Nostrifikatsiya o‘zi nima?

Nostrifikatsiya o‘zi nima?

“Nostrifikatsiya» soʻzi lotincha “noster» — “bizniki» hamda “facere» — “qilmoq» soʻzlaridan olingan. Amalda ushbu atama xorijda berilgan diplomlarni davlat darajasida tan olish, ekvivalentligini qayd etishni bildiradi.

📄 NOSTRIFIKATSIYA QANDAY OLINADI?

Bir narsani bilishingiz kerakki, xorijda olingan har qanday diplom Oʻzbekistonda tan olinishi uchun nostrifikatsiya qilinishi kerak. Faqat hukumatlararo shartnomalar asosida tashkil etilgan OTMlarning diplomi bundan mustasno (Vestminstr, MDIS, Turin, Inxa va h.k.).

Xorijiy diplomlarni nostrifikatsiya qilishning 2 xil yoʻli bor:
👉 biri imtihon asosida,
👉 ikkinchisi imtihonsiz.

IMTIHONSIZ NOSTRIFIKATSIYA

👉2019-yil 1-martdan boshlab quyidagi shaxslarning xorijiy davlatlarda berilgan diplomlari toʻgʻridan-toʻgʻri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadi va nostrifikatsiya qilinadi:

➖ Oʻzbekiston hududida alohida boʻlinmalari (filiallari) va qoʻshma taʼlim muassasalari faoliyat yuritayotgan xorijiy taʼlim muassasalarida taʼlim olgan Oʻzbekiston fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning;

➖ QS, THE, ARWU reytingida TOP-1000 talikka kirgan xorijiy OTMlarda taʼlim olganlarning (ilgari TOP-500 edi);

➖ tasarrufida OTMlari boʻlgan Oʻzbekiston vazirlik va idoralarining yoʻllanmalari asosida mutaxassislarni maqsadli tayyorlash uchun xorijiy davlatlar tomonidan ajratilgan kvotalar (grantlar) hisobidan taʼlim olgan fuqarolarning;

➖ 1992-yil 1-yanvargacha xorijiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirgan fuqarolarning;

➖ Oliy taʼlimda sifatni kafolatlash Yevropa assotsiatsiyasining (European Association for Quality Assurance in Higher Education) toʻlaqonli aʼzolari — vakolatli tashkilotlar tomonidan akkreditatsiya qilingan taʼlim muassasalarida taʼlim olgan fuqarolarning, ayrim istisnolar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;

➖ AQSH, Avstraliya, Isroil, Kanada, Singapur, Janubiy Koreya, Yaponiya davlatlarining ushbu davlatlar vakolatli tashkilotlari tomonidan akkreditatsiya qilingan taʼlim muassasalarida taʼlim olgan fuqarolarning, ayrim istisnolar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;

➖ Xorijiy OTMlarda mutaxassislarni maqsadli tayyorlash uchun Oʻzbekistonning vazirlik va idoralari tomonidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan taʼlim olgan fuqarolarning;

➖ Oʻzbekistonning xalqaro shartnomalari, Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.

☝️Diplomni nostrifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi arizalar faqatgina Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.

MAXSUS IMTIHON BILAN NOSTRIKATSIYA

Agar siz oʻqigan OTM ushbu roʻyxatda boʻlmasa, demak, Sizning diplomingiz maxsus imtihondan keyingina Oʻzbekistonda tan olinadi.

Qanday hujjatlar zarur?

➖ diplom va ilovaning asli (ariza qabul qilingandan soʻng egasiga qaytariladi);

➖ diplom va ilovani aslini davlat (oʻzbek) tiliga tarjima qilib notariusdan tasdiqlangani (2 nusxada);

➖ pasport va pasport nusxasi;

➖ davlat boji toʻlanganligi haqidagi kvitansiya (bazaviy hisoblash miqdorining 3 barobari – 735 ming so‘m).

Hujjatlarni topshirish onlayn tizimida amalga oshiriladi.

☝️Taʼlim shakli ham mos boʻlishi kerak

Diplomingiz nostrifikatsiya qilinishi uchun albatta Siz oʻqigan xorijiy OTMdagi taʼlim shakli Oʻzbekistonda ham mavjud boʻlishi lozim.

Mavzuga doir:
Nostrifikatsiya haqida 10 ta muhim ma’lumot

Xorij diplomlari O‘zbekistonda tan olinmaydigan holatlar

Xorijda masofaviy tarzda o‘qilsa diploma O‘zbekistonda tan olinadimi?


Слово «нострификация» образовано от латинских слов «noster» — «наш» и «facere» — «делать».На практике этот термин означает признание дипломов, выданных за границей, на государственном уровне, оформление эквивалентности.

📄 КАК ПОЛУЧАЕТСЯ НОСТРИФИКАЦИЯ?

Одна вещь, которую вы должны знать, это то, что любой диплом, полученный за границей, должен быть нострифицирован, чтобы быть признанным в Узбекистане. За исключением дипломов вузов, созданных на основе межправительственных соглашений (Westminster, MDIS, Turin, Inxa и др.).

Существует 2 способа нострификации иностранных дипломов:
👉 один на основе экзамена,
👉 второй без экзамена.

НОСТРИФИКАЦИЯ БЕЗ ЭКСПЕРТИЗЫ

👉с 1 марта 2019 года напрямую (без специальных испытаний) будут признаваться и нострифицироваться дипломы следующих лиц, выданные в зарубежных странах:

➖ Граждане Узбекистана, иностранные граждане и лица без гражданства, обучавшиеся в иностранных образовательных учреждениях с обособленными подразделениями (филиалами) и совместных образовательных учреждениях, действующих на территории Узбекистана;

➖ обучавшиеся в зарубежных вузах, входящих в ТОП-1000 по рейтингу QS, THE, ARWU (ранее ТОП-500);

Граждане, получившие образование за счет квот (грантов), выделенных зарубежными странами на целевую подготовку специалистов по направлениям министерств и ведомств Республики Узбекистан, имеющих в своем распоряжении вузы;

Граждане, обучавшиеся в иностранных учебных заведениях до 1 января 1992 года;

➖ Действительные члены Европейской ассоциации обеспечения качества высшего образования – граждане, получившие образование в учебных заведениях, аккредитованных уполномоченными организациями, некоторые исключения утверждаются Кабинетом Министров;

➖ Граждане США, Австралии, Израиля, Канады, Сингапура, Южной Кореи, Японии, обучавшиеся в учебных заведениях, аккредитованных уполномоченными организациями этих стран, некоторые исключения утверждаются Кабинетом Министров;

Граждане, получившие образование за счет средств, выделенных министерствами и ведомствами Узбекистана на целевую подготовку специалистов в зарубежных вузах;

➖ В иных случаях, предусмотренных международными договорами Республики Узбекистан, решениями Президента и Кабинета Министров.

☝️Заявки на подтверждение диплома принимаются только через Центры государственных услуг или Единый портал интерактивных государственных услуг.

НОСТРИКАЦИЯ СО СПЕЦИАЛЬНОЙ ЭКСПЕРТИЗОЙ

Если вуза, в котором вы учились, нет в этом списке, то ваш диплом будет признан в Узбекистане только после специального экзамена.

Какие документы требуются?

➖ диплом и оригинал заявления (возвращается владельцу после принятия заявления);

➖ заверенная нотариусом после перевода оригинала диплома и заявления на государственный (узбекский) язык (в 2-х экземплярах);

Паспорт и копия паспорта;➖ Квитанция об оплате госпошлины (3-кратная сумма базового расчета — 735 тыс.сум).

Подача документов осуществляется онлайн.

☝️Форма обучения тоже должна подходить

Для того, чтобы ваш диплом был нострифицирован, в Узбекистане должна быть доступна та форма обучения, которую вы изучали в иностранном вузе.

Предмет:
10 важных фактов о нострификации

Случаи, когда иностранные дипломы не признаются в Узбекистане

Признается ли диплом в Узбекистане, если его обучают за границей дистанционно?

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: