Endi maktab darsliklari ijarasi har yili bepul bo‘ladimi?

Endi maktab darsliklari ijarasi har yili bepul bo‘ladimi?

Savol: Joriy o‘quv yilida maktab darsliklari ijarasi bepul bo‘ldi. Bu amaliyot har yili tatbiq etiladimi?

Javob: «Davlat budjeti to‘g‘risida»gi Qonunga ko‘ra, kitob jamg‘armasi budjeti tasdiqlangan. Unga ko‘ra, 2022 yilda kitob chop etish uchun 1,1 trln so‘m ko‘zda tutilgan.

Shundan 605 mlrd so‘m davlat budjetidan yo‘naltiriladi, qolgani Budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Qonunchilikka ko‘ra, ushbu Jamg‘arma mablag‘lari ijara tushumlaridan shakllanishi belgilangan. Joriy yilda 500 mlrd so‘m ijara tushumidan qoplanishi kerak edi.

Prezidentimizning inson qadrini ulug‘lash, aholiga yengillik yaratishga qaratilgan ezgu g‘oyalari asosida bu yil darsliklar bepul bo‘ldi. Bu nima degani? Ya’ni, ijara tushumidan shakllanishi — ota-onalar to‘lashi kerak bo‘lgan 500 mlrd so‘mga yaqin pul davlat budjetidan to‘lab beriladi.

Maktab darsliklari hozircha faqat bu yil uchun bepul bo‘ladi. Keyingi o‘quv yillari uchun darsliklarning bepul bo‘lish-bo‘lmasligi komissiya o‘rganishlaridan keyin ma’lum qilinadi».

Ayni vaqtda maktab darsliklari ijarasini doimiy bepul qilish bo‘yicha mexanizmlar ishlab chiqilmoqda. Bu haqda keyinroq yana batafsil ma’lumot beriladi.

Ushbu savolga AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Temur Komilov javob berdi.


Вопрос: В этом учебном году школьные учебники выдавались бесплатно. Эта практика применяется каждый год?

Ответ: Согласно Закону «О государственном бюджете» утвержден бюджет книжного фонда. По его словам, в 2022 году на книгоиздание запланировано 1,1 трлн сумов.

Из них 605 миллиардов сумов будут выделены из государственного бюджета, а остальное покроется за счет внебюджетных средств Республиканского целевого книжного фонда.

Согласно законодательству средства этого фонда формируются за счет арендного дохода. В этом году из арендного дохода должны были покрыть 500 миллиардов сумов.

На основе благородных идей Президента, направленных на прославление человеческого достоинства и оказание помощи населению, в этом году были изготовлены бесплатные учебники. Что это значит? То есть около 500 миллиардов сумов, которые должны быть выплачены родителями из арендного дохода, будут выплачены из государственного бюджета.

Школьные учебники будут бесплатными только в этом году. Будут ли учебники бесплатными на следующие учебные годы, будет объявлено после комиссионных исследований».

В то же время разрабатываются механизмы, позволяющие навсегда сделать прокат школьных учебников бесплатным. Более подробная информация будет предоставлена ​​позже.

На этот вопрос ответил заместитель министра народного образования Темур Комилов на пресс-конференции в АОКА.

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: