Maktab yakuniy davlat attestatsiyasi asosiy savollarga javoblar

Maktab yakuniy davlat attestatsiyasi asosiy savollarga javoblar

Attestatsiya vaqti qachon? Bilmagan bileti tushib qolsa boshqa bilet olish imkoni beriladi(mi?). Kitobdan ham foydalanish mumkinmi? Shu va boshqa savollarga javoblar bilan tanishing.

1. Attestatsiya barcha uchun majburiymi?

Ha, maktab bitiruvchilari uchun yakuniy attestatsiyadan o‘tish majburiy, shuningdek ayrim istisnolar ham mavjud.
Xususan, fanlarni yaxshi o‘zlashtirayotgan bitiruvchilar yakuniy attestatsiyadan quyidagi hollarda ozod etiladi:

• bitiruvchi kasal bo‘lganda (kasalliklar ro‘yxati bu yerda);

• xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan fan olimpiadalarida, sport musobaqalarida, turli ko‘rik-tanlovlarida bitiruvchilarning ishtiroki bevosita yakuniy attestatsiya davriga to‘g‘ri kelsa.

2. Qaysi fanlardan attestatsiya o‘tkaziladi?

Bitiruvchi sinflarda yakuniy attestatsiya o‘tkaziladigan fanlar ro‘yxati, shakli va muddatlari har o‘quv yilida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Yakuniy attestatsiya maktab direktori tomonidan tasdiqlangan jadval asosida o‘tkaziladi. Mazkur jadval yakuniy attestatsiya boshlanishidan kamida 10 kun oldin ko‘rinadigan joyga osib qo‘yilishi kerak.

3. Attestatsiyani tashkil qilish tartibi qanday?

Yakuniy attestatsiya jadvalini tuzishda quyidagilarga e’tibor beriladi:

• o‘quv fanlari bo‘yicha o‘tkaziladigan yakuniy attestatsiya oralig‘i ikki kundan kam bo‘lmasligi kerak;

• jismoniy tarbiya fanidan avval amaliy, keyin nazariy yakuniy attestatsiya o‘tkaziladi.

Yakuniy attestatsiya uchun maktabda keng va yorug‘ xonalar ajratiladi.
Yozma yakuniy attestatsiya vaqtida bitiruvchilar partalar (stollar)ga bittadan o‘tqaziladi.
Barcha maktablarda yakuniy attestatsiya ertalab soat 8.00 dan boshlanadi.
Og‘zaki yakuniy attestatsiyadan o‘tishda bitiruvchilarning soni 20 nafardan ortiq bo‘lsa, yakuniy attestatsiya ikki guruhda ketma-ket bir kunda o‘tkazilishi mumkin.
Bitiruvchilarga yozma va og‘zaki yakuniy attestatsiyada foydalanish uchun maktab shtampi tushirilgan toza varaqlar beriladi.
Ushbu maqolani ham o‘qing: Maktabda imtihon oluvchi va assistent vazifalari nimalardan iborat?

4. Attestatsiyada kitobdan foydalanish mumkin?

Ona tili va adabiyotdan bayon yoki insho yozishda bitiruvchilarga yozayotgan bayon yoki insholariga kiritiladigan parchalarni, ayrim matnlarni aniqlab olishlari uchun badiiy adabiyotlardan foydalanishlariga ruxsat etiladi. Mavzu mazmunini talqin etuvchi manbalardan foydalanishga ruxsat etilmaydi.
Boshqa fanlardan yakuniy attestatsiya o‘tkaziladigan paytida bitiruvchilar xarita, globus, turli jadvallar, chizmalar, mulyaj, gerbariylar, preparatlar, laboratoriya asbob-uskunalari va boshqa vositalardan foydalanishlariga ruxsat beriladi.

5. Attestatsiya vaqtida tanaffus beriladimi?

Yozma ishlarni bajarish paytida 5–10 daqiqaga sinfdan tashqariga chiqish mumkin.
Bunday hollarda bitiruvchi yozma ishini yakuniy attestatsiya komissiyasi a’zolariga topshirib ketadi. Yakuniy attestatsiya komissiyasi a’zolari tomonidan esa yozma ishga bitiruvchining qancha muddatda sinfdan tashqarida bo‘lganligi belgilab qo‘yiladi.
Ushbu to‘plam sizga kerak bo‘lishi mumkin: Imtihon o‘tkazish uchun barcha hujjatlar jamlanmasi

6. Topshiriqlarni bajarish uchun qancha vaqt beriladi?

Ona tilidan bayon yozish uchun 3 soat (insho uchun 4), matematikadan yozma ish uchun 3 soat, ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha har bir test uchun 2 daqiqa, aniq fanlar bo‘yicha har bir test uchun 3 daqiqa vaqt beriladi.
Og‘zaki topshiriqlar uchun 15–20 daqiqa vaqt beriladi.
Ushbu maqola sizga qiziq bo‘lishi mumkin: O‘quvchilarning maktabda olgan bahosi OTMga kirish imtihonlarida inobatga olinadi

7. Bitiruvchiga qo‘shimcha savol berilishi mumkinmi?

Ha, qo‘shimcha savollar biletda qo‘yilgan topshiriqlar doirasida berilishi mumkin. Yakuniy attestatsiya komissiyasi a’zolari bitiruvchining javoblarini diqqat bilan bo‘lmasdan tinglaydilar.

8. Bilet savoliga javob bera olmasa, ikkinchi marta bilet olish mumkinmi?

Ha, mumkin, bilet savoliga javob bera olmagan bitiruvchiga yakuniy attestatsiya komissiyasi tomonidan ikkinchi marotaba bilet olishga ruxsat beriladi.
Bitiruvchi olgan ikkinchi biletga ham javob bera olmasa, unga yakuniy attestatsiyaning bahosi sifatida “qoniqarsiz” baho qo‘yiladi va uchinchi marotaba bilet olishga ruxsat berilmaydi.

9. Baholar qachon e’lon qilinadi?

Yozma ishlarning baholari navbatdagi attestatsiya bo‘ladigan kungacha e’lon qilinadi.
Og‘zaki attestatsiyada natijalari shu sinfda attestatsiya tugashi bilanoq bitiruvchilarga ma’lum qilinadi.
Bitiruvchiga yakuniy bahoni qo‘yishda uning avvalgi sinflarda olgan baholari ham inobatga olinadi.

10. Qayta topshirish bo‘ladimi?

Ha, bo‘ladi. Bir yoki ikki fandan o‘tkazilgan attestatsiyada qoniqarsiz baho olgan bitiruvchilarga oxirgi yakuniy attestatsiyadan keyin ikki hafta o‘tgach qoniqarsiz baho olgan fanidan qayta yakuniy attestatsiyadan o‘tish huquqi beriladi.
Yillik baho va yakuniy attestatsiya natijalariga ko‘ra, “qoniqarsiz” baho olgan bitiruvchilar shu sinfda qayta o‘qishga qoldiriladi.

Mavzuga doir:
Maktab imtihonlariga yangilik kiritildi

Yakuniy imtihondan o‘tolmagan o‘qvchini sinfda qoldirib yuborish mumkinmi?

Pedagoglar attestatsiyasi bo‘yicha muhim savollarga javoblar


Когда время сертификации? В случае утери неизвестного билета можно получить другой билет (или?). Можно ли использовать книгу? Узнайте ответы на эти и другие вопросы.
1. Является ли сертификация обязательной для всех?
Да, прохождение итоговой аттестации обязательно для выпускников школ, за некоторыми исключениями.
В частности, выпускники, хорошо усвоившие предметы, освобождаются от итоговой аттестации в следующих случаях:
• при болезни выпускника (список болезней здесь);
• если участие выпускников в международных и республиканских научных олимпиадах, спартакиадах, различных экзаменах совпадает непосредственно со сроком проведения итоговой аттестации.
2. Какие предметы сертифицированы?
Перечень предметов, формы и сроки итоговой аттестации в выпускных классах утверждаются Министерством дошкольного и школьного образования каждый учебный год.
Итоговая аттестация проводится на основании графика, утвержденного директором школы. Это расписание должно быть вывешено на видном месте не менее чем за 10 дней до начала итоговой аттестации.
3. Какова процедура аттестации?
При составлении итогового графика аттестации обращают внимание на следующее:
• интервал итоговой аттестации по учебным предметам должен быть не менее двух дней;
• проводится практическая, а затем теоретическая итоговая аттестация по физической культуре.
Для итоговой аттестации в школе выделяют просторные и светлые комнаты.
Во время письменной итоговой аттестации выпускники рассаживаются по одному за парты.
Итоговая аттестация во всех школах начинается в 8:00.
При количестве выпускников более 20 человек при проведении устной итоговой аттестации итоговая аттестация может проводиться в двух группах в один день подряд.
Выпускникам выдаются чистые листы со штампом школы для использования в письменной и устной итоговой аттестации.
Читайте также эту статью: Каковы обязанности экзаменатора и ассистента в школе?
4. Можно ли использовать книгу при аттестации?
При написании изложения или эссе с родного языка и литературы выпускникам разрешается использовать художественную литературу для определения отрывков и определенных текстов, которые должны быть включены в их изложение или эссе. Не допускается использование источников, интерпретирующих содержание темы.
При итоговой аттестации по другим предметам выпускникам разрешается пользоваться картами, глобусами, различными таблицами, чертежами, моделями, гербариями, препаратами, лабораторным оборудованием и другими инструментами.
5. Есть ли перерыв во время сертификации?
Вы можете покинуть аудиторию на 5-10 минут во время выполнения письменной работы.
В таких случаях выпускник представляет письменную работу членам итоговой аттестационной комиссии.Члены итоговой аттестационной комиссии определят, как долго выпускник находился вне аудиторных занятий в письменной работе.
Вам может понадобиться этот пакет: Сбор всех документов для экзамена
6. Сколько времени дается на выполнение заданий?
3 часа на написание изложения на родном языке (4 на сочинение), 3 часа на письменную работу по математике, 2 минуты на каждую контрольную работу по общественным и гуманитарным наукам, 3 минуты на каждую контрольную работу по конкретным наукам.
На устные задания отводится 15-20 минут.
Эта статья может быть вам интересна: Оценки, полученные учащимися в школе, учитываются на вступительных экзаменах в ОТМ
7. Можно ли задать выпускнику дополнительный вопрос?
Да, дополнительные вопросы можно задавать в рамках заданий по тикету. Члены итоговой аттестационной комиссии внимательно выслушивают ответы выпускника.
8. Могу ли я получить второй билет, если не смогу ответить на вопрос билета?
Да, возможно, выпускник, не ответивший на вопрос о билете, будет допущен к повторному получению билета итоговой аттестационной комиссией.
Если выпускник не ответит на второй билет, ему будет поставлена ​​оценка «неудовлетворительно» на итоговой аттестации и не будет разрешено получить третий билет.
9. Когда будут объявлены оценки?
Оценки за письменную работу будут объявлены до дня следующей аттестации.
Результаты устной аттестации будут объявлены выпускникам, как только аттестация будет завершена в этом классе.
При выставлении итоговой оценки выпускнику также учитываются его оценки на предыдущих курсах.
10. Можно ли подать повторно?
Да, это будет. Выпускникам, получившим неудовлетворительную оценку при аттестации по одному или двум предметам, предоставляется право на пересдачу итоговой аттестации по предмету, по которому они получили неудовлетворительную оценку, через две недели после последней итоговой аттестации.
По результатам годовой аттестации и итоговой аттестации выпускники, получившие оценку «неудовлетворительно», допускаются к повторному обучению в том же классе.
Предмет:
Обновлены школьные экзамены
Можно ли оставить ученика, не сдавшего выпускной экзамен, в классе?
Ответы на важные вопросы о сертификации учителей

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 1
  1. Bonu

    Atestatsiya

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: