❓Men “Mexanika va matematik modellashtirish, tadqiqotchi, pedagog” yo‘nalishida magistr diplomiga egaman. Mazkur diplom asosida umumta’lim maktabida informatika fanidan dars o‘ta olamanmi?
Ushbu savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Yuridik bo‘limi xodimlari javob berishdi.
✅ Vazirlikning 07.12.2019-yildagi 393-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Xalq ta’limi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari»ga asosan maktab o‘qituvchisi uchun quyidagi malaka talablari belgilangan:
✔️ Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi uchun — boshlang‘ich ta’lim ixtisosligi bo‘yicha kamida o‘rta maxsus pedagogik ma’lumot yoki kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot va boshlang‘ich ta’lim ixtisosligi bo‘yicha dars berish huquqi bilan kasbiy qayta tayyorlov kursini tugatganlik;
✔️ Fan o‘qituvchisi uchun — fan yo‘nalishiga to‘g‘ri keluvchi kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot yoki kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot va fan yo‘nalishiga to‘g‘ri keluvchi dars berish huquqi bilan kasbiy qayta tayyorlov kursini tugatganligi yoxud fan yo‘nalishiga (xususiyatiga) to‘g‘ri keluvchi kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot va pedagogik faoliyat yuritish huquqi bilan qayta tayyorlov kursini tugatganlik.
❗️Yuqoridagi holatda diplomingizda qayd etilgan “Mexanika va matematik modellashtirish, tadqiqotchi, pedagog” mutaxassisligi tayanch o‘quv rejaga asosan umumta’lim fanlari toifasiga kirmasligi sababli amaldagi mutaxassisligingiz maktablarda tegishli fanlardan dars berish huquqini bermaydi. Maktabda pedagogik faoliyat olib borish uchun o‘rnatilgan tartibda qayta tayyorlov kursini tugatib, tegishli yo‘nalish bo‘yicha diplom olishingiz lozim bo‘ladi.
Mavzuga doir:
An’anaviy dars berish usullari va bosqichlari haqida