Bu yil darsliklarning ijara to‘lov narxlarida qanday o‘zgarishlar bor?

Bu yil darsliklarning ijara to‘lov narxlarida qanday o‘zgarishlar bor?

2019-2020 o‘quv yili uchun darslik to‘plamlarining ijara to‘lovi miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi Vasiylik kengashining 2019 yil 26 avgustdagi 37-09-08/64-sonli majlis bayoniga asosan belgilandi.

Darsliklarning ijara narxlari bilan ushbu sahifada batafsil ma’lumotlar olishingiz mumkin.

Xalq ta’limi vazirligining e’lon qilgan ma’lumotiga ko‘ra 2019-2020 o‘quv yili uchun 36,5 mln. nusxadagi 3-, 8- va 9-sinflar uchun darsliklar yangidan chop etildi va ijara to‘lovi miqdorlari qaytadan belgilandi. Shundan, 3-sinflar uchun ijara to‘lovi miqdori o‘tgan o‘quv yilidagiga nisbatan 12600 so‘mga oshgan hamda 8- va 9-sinflar uchun o‘tgan o‘quv yillarida belgilangan miqdorlarga nisbatan 31,8-29,1 ming so‘mga o‘sgan.

Buning asosiy sabablari darsliklarni chop etish va yetkazib berish narxlarining o‘sishidir. 8- va 9-sinf darslik to‘plamlari (16-17 ta darsliklardan iborat) so‘nggi bor 2014 yilda chop etilgan bo‘lib, o‘sha yildagiga nisbatan o‘rtacha bir dona darslikning tannarxi 3,4-3,8 barobarga o‘sgan. Shuningdek, 3-sinf darslik to‘plamlari (10-11 ta darsliklardan iborat) esa oxirgi marta 2016 yilda chop etilgan tannarxlarga nisbatan 2,6 barobarga oshgan.

Misol uchun, 2019-2020 o‘quv yiliga yangidan chop etilgan ta’lim o‘zbek tilidagi 8-sinf o‘quvchilari uchun belgilangan 40 700 so‘m ijara to‘lovi ushbu darslik to‘plamlarining (16 ta darsliklardan iborat) erkin savdodagi taxminiy narxi 140 356 so‘m belgilanganligiga nisbatan 99 656 so‘m yoki 3,5 barobarga arzon. Bunday holatni qolgan sinflar misolida ham kuzatish mumkin. Ya’ni, darsliklar bilan ta’minlashning ijara tizimi foydalanuvchilarga moliyaviy qulayliklar yaratadi.

Shu bilan birga, o‘tgan o‘quv yillarida chop etilgan hamda foydalanish muddatlari tugamagan darslik, mashq daftarlarining tillar va sinflar kesimida belgilangan ijara to‘lovi miqdorlari qayta hisob-kitob qilinib, sinflar kesimida tenglashtirildi. Buning natijasida, ba’zi sinflar uchun ijara to‘lovi miqdorlari kamaygan.

Xususan, ayrim darslik to‘plamlarining ijara to‘lovi miqdori 2018 yilning avgust oyida shartnomalarda ko‘rsatilgan narxlar bo‘yicha hisoblangan bo‘lib, 2018 yil yakunida Moliya vazirligi tomonidan deklaratsiya qilinishi natijasida darsliklar narxi sezilarli ravishda pasaygan. Misol uchun, 2- va 11-sinflar uchun ijara to‘lovi miqdorlari o‘tgan o‘quv yiliga nisbatan mos ravishda 3700 va 7100 so‘mga kamaygan.

Bundan tashqari, yangi o‘quv yilida yetishmay qolishi kutilayotgan darsliklar qo‘shimcha chop etilib, ularning ijara to‘lovi miqdorlari o‘tgan o‘quv yillarida belgilangan miqdorlarga qo‘shildi.

Eslatib o‘tamiz, 2001 yildan boshlab respublikamizda umumta’lim maktablari darsliklarining ijara tizimi joriy qilingan.

Darsliklar to‘plami uchun ijara to‘lovi miqdori respublika bo‘yicha yagona bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014 yil 28 aprelda 2577-sonli raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Umumta’lim maktablarini darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 39-bandiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi Vasiylik kengashi tomonidan sinflar va ta’lim tillari kesimida tasdiqlanadi.

Mazkur Nizomning 43-bandiga asosan, darsliklar to‘plami uchun ijara to‘lovlari umumta’lim maktabining shaxsiy g‘azna hisob varag‘iga naqd pul yoki naqd pulsiz shaklda to‘lanishi mumkin.

Maktabdagi darsliklar to‘plami uchun ijara to‘lovi 30 sentyabrgacha to‘liq hajmda to‘lanadi.

O‘quvchilarning ota-onalari pul mablag‘larining vaqtinchalik yo‘qligi sababli, ijara to‘lovi muddatini uzaytirish to‘g‘risida umumta’lim maktabi ma’muriyatiga murojaat qilishi mumkin.

Ijara to‘lovi muddati uzaytirilgan taqdirda, mazkur to‘lovning 50 foizi 30 sentyabrgacha, qolgan qismi esa 30 noyabrgacha to‘lanishi lozim.

Eng asosiysi, darsliklar ijarasi ota-onalar uchun qulaylik yaratadi. Darsliklarni o‘z tannarxida sotib olishdan ko‘ra ijaraga olish ota-onalarga iqtisodiy tomondan ko‘mak bo‘ladi.

Hujjatning 30-bandida 1-sinf o‘quvchilari, «Mehribonlik» uylari, maxsus maktab va maktab-internatlari tarbiyalanuvchilari hamda ijtimoiy yordamga muhtoj oilalardagi o‘quvchilar umumta’lim maktabi kutubxona jamg‘armasi tomonidan darsliklar to‘plami bilan bepul ta’minlanishi ko‘zda tutilgan.

Bunda darsliklar to‘plami bilan bepul ta’minlanadigan ijtimoiy yordamga muhtoj oilalardagi o‘quvchilar ro‘yxati 1 sentyabrgacha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari iltimosnomasiga va ota-onalar qo‘mitasining xulosasiga asosan umumta’lim maktabining pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlanadi.


Размер арендной платы за учебники на 2019-2020 учебный год к заключению Попечительского совета Республиканского целевого книжного фонда при Министерстве народного образования Республики Узбекистан от 26 августа 2019 года № 37-09-08/ 64 в основном отмечены.

Более подробную информацию о ценах на аренду учебников вы можете найти на этой странице.

По данным Министерства народного образования, на 2019-2020 учебный год выделено 36,5 крор рупий. переизданы учебники для 3, 8 и 9 классов, пересмотрена арендная плата. Так, размер арендной платы за 3-й класс увеличился на 12 600 сумов по сравнению с предыдущим учебным годом, а за 8-й и 9-й классы увеличился на 31,8-29,1 тыс. сум по сравнению с размером, установленным в предыдущие учебные годы.

Основной причиной этого является увеличение стоимости печати и доставки учебников. Учебники для 8-х и 9-х классов (16-17 учебников) в последний раз выходили в 2014 году, а средняя стоимость одного учебника выросла по сравнению с тем годом в 3,4-3,8 раза. Сборники учебников для 3 класса (состоящие из 10-11 учебников) также выросли в 2,6 раза по сравнению с последней опубликованной стоимостью в 2016 году.

Например, на 2019-2020 учебный год в свободную продажу этих учебников (состоящих из 16 учебников) включена арендная плата в размере 40 700 сумов для вновь издаваемых учащихся 8 классов на узбекском языке обучения, ориентировочная цена 99 656 сум или в 3,5 раза дешевле 140 356 сумов. Эту ситуацию можно наблюдать и на примере остальных классов. То есть система аренды учебников обеспечивает финансовое удобство для пользователей.

При этом учебники и тетради, изданные в предыдущие учебные годы, срок действия которых не истек, пересчитаны и выровнены по классам по языкам и классам. В результате арендная плата за некоторые классы упала.

В частности, размер арендной платы за некоторые учебники был рассчитан по ценам, указанным в договорах в августе 2018 года, а в конце 2018 года в результате декларации Минфина цена на учебники значительно снизилась. Например, арендная плата за 2 и 11 классы по сравнению с прошлым учебным годом уменьшилась на 3700 и 7100 сумов соответственно.

Кроме того, были переизданы учебники, дефицит которых ожидается в новом учебном году, а арендная плата за них повышена по сравнению с предыдущими учебными годами.

Следует отметить, что с 2001 года в стране введена система аренды учебников для общеобразовательных школ.

Размер арендной платы за комплект учебников является единственным в стране, который зарегистрирован Министерством юстиции Республики Узбекистан 28 апреля 2014 года за № 2577 «Учебники и учебники общеобразовательных школ». пунктом 39 Положения «О порядке обеспечения учебно-методическими пособиями» утверждается Попечительский совет Республиканского целевого книжного фонда при Министерстве народного образования Республики Узбекистан.

В соответствии со статьей 43 настоящего Положения арендная плата за комплект учебников может вноситься в денежной или безналичной форме на лицевой казначейский счет общеобразовательной школы.

Арендная плата за комплект школьных учебников будет полностью выплачена до 30 сентября.

Родители учеников могут обратиться к администрации школы за продлением арендной платы в связи с временным отсутствием средств.

В случае продления арендной платы 50% арендной платы необходимо оплатить до 30 сентября, а остальную часть до 30 ноября.

Самое главное, аренда учебников делает ее удобной для родителей. Аренда учебников может оказать экономическую помощь родителям, а не покупать их по себестоимости.

Пунктом 30 документа предусмотрено, что первоклассникам, воспитанникам домов «Милосердия», спецшкол и школ-интернатов, а также учащимся из семей, нуждающихся в социальной помощи, комплект учебников обеспечивается на безвозмездной основе библиотечным фондом г. средней школы пойман с поличным.

Список учащихся, нуждающихся в социальной помощи, которым будет бесплатно предоставлен комплект учебников, будет утвержден педагогическим советом общеобразовательной школы до 1 сентября по обращению органов самоуправления граждан и заключению родительского комитета.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 2
  1. Burkanov Shah

    Juda yaxshi. Savolimga kerakli javobni oldim!

  2. Solliha

    Yo‘ qotilgan kitob puli qancha :?:

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: