Namanganda autsorsing shaklida oʻquv kurslari tashkil etiladi

Namanganda autsorsing shaklida oʻquv kurslari tashkil etiladi

Joriy yilning 28-yanvar kuni Prezidentimiz raisligida boʻlib oʻtgan maktab taʼlimini rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov oʻquvchi-yoshlarga xorijiy tillarni chuqur va mukammal oʻrgatish barobarida ularni oliy taʼlimga tayyorlash borasida yangi taklif bilan chiqqan edi.

Unga koʻra Namangan viloyatida reyting darajasi past boʻlgan maktablarda nodavlat taʼlim tashkilotlari tajribalarini qoʻllagan holda autsorsing shaklida taʼlim tizimi yoʻlga qoʻyiladigan boʻldi.
Shunday qilib, viloyat shahar va tumanlaridagi 29 ta maktabda joriy qilinadigan autsorsing taʼlim tizimiga ehtiyojmand oilalarning farzandlari boʻlgan 580 nafar 10-sinf oʻquvchisi qamrab olinadi. Ularga tajribali, yetarli malaka va mahoratga ega pedagoglar tomonidan xorijiy tillar oʻrgatiladi. Oʻquv kurslari mashgʻulotlari, saboqlar va dars jarayonlarini mukammal tashkil etish maqsadida nodavlat taʼlim tashkilotlari autsorsing tizimi uchun tender usulida tanlanadi. Talablarga koʻra oʻquv kurslari mashgʻulotlarini olib boruvchi pedagoglar yuqori malakali, xalqaro miqyosda tan olingan, eng kamida 6 ball darajada IELTS yoki unga tenglashtirilgan sertifikatga ega boʻlishi, mashgʻulotlar haftada uch kun ikki soatdan tashkil etilishi koʻzda tutilgan. Jarayon bir yil davom etib, kurslarga jalb etilgan oʻquvchilarning yakunda kamida 5,5 ball darajadagi IELTS sertifikatiga ega boʻlishi kabi mezonlar belgilangan.
Maʼlumot uchun, loyiha qiymati 1 milliard 824 million soʻmdan iborat boʻlgan autsorsing taʼlim jarayonlari mutlaqo bepul tashkil qilinib, nodavlat taʼlim muassasalarining bu boradagi faoliyati xarajatlari Namangan viloyat hokimligi tashabbusi bilan mahalliy byudjetdan orttirilgan mablagʻlar hisobiga qoplab beriladi.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.

Manba: XS.uz


В ходе видеоконференции под председательством Президента Ислама Каримова 28 января аким Наманганской области Шавкат Абдураззаков выступил с новым предложением по подготовке студентов к получению высшего образования, а также обучению их иностранным языкам.

По его словам, в Наманганской области будет создана система аутсорсингового обучения в школах с низкими рейтингами с использованием опыта неправительственных организаций.
Так, 580 десятиклассников из семей, нуждающихся во внешнем обучении, будут внедрены в 29 школ городов и районов области. Их преподают иностранные языки опытные, квалифицированные и умелые преподаватели. Для идеальной организации учебных курсов, уроков и учебного процесса через конкурс для системы аутсорсинга отбираются негосударственные образовательные организации. Согласно требованиям, преподаватели должны быть высококвалифицированными, международно-признанными, иметь не менее 6-балльного сертификата IELTS или эквивалентного и проходить обучение три дня в неделю по два часа. Процесс длился год, и студенты, зачисленные на курсы, должны были получить сертификат IELTS не ниже 5.5.
Для сведения, на безвозмездной основе будут организованы аутсорсинговые образовательные процессы на сумму 1 млрд 824 млн сумов, а расходы негосударственных образовательных учреждений в этой сфере будут покрыты за счет местного бюджета по инициативе администрации Наманганской области.
Кудратилла НАДЖМИДДИНОВ, «Народное слово».

Источник: XS.uz.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: