Mobil qurilmalarni ro‘yhatdan o‘tkazish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar

Mobil qurilmalarni ro‘yhatdan o‘tkazish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar

Telefonlarning IMEI raqamini ro‘yhatdan o‘tkazish bo‘yicha yangiliklarga oydinlik kiritamiz.

2019 yilning 1 apreldan yurtimizda mobil qurilmalar IMEI kodlarini avtomatik ravishda ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari boshlangan. Bu 3 bosqichda amalga oshiriladi:

1 apreldan 1 noyabrgacha — avtomatik (bepul)

1 noyabrdan 1 dekabrgacha — ariza orqali (bepul)

1 dekabrdan boshlab — ariza orqali (pullik)

Qanday tekshirish mumkin?

Bugungi kunda ishlatib yurgan mobil telefoningiz yoki sim-kartali planshetingizning IMEI kodlari aloqa operatorlari tomonidan UZIMEI bazasiga avtomatik o‘tkazilgan.

Har ehtimolga qarshi IMEI kodi ro‘yxatdan o‘tgan yoki o‘tmaganini uzimei.uz saytidan tekshirishingiz mumkin. Telefon (planshet) IMEI kodini aniqlash uchun *#06# kodini tering.

Yangi telefonlarni nima qilish kerak?

Agar telefoningiz yangi bo‘lsa va uni hali biror marta ishlatmagan bo‘lsangiz, 1 noyabrgacha unga bir marta sim karta solib, ishlating, shunda u avtomatik tarzda ro‘yxatga olinadi. Buning uchun xizmat haqi olinmaydi yoki qo‘shimcha biror saytga kirib, ovora bo‘lish shart emas.

Agar telefoningiz 2 ta sim-kartali bo‘lsa va undan faqat bitta sim-karta joylashtirib foydalasangiz, unda 1 noyabrgacha ikkinchi tomoniga ham sim-karta qo‘yib, uni ham bir marta ishlatib qo‘ying. Shunda muammo bo‘lmaydi.

1 noyabrdan nima bo‘ladi?

1 noyabrdan IMEI kodini ro‘yxatdan o‘tkazish avtomatik bo‘lmaydi, buning uchun SMS/USSD so‘rovlar, UZIMEI tizimi operatori, pochta bo‘limlari va boshqa usullar orqali amalga oshiriladi. 1 dekabrgacha bu bepul bo‘ladi.

1 dekabrdan nima bo‘ladi?

1 dekabrdan IMEI kodini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun haq olinadi. Bunda narxlar ro‘yxatdan o‘tkazish muddatiga qarab 2 xil bo‘ladi. Masalan, jismoniy shaxslar uchun:

yangi telefonni ishlatgandan boshlab 30 kun ichida ro‘yxatdan o‘tkazsa — 44 ming 600 so‘m (20%);

yangi telefonni ishlatgandan boshlab 30 kundan keyin ro‘yxatdan o‘tkazsa — 55 ming 750 so‘m (25%).

Bunda yana bir muhim jihati, yangi telefonning IMEI kodi 30 kun ichida ro‘yxatga olinmasa, telefon ishlamay qoladi. Ro‘yxatdan o‘tkazgandan keyingina ishlashni boshlaydi. Shuning uchun, telefon sotib olayotganda uning IMEI kodi ro‘yxatdan o‘tganini albatta tekshiring.

Xitoy telefonlarga nima bo‘ladi?

1 noyabrdan boshlab ishlab chiqaruvchisi noma’lum va IMEI kodi haqiqiy bo‘lmagan qalbaki Xitoy telefonlari ishlamay qoladi. Ularni 1 noyabrga qadar bir marta ishlatib, avtomatik ro‘yxatdan o‘tkazsa bo‘ladi, keyin buning imkoni bo‘lmaydi.


Уточним новость по регистрации номеров IMEI телефонов.

С 1 апреля 2019 года в нашей стране начался процесс автоматической регистрации IMEI-кодов мобильных устройств. Это делается в 3 шага:

С 1 апреля по 1 ноября — автоматически (бесплатно)

С 1 ноября по 1 декабря — по заявкам (бесплатно)

С 1 декабря — по заявкам (платно)

Как проверить?

Коды IMEI мобильного телефона или планшета с SIM-картой, которыми вы пользуетесь сегодня, автоматически переносятся операторами в базу данных UZIMEI.

В любом случае, вы можете проверить, зарегистрирован ли код IMEI на сайте uzimei.uz. Для определения IMEI кода телефона (планшета) наберите *#06#.

Что делать с новыми телефонами?

Если ваш телефон новый и вы никогда им раньше не пользовались, воспользуйтесь SIM-картой один раз до 1 ноября, и она будет зарегистрирована автоматически. Плата за эту услугу не взимается, и вам не нужно беспокоиться о посещении дополнительных сайтов.

Если в вашем телефоне 2 SIM-карты и вы используете его только с одной SIM-картой, то до 1 ноября положите SIM-карту другой стороной и используйте ее один раз. Это не должно быть проблемой.

Что будет 1 ноября?

С 1 ноября регистрация IMEI кода не будет автоматической, она будет производиться через SMS/USSD запросы, оператора системы UZIMEI, почтовые отделения и другими способами. Она будет бесплатной до 1 декабря.

Что будет 1 декабря?

С 1 декабря будет взиматься плата за регистрацию IMEI-кода. Существует 2 вида цен в зависимости от периода регистрации. Например, для физических лиц:

если он зарегистрирует новый телефон в течение 30 дней с момента использования — 44 600 сум (20%);

при регистрации через 30 дней после использования нового телефона — 55 750 сум (25%).

Еще одним важным моментом является то, что если IMEI-код нового телефона не будет зарегистрирован в течение 30 дней, телефон не будет работать. Он начнет работать только после регистрации. Поэтому при покупке телефона обязательно проверяйте его IMEI-код.

А китайские телефоны?

С 1 ноября не будут работать поддельные китайские телефоны с неизвестным производителем и кодом IMEI. Их можно использовать один раз до 1 ноября и зарегистрировать автоматически, после чего это будет невозможно.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 12
  1. Baxtiyor

    Qurulmani IMEI dan otkazish

  2. usmanov husanboy

    kandey registratsa ksam boladi men shettaman

  3. usmanov husanboy

    men sizga yuborsam imei kodini size rigistratsi kib koyolasizmi

    1. Baxtiyor Roziq (автор)

      Yordam berishga harakat qilaman faqat kechroq

  4. Akromov

    karobka ham kerak boldmi

    1. Baxtiyor Roziq (автор)

      Imeini ro‘yhatdan o‘tkazish uchun karopka bo‘lishi shart emas. Telefonda *#06# terganingizda 15 raqamdan iborat imei chiqadi. Shu raqamni yozib olib uzimei.uz saytida ro‘yhatdan o‘tkazasiz. Saytga o‘tganingizda o‘qib chiqsangiz tushunib olasiz.

  5. Shoxrux

    Oka agar lmedan royhatdan otmasa avtamatik ravishta bolcklab qo‘yishadimi

    1. Baxtiyor Roziq (автор)

      30 kungacha reg qilinmasa bloklanadi

  6. Ahmedov Rahmatjon

    Telifonni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talab qilingan pul (44600 so‘m) sim kartada bo‘lishi kerakmi yoki klikka ulangan plastik kartasimi? Javob uchun oldindan rahmat

    1. Baxtiyor Roziq (автор)

      Avval telefonni ro‘yhatdan o‘tkazish uchun ariza berish kerak, keyin shu arizaga javoban sizga sms xabari keladi. Shu kelgan raqamlarga click, payme ilovasi yoki paynet orqali to‘lov qilish mumkin bo‘ladi. Simkartadagi pul orqali emas. Barcha ma’lumotlarni batafsilroq 1170 qisqa raqamlarga qo‘ng‘iroq qilgan holda bilishingiz mumkin.

      1. Ahmedov Rahmatjon

        Javobingiz uchun katta rahmat

  7. Anvarjon

    Ro‘yxatdan o‘tkazishda chetga chiqib kelgan
    Pasport bo‘lishi kerakmi agar bo‘lmasa nima
    Qilish kerak

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: