Maktablarda atlas va xaritalar yetishmovchiligi qachon hal qilinadi?

Maktablarda atlas va xaritalar yetishmovchiligi qachon hal qilinadi?

Atlas va xaritalar geografiya fanining yuragi hisoblanadi. Bundan tashqari, maktablardagi tarix darslarida ham tarixiy xaritalarga ehtiyoj katta. Bugungi kunda maktablarda katta masshtabli xaritalar nihoyatda tanqis.

Respublikaning ba’zi maktablarida geografiya va tarix darslarida bor-yo‘g‘i bitta xaritadan foydalaniladi. Ba’zan geografiya darsida foydalanilayotgan xarita darsni bo‘lib, tarix fani uchun olib ketib qolinishi yoki buning aksi bo‘ladigan holatlar ham uchrab turadi.
Katta masshtabdagi xaritalarning tanqisligi masalasini o‘rganib, o‘zi bunday turdagi xaritaning dars davomida o‘quvchi uchun ahamiyati qandayligi haqida «Maktabda geografiya» jurnali bosh muharriri Oybek Abdimurotovga murojaat qildik.
«Geografiya darslarida katta masshtabli xaritalar juda muhim ahamiyat kasb etadi. Kichik masshtabli xaritalarda geografik obektlar kam bo‘lib, ularning maydoni, shakli va o‘lchamlarida xatoliklar ko‘p bo‘ladi. Katta masshtabli xaritalarda esa geografik obektlar ko‘proq bo‘lib, ularning maydoni, shakli va o‘lchamlari kam xatolik bilan tasvirlanadi.
Shuningdek, bunday xaritalarda mayda masshtabli xaritalarga qaraganda nisbatan kichik hududlarni ham tasvirlash imkoniyati yuqori. Bu esa o‘quvchilarda o‘zi yashaydigan viloyat, tuman, shahar va hatto mahalla yoki qishlog‘ining geografik o‘rni va boshqa xususiyatlari haqida aniq tasavvur hosil qilish imkonini beradi», – dedi Oybek Abdimurotov.
Bosh muharrirga ko‘ra, geografiya faniga doir bilimlarni yaxshi o‘zlashtirishda o‘quv atlaslari va yozuvsiz xaritalar bilan ishlashning amaliy ahamiyati katta. Chunki o‘quv atlaslarida darslikdagi har bir mavzuga taalluqli xaritalar tizimli ravishda jamlangan. O‘quvchilar ushbu xaritalar bilan ishlash orqali tabiat va jamiyatda sodir bo‘layotgan voqea va hodisalarni geografik makon bilan bog‘liqligini tushunib, darslik matnidan olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Atlaslar va yozuvsiz xarita bilan ishlaganda o‘quvchilar nafaqat o‘qib, balki voqea va hodisalarni o‘zgarish xolatini ko‘z bilan ko‘rib, qo‘l bilan bajarganlarida ko‘proq anglab yetadilar.
Maktablar xarita va atlaslar bilan qay darajada ta’minlangan?
Maktab o‘quvchilarining xarita va atlaslar bilan ta’minlanganlik darajasini bilish maqsadida respublikaning turli viloyatlaridagi o‘qituvchilar bilan bog‘lanib ko‘rdik. Ularning aksariyati xarita va atlaslarning kamligini ma’lum qilishdi. O‘qituvchilarga ko‘ra, bitta sinfda sanoqli o‘quvchilargina atlas va yozuvsiz xaritalardan foydalanishadi.
Ustozlarning ta’kidlashicha, bunga sabab – atlas va yozuvsiz xaritalar narxining balandligidir. Ularning ko‘pchiligi katta masshtabli tabiiy, siyosiy va iqtisodiy xaritalarning juda kamligi yoki umuman yo‘qligini ham ta’kidlashdi.
Ma’lum bo‘lishicha, atlas va yozuvsiz xaritalarning o‘quv qurollari do‘konlaridagi o‘rtacha narxi 15-20 ming so‘mni tashkil qiladi.
Chekkaroq hududdagi ustozlar yarimsharlar xaritasi, Markaziy Osiyo, O‘zbekiston va viloyatlarning siyosiy-ma’muriy hamda tabiiy xaritalariga ehtiyoj kattaligi, ammo ularni topish qiyinligini ta’kidlashdi.
Kadastr agentligi va «Kartografiya» korxonasi munosabati
Xaritalar asosi, ularning ilmiy holatini ishlab chiqish Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
«Yozuvsiz xarita va atlaslar asosini ishlab chiqish davlat mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. Xalq ta’limi vazirligi butun respublika bo‘yicha maktablar uchun qaysi turdagi, masalan, tabiiy, siyosiy, fizik yoki boshqa turdagi xaritalarning talabnomasini yig‘ib, shakllantirib bersa, biz ko‘rib chiqib, grafik asosida tashkil qilamiz. Bu ishni ular bilan birgalikda kelishgan holda amalga oshirishimiz mumkin», – dedi Kadastr agentligining Yerni masofadan turib zontlash, geodeziya va kartografiya boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Ixtiyor Ergashev.
Respublikada 10 mingdan ziyod maktab mavjud. Atlaslar esa 10 ming nusxada chop etilmoqda. Bitta maktabda yuqori sinflar har biri o‘rtacha 2tani tashkil qilsa, bu 50-60 o‘quvchiga bitta atlas to‘g‘ri kelishini anglatadi. Adadning kamligi sabablarini «Kartografiya» ilmiy-ishlab chiqarish davlat korxonasi rahbari Orif Ibragimov izohlab berdi.
«Atlas va yozuvsiz xaritalarga talab juda kam. Bizga asosan tadbirkorlik sub’yektlari o‘zlarining sotishi uchun xarita va mavzuli xaritalar uchun buyurtma berishadi. Biz bir necha bor Xalq ta’limi vazirligiga murojaat qildik. Atlas va yozuvsiz xaritalarni hech bo‘lmaganda maktab darsliklari bilan birga ijara tarkibiga qo‘shishni taklif qildik. Chunki geografiya darsliklari yangilanganda, atlaslar ham qayta yangilanadi. Darslikdagi o‘zgarish va qo‘shimchalar atlaslarga ham kiritiladi. Hozirda biz o‘zimiz imkonimiz yetgunicha maktablar sonini aniqlab, tadbirkorlarni jalb qilgan holda atlas va yozuvsiz xaritalarni nashr etib turibmiz», – dedi Orif Ibragimov.
Atlaslarni ijara darsliklari qatorida tarqatish masala yechimi bo‘lishi mumkin
Bir nechta o‘qituvchilar ham atlaslarni maktab darsliklari bilan birga ijaraga berish taklifini ma’qullashdi.
«O‘quv atlaslari va yozuvsiz xaritalar sotuvda yetarli. Ammo ota-onalar farzandlariga olib berishi uchun qimmatlik qiladi. Agar imkoni bo‘lsa, atlaslar sifatini yaxshilab, maktablarga darslik bilan ijaraga berilsa, o‘quvchilar sotuvdan faqat yozuvsiz xaritani olishsa degan fikrdaman. Shunda o‘quvchilar darsda to‘liq atlasdan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi», – dedi biz bilan suhbatlashgan o‘qituvchilardan biri.
O‘qituvchilar va «Kartografiya» ilmiy-ishlab chiqarish davlat korxonasi rahbari taklifi yuzasidan Xalq ta’limi bilan bog‘lanib, izoh oldik. Xalq ta’limi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamovaning ta’kidlashicha, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Xalq ta’limi vazirligi tomonidan maktablar faqat darslik va o‘quv metodik qo‘llanmalari bilan ta’minlanadi. Yozuvsiz xarita va atlaslar bilan ta’minlash vazirlik tomonidan amalga oshirilmaydi.
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 fevraldagi qarorida Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasining asosiy vazifalari belgilab berilgan. Bu vazifalar qatorida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari o‘quvchilarini ijara asosida ta’minlash uchun umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining kutubxona jamg‘armalariga umumta’lim fanlaridan darsliklar va chet tillari bo‘yicha mashq daftarlarini xarid qilish va yetkazib berishni moliyalashtirish belgilangan.
Shu o‘rinda, maktab darsliklari bilan birga atlas, yozuvsiz xarita va turli hajm va xildagi xaritalarning yetkazilishini moliyalashtirish masalasi ham qo‘shilsa, respublikadagi o‘quvchilarning geografiya va tarix fanlarini chuqurroq o‘rganishlariga, o‘qituvchilarga qiyinchilik tug‘dirayotgan masalaga yordam berishi mumkin.
Xulosa
Respublikaning aksar maktablarida yozuvsiz xarita, atlas hamda turli xil va hajmdagi xaritalarga ehtiyoj ancha yuqori. O‘qituvchilar dars jarayonida xarita va atlaslar yetishmovchiligi sabab o‘quvchilar bilan samarali ishlashda qiyinchilikka uchrashmoqda. Ota-onalarda atlas va yozuvsiz xaritalarni sotib olish uchun yo e’tibor, yo mablag‘ yetishmaydi.
Xalq ta’limi vazirligi respublikadagi maktab o‘quvchilari sonidan kelib chiqib, atlaslar, xaritalar va yozuvsiz xaritalar uchun ehtiyojni aniqlab, muammo yechimiga jiddiyroq yondashishi – o‘quvchilarning geografiya va tarix fanlarini chuqurroq o‘rganishlariga xizmat qilishi shubhasiz.

Manba: Kun.uz


Атласы и карты составляют основу географической науки. Также существует большая потребность в исторических картах на уроках истории в школах. Крупномасштабных карт сегодня в школах крайне мало.
В некоторых школах республики на уроках географии и истории используется только одна карта. Иногда карта, используемая на уроке географии, является уроком и может быть забрана для истории, или наоборот.
Изучив дефицит крупномасштабных карт, мы спросили главного редактора журнала «Школьная география» Ойбека Абдимуротова о важности этого вида карт для школьника на уроке: «Больше всего важны карты крупного масштаба. на уроках географии. Мелкомасштабные карты имеют меньше географических объектов и больше ошибок в площади, форме и размере. Крупномасштабные карты содержат больше географических объектов, а их площадь, форма и размер менее точны, а также на таких картах чаще изображаются относительно небольшие территории, чем на картах мелкого масштаба. Это даст учащимся четкое представление о географическом положении и других особенностях области, района, города и даже микрорайона или села, где они проживают, — сказал Ойбек Абдимуротов.Практическая значимость работы с учебными атласами и неписаными картами заключается отлично усваивает знания Это связано с тем, что учебные атласы систематически составляют карты по каждой теме учебника. Работая с этими картами, учащиеся смогут закрепить свои теоретические знания по учебнику, поняв, что события и явления в природе и обществе связаны с географическим пространством. изменения положения вещей, когда они делают это глазами и руками.Насколько школы оснащены картами и атласами?Мы связались с учителями из разных регионов страны, чтобы узнать уровень удовлетворенности. Большинство из них сообщили об отсутствии карт и атласов. По словам учителей, только небольшое количество учеников в классе пользуются атласами и неписаными картами.Учителя говорят, что это связано с высокой стоимостью атласа и неписаных карт. Многие из них также указывали на то, что крупномасштабных природных, политических и экономических карт мало или они отсутствуют Учителя отдаленных районов отмечали потребность в политических, административных и природных картах полушарий, политических, административных и природных картах Центрального Азия, Узбекистан и регионы, но найти их сложно.Разработкой научного статуса занимается Кадастровое агентство при ГНК. Если Министерство народного просвещения соберет и сформирует заявку на какой-либо тип карты, например, природную, политическую, физическую или другую, для школ по всей стране, мы ее рассмотрим и организуем в плановом порядке. Мы можем сделать это вместе с ними, — сказал Ихтиёр Эргашев, исполняющий обязанности начальника отдела дистанционного зондирования Земли, геодезии и картографии Агентства кадастра.В стране более 10 тысяч школ. Атласы изданы тиражом 10 000 экземпляров. Если старших классов в одной школе в среднем по 2, то это значит, что один сатин соответствует 50-60 ученикам. Причины недостачи разъяснил начальник Государственного научно-производственного предприятия «Картография» Ариф Ибрагимов. В основном предприятия заказывают карты и тематические карты для своих продаж. Мы несколько раз обращались в Министерство народного образования. Мы предложили добавить в структуру проката атласы и неписаные карты хотя бы вместе со школьными учебниками. Потому что когда обновляются учебники географии, обновляются и атласы. Изменения и дополнения к учебнику также включены в атласы. В настоящее время мы издаем атласы и неписаные карты, максимально определяя количество школ и привлекая предпринимателей, — сказал Ариф Ибрагимов, одобрив предложение по аренде. — Образовательные атласы и неписаные карты имеются в продаже. Но это ценно для родителей, чтобы принести своим детям. По возможности, я думаю, следует улучшить качество атласов и сдавать учебники школам в аренду, чтобы учащиеся могли получить от продажи только неписаную карту. Тогда учащиеся смогут использовать полный атлас на уроках», — сказал один из выступавших с нами учителей, мы получили комментарий. По словам начальника Информационной службы народного образования Лайло Рустамовой, решением Кабинета Министров Министерство народного образования будет обеспечивать школы только учебниками и учебными пособиями. Обеспечение неписаными картами и атласами Министерством не предусмотрено Постановлением Кабинета Министров от 22 февраля 2019 года определены основные задачи Республиканского целевого книжного фонда при Министерстве народного образования. В число этих задач входит обеспечение учебниками по общеобразовательным предметам и тетрадями на иностранных языках в библиотечные фонды учреждений общего среднего образования для обеспечения учащихся учреждений общего среднего и среднего специального образования на условиях аренды.Помимо школьных учебников, вопрос финансирования поставки атласов, неписаных карт и карт различных размеров и типов будет использован для углубления изучения географии и истории в стране.Вывод Большинство школ страны имеют высокий спрос на неписаные карты, атласы, и карты различных размеров и форм. Учителям трудно эффективно работать со студентами из-за отсутствия карт и атласов в классе. У родителей не хватает ни внимания, ни денег на покупку атласов и неписаных карт, что, несомненно, послужит учащимся углубленному изучению географии и истории.
Источник: Кун.uz
Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: