Onlayn imtihonlar shaffofligini taʼminlovchi dastur yaratildi

Onlayn imtihonlar shaffofligini taʼminlovchi dastur yaratildi
Telegramda o'qish

Pandemiya sababli taʼlim tizimida qator oʻzgarishlar amalga oshirildi. Karantin va masofadan oʻqitish imtihonlarni ham onlayn tarzda tashkil etilishiga olib keldi.

Oʻqituvchining yoʻqligi fanlarni yaxshi oʻzlashtirmagan talabalar va maktab oʻquvchilari uchun hiyla-nayrang hamda boshqa qingʻirliklar uchun ulkan imkoniyatlar yaratdi. Ammo endi bu holat hech boʻlmaganda Madridda cheklandi. Bu haqda “El Mundo” xabariga asoslanib Xalq so’zi nashri xabar bermoqda.
Xabarda keltirilishicha, Ispaniyada imtihon yoki oddiy test sinovlari paytida talabalar va maktab oʻquvchilarining harakatlarini kuzatib boradigan maxsus dastur ishlab chiqildi. Maxsus platformada oʻqituvchi oʻz oʻquvchilari javob berishi kerak boʻlgan savollar kiritiladi. Shundan soʻng tizim talabalar imtihon topshirishdan oldin kiritishi kerak boʻlgan kodni ishlab chiqadi.
Shuningdek, dastur sinov paytida talabaning qilayotgan barcha ishlarini, kompyuterda qanday tezlikda yozganini, qancha tugmani bosganini, kompyuter sichqonchasi harakatini kuzatib boradi. Agar gʻayritabiiy holat aniqlansa, talabaning nima qilayotganini tekshirish uchun dastur tomonidan kamera ishga tushiriladi.
Madrid Taʼlim vazirligi dastur ustidan allaqachon sinov oʻtkazgan va natijadan mamnun. Maʼlum boʻlishicha, ushbu dastur uchun deyarli 825 ming yevro ajratilgan.
“Pandemiya texnologik rivojlanishni tezlashtirdi. Biz ushbu vosita kelajakda foydali boʻlishini xohlaymiz”, dedi Madrid Taʼlim vazirligi innovatsiyalar va oʻquv dasturlari boʻlimi vakili David Cyerver. 

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: