O‘qituvchi ikki kun maktabga kelmasa unga ish haqi to‘lanadimi?

O‘qituvchi ikki kun maktabga kelmasa unga ish haqi to‘lanadimi?

Savol: Men maktabda o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimiga yaqinda tayinlandim. Matematika fani o‘qituvchimiz ikki kun sababsiz ravishda ishga kelmadi. Sababini so‘rasam aytmadi. Savolim shundan iboratki, o‘qituvchi sababsiz ishga kelmasa unga ish haqi to‘lanaveradimi? Bu vaziyatda qanday yo‘l tutishim kerak?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 114-moddasiga ko‘ra, xodim ish tartibi yoki grafigiga yoxud mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq o‘z mehnat vazifalarini bajarishi lozim bo‘lgan vaqt ish vaqti hisoblanadi.

Umumta’lim maktabi o‘qituvchisining pedagogik yuklamasining bajarilishini hisobga olish har kuni ishga kelish va ketish jurnali orqali yuritiladi hamda har oylik ish vaqtini hisobga olish tabelida aks ettirilib, unda amalda bajarilgan o‘quv soatlari (dars soati soni), pedagogik ish soatlari, barcha bajarilgan soatlar, ya’ni jami o‘quv va pedagogik soatlar yig‘indisi ko‘rsatiladi.

Bajarilmagan o‘quv (dars) soatlari va tegishli pedagogik soatlar o‘qituvchining shaxsiy ish rejasiga asosan amaldagi qonunchilik doirasida ta’lim muassasasi kasaba uyushmasi bilan kelishgan holda rasmiylashtiriladi, tabelga kiritilmaydi va haq to‘lanmaydi.

Undan tashqari o‘qituvchi ish vaqti davomida ya’ni, dars o‘tish jarayonida darsda o‘tilgan mavzu va uyga berilgan vazifalarni kundalik.com platformasiga yoki sinf jurnaliga alohida ajratilgan kataklarga yozib borishi, o‘quvchilarning darsdagi davomatlarini aniqlashi va qayd etib borishi kerak. Sinf jurnaliga yozilmagan dars uchun o‘qituvchiga ish haqi to‘lanmaydi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, o‘qituvchi sababsiz ravishda ish joyiga kelmasa, unga ish haqi to‘lanmaydi.

Manba: Xalq ta’limi info kanali


В: Недавно меня назначили заместителем директора по академическим вопросам. Наш учитель математики не появлялся два дня без всякой причины. Когда я спросил, почему, он не сказал. У меня такой вопрос, если учитель не приходит на работу без причины, будет ли ему или ей платить? Что мне делать в этой ситуации?

Ответ: Согласно статье 114 Трудового кодекса Республики Узбекистан рабочим временем является время, когда работник должен выполнять свои обязанности в соответствии с графиком работы или условиями трудового договора.

Учет выполнения педагогической нагрузки учителя общеобразовательной школы осуществляется через ежедневник прихода и ухода и отражается в месячном графике рабочего времени, в который включаются фактические учебные часы (количество часов), педагогические часов, все отработанные часы, т. е. сумма общего количества учебных и педагогических часов.

Пропущенные занятия (уроки) и соответствующие им педагогические часы оформляются в соответствии с личным планом работы педагога в соответствии с действующим законодательством по согласованию с профсоюзом образовательного учреждения, в таблицу не включаются и не оплачиваются.

Кроме того, в рабочее время, т.е. во время урока, учитель должен записывать тему урока и домашнее задание на платформу daily.com или в отдельный журнал в классном журнале, выявлять и фиксировать посещаемость учащихся. Учителю не платят за урок, который не зафиксирован в журнале занятий.

Исходя из вышеизложенного, можно сказать, что если учитель не выходит на работу без причины, ему не будет оплачена зарплата.

Источник: информационный канал народного образования.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: