Olis hududlarda joylashgan maktabga borib ishlamoqchi bo‘lgan o‘qituvchiga qanday imtiyoz va qo‘shimcha to‘lovlar bor?
Savol: Men olis hududdagi maktabga borib ishlamoqchiman. Aytishlaricha, shunday maktablarga borib ishlaydigan o‘qituvchilarning oyligi 1000 dollardan oshar ekan. Shu rostmi? O‘zi olis hududdagi maktablar haqida ma’lumotni qayerdan olsam bo‘ladi?
Savolga Xalq ta’limi info kanalida quyidagicha javob berildi:
Ma’lumki, 2019 yil 7 iyunda Vazirlar Mahkamasining «Olis hududlarda joylashgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning mehnatini yanada rag‘batlantirish to‘g‘risida»gi 471-sonli qarori imzolangan.
Mazkur qarorga ko‘ra, olis hududlarda joylashgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning bazaviy tarif stavkalariga ish stajidan kelib chiqib quyidagi miqdorda ustamalar to‘lanadi:
👉6 oydan — 3 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchiga 10 foiz;
👉3 yildan — 5 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchiga 20 foiz;
👉5 yildan — 10 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchiga 30 foiz;
👉10 yildan — 15 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchiga 40 foiz;
👉15 yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchiga esa 50 foiz ustama to‘lab beriladi.
❕Bu hali hammasi emas. Ya’ni, olis hududdagi maktabga borib ishlamoqchi bo‘lgan o‘qituvchilarni yanada rag‘batlantirish uchun 2021 yil 11 yanvarda prezidentning PQ-4940 sonli qarori ham imzolangan.
Unga ko‘ra, 2021 yil 1 yanvardan boshlab olis hududlarda joylashgan budjet tashkilotlariga boshqa hududlardan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan o‘qituvchilarga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida bir martalik boshlang‘ich yordam puli va uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida har oylik pul kompensatsiyasi to‘lab berish yo‘lga qo‘yilgan.
❗️Eslatib o‘tamiz, olis va chekka hudud deganda, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi 471-son qarori bilan tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga maxsus ustama belgilanadigan hududlar tushuniladi. Hududlar ro‘yxati esa ilova qilindi.
Mavzuga doir:
Olis hududdagi maktabga borib ishlash uchun kimga murojaat qilish kerak?
Olis va chekka hududlarda kimlarga imtiyozlar beriladi?
«Qizil maktab»ga borib ishlagan o‘qituvchiga katta miqdorda oylik maosh to‘lanadimi?
Men olis maktabda ishlayman , narigi maktabdan olgan direktor jamg’armasi 20/ li ustamamni ham olishga haqlimanmi.