Maktablarda arab tili xorijiy til sifatida o‘qitilishi mumkin

Maktablarda arab tili xorijiy til sifatida o‘qitilishi mumkin

O‘zbekiston maktablarida arab tili xorijiy til sifatida o‘qitilishi mumkin. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etayotgan Londondagi forumda, Liviya mamlakati oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot vaziri Doktor Omran Muhammad al Giyib bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda gap borgan.

Vazirlik bergan xabarga ko‘ra, taklif Liviya tomonidan berilgan bo‘lib, ular O‘zbekiston umumiy o‘rta ta’lim tizimida arab tilini xorijiy til sifatida o‘qitish yo‘nalishida hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, ushbu hamkorlik doirasida Liviya tomonidan arab tilida dars beruvchi o‘qituvchilar uchun Liviya oliy ta’lim muassasalarida magistr va ilmiy tadqiqot (PhD) ta’limi uchun ta’lim grantlari ajratilishi taklifi ham o‘rtaga tashlangan.

O‘zbekiston tomoni mazkur xabarni tarqatish bilan birga vazir Umarovaning bu takliflarga munosabatini ochiqlamagan.

O‘zbekiston delegatsiyasi, shuningdek, hindistonlik hamkasblari bilan ingliz tili va informatika yo‘nalishlaridagi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini O‘zbekistondagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga «ustoz-shogird» modeli asosida amaliyotga va ta’lim jarayoniga jalb etish masalasi muhokama qilgan.

Assam shtati federal ta’lim vaziri Doktor Ranoj ushbu masalada Britaniya Kengashining Hindiston vakolatxonasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston tomoniga amaliy yordam berishga roziligini bildirdi.

Mavzuga doir:
Oʻzbekistonda maktab oʻquvchilari eng koʻp oʻrganayotgan xorijiy tillarning TOP 8 taligi eʼlon qilindi

Xorijiy til o‘qituvchilari hamda o‘rganuvchilar uchun yangilik!

Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha Prezident sovrini ta’sis etiladi


Арабский язык может преподаваться как иностранный в узбекских школах. Об этом говорилось на форуме в Лондоне с участием министра дошкольного и школьного образования Хилолы Умаровой, на встрече с министром высшего образования и научных исследований Ливии доктором Омраном Мухаммадом аль-Гийибом.

По данным министерства, предложение поступило от Ливии, и они планируют сотрудничать в направлении преподавания арабского языка как иностранного в системе общего среднего образования Узбекистана.

Также в рамках данного сотрудничества было выдвинуто предложение о выделении образовательных грантов на получение магистерского и научно-исследовательского (PhD) образования в высших учебных заведениях Ливии для преподавателей, преподающих на арабском языке.

Узбекская сторона не раскрыла реакцию министра Умаровой на эти предложения при распространении этой новости.

Делегация Узбекистана, а также вопрос о привлечении выпускников высших учебных заведений по направлениям английский язык и информатика с их индийскими коллегами в общеобразовательные учебные заведения Узбекистана на основе модели «учитель-ученик», в практике и в учебном процессе.

Федеральный министр образования Ассама доктор Ранодж выразил согласие на оказание практической помощи Узбекистану в этом вопросе в сотрудничестве с индийским представительством Британского Совета.

Предмет:
Объявлен ТОП-8 иностранных языков, изучаемых школьниками в Узбекистане

Новость для учителей и изучающих иностранный язык!

Будет учреждена премия Президента за обучение иностранным языкам

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: