2020-2021 o’quv yiliga darsliklarning ijara miqdorlari belgilandi

2020-2021 o’quv yiliga darsliklarning ijara miqdorlari belgilandi
Telegramda o'qish

Darsliklar to’plami uchun ijara to’lovlarini hisoblash tizimini tubdan takomillashtirish, soddalashtirish va ota-onalarga qulayliklar yaratish maqsadida 2020-2021 o’quv yilidan boshlab, bir dona darslik yoki mashq daftari uchun yagona ijara to’lovi joriy qilindi. Bunda, bir dona darslik yoki mashq daftari uchun yagona ijara to’lovi 2200 so’m hisoblanib, to’plam tarkibidagi darsliklar va mashq daftarlari sonidan kelib chiqib, sinflar va ta’lim tillari kesimida ijara to’lovi miqdorlari belgilandi.

Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi rasmiy saytida ma’lum qilindi.

2020-2021 o’quv yiliga ta’lim olib borilayotgan tillar kesimida darslik to’plami uchun ijara to’lovi miqdorlari quyidagi havolada:

O’zbek tili
Rus tili
Qozoq tili
Qirg’iz tili

Turkman tili
Tojik tili
Qoraqalpoq tili
Pandemiya sharoitidan kelib chiqib, 2020-2021 o’quv yili uchun istisno tariqasida umumta’lim muassasasida darsliklar to’plami uchun ijara to’lovini amalga oshirish muddati joriy yilning 10-oktyabrigacha uzaytirildi. Shu bilan birgalikda, ota-onalarda mazkur to’lovni amalga oshirish bilan bog’liq muammo mavjud bo’lsa, ijara to’lovi muddatini uzaytirish to’g’risida umumta’lim muassasasiga murojaat qilishlari mumkin. Ijara to’lovi muddati uzaytirilgan hollarda, mazkur to’lovning 50 foizi 10-oktyabrgacha, qolgan qismi esa 30-noyabrgacha to’lanishi lozim.

Davlatimiz tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj bo’lgan oilalardagi o’quvchilarni umumta’lim maktab kutubxona jamg’armasi tomonidan darsliklar to’plami bilan bepul ta’minlash tartibi o’rnatilgan.

Ta’kidlash joizki, o’rnatilgan tartibga asosan darsliklar to’liq to’plamda ijaraga beriladi. Darsliklar to’plamlari to’liq berilmagan holatlarda ota-onalar Qoraqalpog’iston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasining quyidagi keltirilgan ishonch telefonlariga murojaat qilishlari mumkin.

t/rHududlar nomiDarsliklar va adabiyotlar bo’yicha ma’sul xodimTelefon raqami
1Qoraqalpog’iston RespublikasiKalxnazarov Farxad Muxammedaliyevich+99893 3682991
2Andijon viloyatiAxmardinov Ozodbek Iskandarbek o’g’li+99893 4272778
3Buxoro viloyatiBaxramova Maxsuma Giyazovna+99891 4495420
4Jizzax viloyatiUmarov Dilshod Abilovich+99894 5725521
5Qashqadaryo viloyatiTursunova Gulnora Baxriyevna+99890 4260919

 

6Navoiy viloyatiAstanayev Ilxomjon Qodirovich+99899 7550720

 

7Namangan viloyatiTo’yxonova Ijobat Turgunboyevna+99894 3071168

 

8Samarqand viloyatiNorqo’ziyev Baxodir Xudayorovich

 

+99893 3438543

 

9Surxondaryo viloyatiTuraqulov Olim Nuraliyevich

 

+99890 2268563

 

10Sirdaryo viloyatiUmurzakov Umid Rajabboyevich+99899 4708890

 

11Toshkent viloyatiBaxovodinov Qosimjon Abduraxmonovich

 

+99899 8071011

 

12Farg’ona viloyatiShokirov Axmadjon Sobirovich

 

+99890 1603122

 

13Xorazm viloyatiOtajanov Qaxramon Jumanazarovich

 

+99897 3600812

 

14Toshkent shaharYusupova Diloram Masharipovna

 

+99890 9310807

 

 

 

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: