Ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun yangilik bor

Ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun yangilik bor

Ayni paytda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni ro‘yxatga olish Bilim va malakalarni baholash agentligining my.dtm.uz sayti orqali onlayn amalga oshirilmoqda.
Bunda nogironligi bo‘lgan abituriyentlarning nogironlik bo‘yicha ma’lumotlari Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasining bazasi – “TMEK” dasturidan real vaqt rejimida olinmoqda.
Lekin ayrim nogironligi bo‘lgan abituriyentlarning ma’lumotlari “TMEK” dasturidan real vaqt rejimida kelmayotgani sababli my.dtm.uz saytida nogironlik bo‘yicha imtiyoz ma’lumotlarini kiritish imkoniyati yaratildi. Bu haqda DTM xabar qildi.
«Agar Sizning nogironlik bo‘yicha ma’lumotlaringiz “Mening imtiyozlarim” bo‘limida chiqmayotgan bo‘lsa, “Nogironlik to‘g‘risida ma’lumotnoma” bo‘limiga kirib, o‘z nogironlik ma’lumotlaringizni kiritishingiz mumkin.

Agar Sizda ko‘zi ojiz toifasidagi nogironlik mavjud bo‘lsa, nogironlik ma’lumotlarini kiritish bilan birga “Ko‘zi ojiz” belgisini belgilashni unutmang»

, — deyiladi xabarda.
Kiritilgan ma’lumotlar Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasiga yuboriladi va ma’lumotlari tasdiqlangan abituriyentlarning imtiyozi inobatga olinadi.


На данный момент регистрация абитуриентов на курсы бакалавриата высших учебных заведений осуществляется в режиме онлайн через сайт Государственного тестового центра my.dtm.uz.
При этом информация об инвалидности заявителей с инвалидностью получается в режиме реального времени из базы данных Республиканской медико-социальной экспертизы – программы «ТМЭК».
Однако, в связи с тем, что информация о некоторых заявителях с инвалидностью не поступает из программы «ТМЭК» в режиме реального времени, была создана возможность ввода информации о пособиях по инвалидности на сайте my.dtm.uz. Об этом сообщает ДТМ.
Если информация о вашей инвалидности не отображается в разделе «Мои льготы», вы можете ввести информацию о своей инвалидности, перейдя в раздел «Информация об инвалидности».

Если у Вас инвалидность слепой категории, не забудьте отметить символ «Слепой» при вводе сведений об инвалидности.

, — говорится в сообщении.
Введенные данные будут отправлены в Республиканскую медико-социальную экспертизу, при этом будет учитываться привилегия заявителей, чьи данные подтвердятся.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: