart emas, faqat o‘qituvchilar maoshidan ushlab qolinayotgan mablag‘ning oktabr oyidagisini ularning o‘ziga sarf qilinsa kifoya.
Har bir maktab jamoasining bir foizlik oylik maoshidan yig‘ilgan summaga yaxshigina ziyofat dasturxoni yozsa bo‘ladi. Kasaba uyushmalari 12 oy davomida oladigan mablag‘larini atigi bir oylik summasidan xalq bolalariga ta’lim berayotgan o‘qituvchilar uchun voz kechsa unchalik katta zarar qilmasa kerak.
Mavzuga doir:
O ‘qituvchi ustama olmasa, ustamasiz qolsa kim aybdor?
O’qituvchi qalbidagi gaplar hazil she’rlarda
Nima uchun o‘qituvchilar doimiy horg‘in qiyofada yurishadi?
«Праздник учителя должны отметить региональные профсоюзы»
Общественное образование Инфоканал предлагает.
Не за горами праздник учителей. А пока в регионах пройдут праздничные мероприятия. По ежегодной традиции в районах (городах) накрывают праздничные столы, и в этом празднике могут участвовать только 3 учителя от каждой школы.
Группа учителей, у которых достаточно средств, организует себе праздник, но и для тех, у кого нет средств, это тоже проблема. В такие дни областные профсоюзы могли проявить инициативу и поднять расходы на праздничный стол, написанный для каждой школьной команды.
Потому что каждый месяц на этот профсоюзный счет поступает 1% от зарплаты учителей. То есть из месячной зарплаты учителя ежемесячно отчисляется не менее 30-40 тысяч сумов.
Профсоюзы, вероятно, не в полной мере выполняют свои обязанности по защите прав учителей в соответствии с суммой, которую они получают каждый месяц. Потому что по сей день трудовые права учителей охраняет Министерство народного просвещения. Я не думаю, что профсоюзы проделали похвальную работу.
Поэтому хотя бы раз в год было бы уместно организовать хороший праздник для учителей 1 октября – День учителей и наставников. Я думаю, что каждый учитель достоин этого.
Дополнительных средств для этого не требуется, достаточно, если в октябре на них будет потрачена сумма, вычитаемая из зарплаты учителей.
Сумма, собранная из одного процента месячной зарплаты каждой школьной команды, может быть использована для приготовления красивого праздничного стола. Если профсоюзы отдадут только месячную сумму денег, которую они получают за 12 месяцев, для учителей, обучающих детей народа, это, вероятно, не принесет большого вреда.
Предмет:
Кто виноват, если учитель не получает сверхурочных или остается без сверхурочных?
Слова учительского сердца в юмористических стихах
Почему учителя всегда выглядят уставшими?