Maktab va bogʼchalar ochilishiga tayyorgarlik koʼrilmoqda

Maktab va bogʼchalar ochilishiga tayyorgarlik koʼrilmoqda

Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Rustam Ikromov umumtaʼlim maktablari va maktabgacha taʼlim tashkilotlarining yaqin kunlarda ochilishi uchun tayyorgarlik ishlari koʼrilayotganini maʼlum qildi.

Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.
Unga koʼra, mazkur muassasalar qayta ochilgandan soʼng amal qilinishi zarur boʼlgan sanitar meʼyorlar ishlab chiqilmoqda.
«Maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʼz farzandlarimiz taʼlim olishadi. Bu masalada eʼtibor berish kerak boʼlgan jihatlar koʼp. Ishlab chiqilayotgan tadbirlar shunchaki hisobot uchun emas, balki farzandlarimizni ijtimoiy hayotga tezroq qaytarish, karantin sharoitida ularning ruhiyatida kuzatilgan oʼzgarishlarni bartaraf qilish, ular qatnaydigan muassasalarda koronavirus tarqalishiga imkon qadar toʼsqinlik qilishga qaratilgan choralar belgilanishi lozim.
Аyni kunlarda Maktabgacha taʼlim vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda taʼlim muassasalarida amal qiluvchi sanitariya meʼyorlari ishlab chiqilmoqda. Mazkur meʼyorlar Аdliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan oʼtkaziladi hamda barcha tomonidan bajarilishi birdek majburiyligi belgilab qoʼyiladi. Shundan keyin maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumtaʼlim maktablariga faoliyatini boshlash uchun ruxsat beriladi», dedi shtab aʼzosi АOKАdagi brifingda.
Eslatib oʼtamiz, 15 avgustdan xususiy bogʼchalar va oʼquv markazlari faoliyatiga ruxsat berilgan edi.


Рустам Икрамов, сотрудник штаба по борьбе с коронавирусом, сообщил, что в ближайшие дни идет подготовка к открытию общеобразовательных школ и дошкольных учреждений.

Об этом сообщает Kun.uz.
По его словам, разрабатываются санитарные нормы, которые будут введены после открытия этих объектов.
«Наши дети учатся в школах и дошкольных учреждениях. Есть много аспектов, которые следует учитывать в этом отношении. Должны быть приняты меры не только по уведомлению, но и по скорейшему возвращению наших детей в социальную жизнь, по устранению изменений их психики в условиях карантина, по недопущению распространения коронавируса в учреждениях, в которых они учатся.
Санитарные нормы в настоящее время разрабатываются совместно с Министерством дошкольного образования и Министерством народного образования. Эти стандарты подлежат юридической проверке со стороны Министерства юстиции и являются обязательными для всех. После этого будут разрешены к работе дошкольные и общеобразовательные школы», — сказал сотрудник на брифинге в АОКА.
Напомним, с 15 августа разрешили работу частным детским садам и учебным центрам.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: