DTM 2020 Apellatsiya shikoyatlarini qabul qilish 27-sentabrdan boshlanadi

DTM 2020 Apellatsiya shikoyatlarini qabul qilish 27-sentabrdan boshlanadi
Telegramda o'qish

Qonunchilikka ko‘ra, test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellatsiya komissiyasiga apellatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.

👨🏻💻 Test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar 27-sentabrdan shaxsiy kabinetlari (abitur.dtm.uz sayti) orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

✅ Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish apellatsiya komissiyasi tomonidan 2020-yil 28-sentabrdan boshlanadi.

📅 Apellatsiya shikoyatini bergan abituriyentlarga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi. Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda o‘zining pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan Davlat test markaziga kelishi shart.

🔖 Apellatsiya shikoyati ko‘rilayotgan abituriyentga uning javoblar varaqasi nusxasi, test topshiriqlari noto‘g‘ri bajarilgan javoblar ro‘yxati hamda test sinovlarida abituriyentga taqdim etilgan test topshiriqlari kitobi beriladi.

🗓 Taqdim etilgan hujjatlar asosida abituriyent o‘zining har bir noto‘g‘ri deb hisoblangan test topshirig‘iga javoblarini yozma ravishda bayon qiladi va qabul qilib olgan barcha test materiallari bilan birga apellatsiya komissiyasiga taqdim etadi.

✅ Apellatsiya shikoyati apellatsiya komissiyasi tomonidan faqat abituriyent ishtirokida, uning yozma javoblari asosida ko‘rib chiqiladi.

⏳ Abituriyentning yozma javoblari o‘z tasdig‘ini topmagan bo‘lsa, apellatsiya komissiyasi test sinovlari natijalarini o‘zgarishsiz qoldirish va apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

📋 Abituriyent murojaat qilganda unga apellatsiya shikoyati bo‘yicha qabul qilingan qarordan ko‘chirma beriladi.

❗️ Abituriyentning javoblar varaqasi, test topshiriqlari kitobi Davlat test markaziga belgilangan tartibda yetkazilmagan, yirtilgan bo‘lsa, shuningdek, test sinovlaridan chetlashtirilgan yoki o‘zining javoblarini yozma ravishda bayon qilmagan abituriyentning apellatsiya shikoyati ko‘rib chiqilmaydi.

✅ Apellatsiya komissiyasining qarori bo‘yicha ma’lumot O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish to‘liq yakunlanganidan so‘ng, besh ish kuni ichida taqdim etiladi.

📌 Apellatsiya komissiyasining qarori O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng kuchga kiradi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: