O‘qituvchilarga ustama belgilashda o‘zgartirishlar kiritilmoqda

O‘qituvchilarga ustama belgilashda o‘zgartirishlar kiritilmoqda

Ma’lumki, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini moddiy rag‘batlantirish, jumladan Direktor jamg‘armasidan foydalanish Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 sentabrdagi 823-son qarori asosida tashkil etilib kelingan.

O‘tgan o‘quv yili davomida qaror bilan tasdiqlangan Nizom talablarini amaliyotga qo‘llash jarayonida ustamlarni belgilash bo‘yicha ortiqcha qog‘ozbozlik, o‘qituvchilar faoliyatini baholash mezonlarida bir qator noaniqliklar yaqqol ko‘zga tashlandi.

Ayrim normalardagi mavhumliklarni aniqlik kiritish lozimligi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish zaruratini yuzaga keltirdi.

Shuning uchun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi “Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2019 yil 30 sentabrdagi 823-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 831-sonli qarori qabul qilindi.

Kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga asosida quyidagilar ko‘zda tutilgan:

🔹umumta’lim maktablaridagi pedagog, psixolog va kutubxona xodimlari faoliyatini ochiq ma’lumotlar orqali baholash;
🔹xalqaro fan olimpiadalarga o‘quvchilarni tayyorlab borish uchun o‘qituvchilarda motivatsiyani orttirish;
🔹o‘quvchilarni xalqaro baholash tadqiqotlariga tizimli ravishda tayyorlab boradigan o‘qituvchilarga har oylik 100 foizlik ustamalar belgilash;
🔹maktablarda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan metodik xizmatni yaxshilashni rag‘batlantirish maqsadida fan metod birlashmalari rahbarlari uchun har oylik ustamalarni 5 foizda 10 foizga oshirish;
🔹bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishga puxta tayyorlash, kasbga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash borasida maktab rahbarlarini rag‘batlantirish;
🔹pedagogik jamoalar va ta’lim muassasalari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratishga erishish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, yangi qarorga asosan:

✅umumta’lim maktablaridagi psixolog va kutubxona xodimlariga ustama belgilashda ushbu ustamaga loyiq ko‘rilgan xodimlar 50 foizdan oshmaslik cheklovi bekor qilindi;
✅maktablarning fan yo‘nalishlari bo‘yicha uslubiy birlashmalari rahbarlari bazaviy tarif stavkalariga ustama belgilashda aniq 6 turdagi mezon belgilandi;
✅baholash mezonlarining shaffoflashuvi va qisqarishi natijasida jami mezonlar soni maqbullashtirilib, 20 foizga kamaydi;
✅ustama olish uchun talabgorlar tomonidan to‘ldirilishi kerak bo‘lgan hujjatlar soni 60 foizga kamayib, endilikda talabgor faqatgina 3 nomdagi hujjatni to‘ldirishi nazarda tutilmoqda.

O‘ylaymizki, Direktor jamg‘armasidan foydalanish tartibiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar maktablarda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar, jumladan, o‘qituvchilar mehnatini munosib rahbatlantirishga xizmat qiladi.


Известно, что материальное поощрение образцовых работников общего среднего образования, в том числе с использованием Директорского фонда, организовано в соответствии с Постановлением Кабинета Министров №823 от 30 сентября 2019 года.

В течение последнего учебного года в процессе реализации требований Устава, утвержденного постановлением, был допущен ряд волокит при назначении преподавателей, ряд неточностей в критериях оценки деятельности педагогов.

Необходимость уточнения неясностей в некоторых нормах вызвала необходимость внесения изменений и дополнений в порядок материального поощрения образцовых работников общего среднего образования.

Поэтому постановление Кабинета Министров Республики Узбекистан от 31 декабря 2020 года «О совершенствовании порядка материального поощрения образцовых работников общего среднего образования» №831 «О внесении изменений и дополнений в постановление №831».

На основании изменений и дополнений предусмотрено следующее:

🔹Оценка деятельности учителей, психологов и библиотекарей общеобразовательных школ через открытые данные;
🔹Мотивация учителей к подготовке учащихся к международным научным олимпиадам;
🔹Назначение 100% ежемесячных премий учителям, систематически готовящим учащихся к международным оценочным исследованиям;
🔹Увеличить ежемесячное пособие руководителям научно-методических объединений с 5% до 10% в целях поощрения совершенствования методической службы, направленной на повышение качества образования в школах;
🔹Стимулирование руководителей школ к тщательной подготовке выпускников к высшему образованию, профориентации и трудоустройству;
🔹Направлен на создание здоровой конкурентной среды между педагогическими коллективами и учебными заведениями.

Кроме того, согласно новому решению:

✅отменено ограничение не более 50% от общего числа психологов и библиотекарей в общеобразовательных школах;
✅Руководители методических объединений школ в области науки определили 6 видов критериев установления надбавок к базовым тарифным ставкам;
✅В результате прозрачности и сокращения критериев оценки общее количество критериев оптимизировано и уменьшено на 20%;
✅Количество документов, необходимых абитуриентам для подачи заявки, уменьшено на 60%, теперь от абитуриента требуется заполнить только 3 документа.

Мы считаем, что изменения и дополнения к правилам использования Фонда Директора станут достойным стимулом для работы сотрудников школы, в том числе учителей.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: