Maktab imtihonlariga yangilik kiritildi

Maktab imtihonlariga yangilik kiritildi

⚡️Maktab o‘quvchilarining bu yilgi imtihonlariga yangilik kiritildi.

Joriy 2023 yil maktab o‘quvchilarining yakuniy imtihonlarida kreativ va mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan topshiriqlardan foydalaniladi. Bu haqda MMTV xabar berdi.

Joriy yilning may va iyun oylarida maktab o‘quvchilarining yakuniy nazorat imtihonlari bo‘lib o‘tadi. Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq ta’lim muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlari joriy yilning 25 mayiga qadar davom etadi.

9-sinf o‘quvchilari uchun Jismoniy tarbiya fanidan imtihonlar joriy yilning 1-6 may kunlari o‘tkaziladi.

Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internatlari hamda skolioz bilan kasallangan bolalar uchun sanatoriy turidagi maktab-internatlari bundan mustasno.

Shuningdek, 9- va 11-sinflar uchun yakuniy (bitiruv) nazorat imtihonlari joriy yilning 26 mayidan 15 iyuniga qadar tashkil etiladi.

Umumta’lim fanini bilish darajasi to‘g‘risida davlat namunasidagi sertifikat hamda chet tili fanlari bo‘yicha kamida B1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilar imtihonlarda muayyan fandan ozod etiladi.

Imkoniyati cheklangan maktab-internatlarida tahsil oladigan alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchilarga ushbu umumta’lim muassasalariga qo‘yilgan talablar asosida o‘tkaziladi.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim beriladigan barcha tillarda imtihonlar o‘tkaziladigan fanlar bo‘yicha bitiruvchi sinf o‘quvchilari uchun namunaviy imtihon materiallarini hamda baholash mezonlarini tayyorlashni Respublika ta’lim markazi amalga oshiradi.

Imtihon materiallarini ishlab chiqishda umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun kreativ va mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan topshiriqlar kiritilishi inobatga olinadi hamda topshiriq namunalari 2023 yilning 1 aprelga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.

Mavzuga doir:
Barcha fanlardan imtihon savollari 2022 9-11-sinf

Maxsus ta’lim fanlaridan imtihon savollari 2022 9-11-sinf

Imtihon javoblari 2022, Barcha fanlardan 9-10-11-sinf imtihon javoblari


⚡️ В экзамены школьников этого года добавлены новинки.

На выпускных экзаменах нынешних школьников 2023 года используются задания, ориентированные на творческое и логическое мышление. Об этом сообщает ММТВ.

В мае и июне этого года пройдут итоговые контрольные экзамены школьников. В соответствии с решением Кабинета Министров учебные занятия в учебных заведениях будут продолжаться до 25 мая текущего года.

Экзамены по физкультуре для учащихся 9-х классов пройдут с 1 по 6 мая текущего года.

За исключением специализированных школ и школ-интернатов для детей с физическими или умственными недостатками, а также школ-интернатов санаторного типа для детей со сколиозом.

Также с 26 мая по 15 июня текущего года будут организованы итоговые (выпускные) контрольные экзамены для 9 и 11 классов.

Студенты, имеющие сертификат государственного образца о знании общеобразовательного предмета и национальный сертификат уровня не ниже В1 или международно-признанный сертификат эквивалентного уровня по предметам на иностранном языке, освобождаются от определенного предмета на экзаменах.

Учащиеся с особыми образовательными потребностями, обучающиеся в школах-интернатах с ограниченными возможностями, будут предоставляться на основании требований, предъявляемых к этим общеобразовательным учреждениям.

Подготовку образцов экзаменационных материалов и критериев оценки для учащихся выпускного класса по предметам, по которым проводятся экзамены по всем языкам, преподаваемым в общеобразовательных школах, осуществляет Республиканский образовательный центр.

При разработке экзаменационных материалов учитывается включение заданий, ориентированных на творческое и логическое мышление для учащихся общеобразовательных школ, а образцы заданий будут опубликованы на официальных страницах Министерства дошкольного и школьного образования до 1 апреля 2023 года. .

Предмет:
ЕГЭ по всем предметам 2022 9-11 класс

ЕГЭ по предметам специального образования 2022 9-11 класс

Ответы на экзамен 2022, все предметы 9-10-11 класс ответы на экзамен

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 1
  1. Аноним

    :!: :x

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: