O‘zbekiston 3 pog‘onali pensiya tizimiga o‘tishni rejalashtirmoqda

3 pog‘onali pensiya haqida qisqacha ma’lumot. O‘zbekiston shu tizimga o‘tishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston 3 pog‘onali pensiya tizimiga o‘tishni rejalashtirmoqda. Bu haqdaPensiya jamg‘armasi boshqarma boshlig‘i Farrux Pardayev AOKAdagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Pardayevning so‘zlariga ko‘ra, 2030 yilgacha jamg‘armaga pensiya tizimini isloh qilish konsepsiyani ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan. Bu konsepsiyada uch pog‘onali pensiya tizimi tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Qayd etilishicha, birinchi pog‘ona kafolatlangan pensiya, ya’ni talab qilingan stajga ega bo‘lganlarda davlat tomonidan kafolatlangan pensiya hisoblanadi. Ikkinchisi — sug‘urtalangan pensiya. Unda ish staji va ish haqiga mutanosib ravishda belgilanadi. Uchinchisi esa jamg‘arib boriladigan pensiya, ya’ni har kim o‘zining jamg‘arib borgan hissasiga qarab olinadi.
Pensiya jamg‘armasi boshqarma boshlig‘i uch pog‘onali pensiya tizimi jahon va MDH davlatlarida hayotga tatbiq etilganini ta’kidladi.


Узбекистан планирует перейти на трехуровневую пенсионную систему. Об этом сообщил глава Пенсионного фонда Фаррух Пардаев на пресс-конференции в АОКА.
По словам Пардаева, перед фондом поставлена ​​задача разработать концепцию реформирования пенсионной системы до 2030 года. Концепция предусматривает создание трехуровневой пенсионной системы.
Отмечается, что первая ступень – это гарантированная пенсия, т.е. гарантированная государством пенсия для тех, кто имеет необходимый стаж. Во-вторых, это страховая пенсия. Он определяется пропорционально стажу работы и заработной плате. Третий – накопительная пенсия, которая зависит от вклада каждого человека.
Глава Пенсионного фонда отметил, что в мире и в СНГ внедрена трехуровневая пенсионная система.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: