Olis va chekka maktab o‘qituvchilariga kompensatsiya berilmayaptimi?

Olis va chekka maktab o‘qituvchilariga kompensatsiya berilmayaptimi?

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda olis va chekka hududlardagi ta’lim muassasalariga ishga qabul qilingan ustozlarning uy-joylarini ijaraga olganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari to‘lab berilmayotganligi yuzasidan Xalq ta’limi vazirligi rasmiy bayonot berdi..

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 yanvardagi PQ-4940-sonli qaroriga muvofiq olis va chekka hududlarda joylashgan ta’lim muassasalariga ishga qabul qilingan boshqa hududda yashovchi oliy ma’lumotli mutaxassislarga bir martalik boshlang‘ich yordam puli
va uy-joylarni ijaraga olganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari hokimliklar tomonidan mahalliy budjetlar hisobidan moliyalashtirilishi belgilangan.

Agarda ushbu qarorda belgilangan tartib asosida ayrim umumta’lim muassasalarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan oliy ma’lumotli mutaxassislarga (o‘qituvchi-pedagoglar) ushbu qarorda belgilangan to‘lovlar mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan to‘lanmagan holatlari mavjud bo‘lsa, holatlarni manzilli aniqlab bartaraf etish maqsadida Xalq ta’limi vazirligiga to‘liq ma’lumot berishingiz so‘raladi.

Ma’lumot uchun: Bugungi kunda faoliyat olib borayotgan umumta’lim muassasi, hududingiz (viloyat, tuman, MFY/OFY/QFY) hamda shaxsingiz haqida ma’lumot to‘liq bo‘lishi lozim.

Ma’lumotlaringizni dushanba-juma kunlari soat 9:00 dan 18:00 ga qadar https://t.me/Laylo_xtvpress manziliga yuborishingiz so‘raladi. Shaxsingizga oid ma’lumotlar sir saqlanishi kafolatlanadi.

Mavzuga doir:
Olis hududdagi maktabga borib ishlash uchun kimga murojaat qilish kerak?

Olis va chekka hududlarda kimlarga imtiyozlar beriladi?

O‘qituvchilarni mukofotlash yangi qaror masalasida XTV bayonot berdi


В последние дни Министерство народного образования сделало официальное заявление в социальных сетях по поводу невыплаты компенсационных выплат за аренду жилья учителям, работающим в образовательных учреждениях отдаленных и труднодоступных местностей.

В соответствии с постановлением Президента Республики Узбекистан №PQ-4940 от 11 января 2021 года единовременная первоначальная помощь высокообразованным специалистам, проживающим в других регионах, трудоустроенным в учреждения образования, расположенные в труднодоступных и труднодоступных местностях
а компенсационные выплаты за аренду жилья определяются за счет средств местных бюджетов.

В случае, если на основании установленного настоящим решением порядка будут выявлены случаи, когда установленные настоящим решением сборы не выплачиваются за счет средств местного бюджета высокообразованным специалистам (учителям-педагогам), работающим из других регионов в отдельных общеобразовательных учреждениях, случаях Вас просят предоставить полную информацию в Министерство народного просвещения для выявления и устранения проблемы.

Для справки: Информация о действующем на сегодняшний день общеобразовательном учреждении, вашем регионе (область, район, МФЮ/ОФЮ/КФЮ) и вашей личности должны быть полными.

Пожалуйста, присылайте информацию на https://t.me/Laylo_xtvpress с понедельника по пятницу с 9:00 до 18:00. Конфиденциальность вашей личной информации гарантируется.

Предмет:
К кому мне обратиться, чтобы работать в школе в отдаленном районе?

Кому выгодны отдаленные и отдаленные районы?

XTV сделал заявление относительно нового решения о награждении учителей

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: