Muallim. O‘qituvchilar qadri haqida she’r

Muallim. O‘qituvchilar qadri haqida she’r

O‘qituvchilar qadri haqida yozilgan juda ta’sirli she’r.

ilimlari uning tanho boyligi,
Asablari rasvo bo‘lgan muallim,
Oydan oyga yetmas uning oyligi,
,,Mukofot» dan mosuvo bo‘lgan muallim.

,,Ulug‘» siz deb atrofida kezdilar,
Ulug‘ligin sezmadi yo sezdilar,
,,E’zoz» dasiz deb ustidan ezdilar,
Qadri yolg‘on ,,Tillo» bo‘lgan muallim.

O‘quvchisi o‘rin olsa suyishdi,
Haq so‘rasa qovoqlarin uyushdi,
,,Siz topilmas matohmassiz» deyishdi,
Ko‘ngil uyi vayron bo‘lgan muallim.

,,Oyligini olyapsizmi» minnatmas,
Tajribangiz asli qadr qimmatmas,
,,Qirq yil staj» hech narsani anglatmas,
,,Ped staji» arzon bo‘lgan muallim.

Kimlar bildi qadrin, kimlar kuldilar,
Kimlar malham bo‘ldi, kimlar tildilar,
,,Dars talashsa» uni aybdor qildilar,
Ko‘z yoshlari marjon bo‘lgan muallim.

O‘tar dunyo, unda hamma o‘tgaydir,
Kuygan dillar yaxshiliklar kutgaydir,
Xurshid Karim uning dardin bitgaydir,
Dardi she’rda doston bo‘lgan muallim.
Qadri ,,Tilda osmon» bo‘lgan muallim.

✍Xurshid Karim

Mavzuga doir:
Ustoz haqida she’rlar

Ayolingiz o‘qituvchi bo‘lsa (hazil she’r)

Farzandlar yonini olmang! O‘qituvchi she’ri

Telegramda o‘qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo‘riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: