Abituriyentlar uchun apellyatsiya berish tartibi

O‘z natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar uchun apellyatsiya berish tartibi haqida

O‘z natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar, mandat e’lon qilingandan so‘ng 10 kun ichida apellyatsiya shikoyatini yuborishlari mumkin.

Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov xabar berdi.
«Apellyatsiya shikoyatini my.dtm.uz sayti orqali berishlari mumkin. Hozircha bu funksiya yo‘q u saytda.
Apellyatsiyada o‘zingiz ishlagan test topshiriqlari kitobi, javoblar varaqasi va apellyatsion karta Sizga beriladi.
Test topshiriqlari kitobini ko‘rib chiqib, agarda e’tirozingiz bo‘lsa ekspertga uchrashasiz.
Ekspertga Siz o‘z e’tirozlaringizni tushuntirib berishingiz kerak bo‘ladi.
E’tirozlar o‘rinli deb topilsa Sizga shu savol uchun ball qo‘shiladi.
Agarda e’tiroz o‘rinli deb topilmasa, ekspert Sizga bu to‘g‘risida tushuntirish berishi kerak bo‘ladi.
Test sinovlariga kelmagan va chetlashtirilganlar apellyatsiya shikoyati ko‘rib chiqilmaydi.
Takroriy apellyatsiyaga yo‘l qo‘yilmaydi».

Apellyatsiya berish tartibi videoyo‘riqnoma

Quyida @HuquqiyAxborot kanali orqali e’lon qilingan apellyatsiya berish tartibi haqidagi videoyo‘riqnomani havola etamiz.



Кандидаты, неудовлетворенные своими результатами, могут подать апелляцию в течение 10 дней после объявления мандата.

Об этом сообщил заместитель директора Государственного испытательного центра Сардор Раджабов.
«Апелляции можно подавать через my.dtm.uz. Такой функции на сайте пока нет.
Вам дадут тестовую тетрадь, бланк для ответов и карточку для апелляции, над которой вы работали над апелляцией.
После ознакомления с тестовой книжкой вы встретитесь со специалистом, если у вас возникнут какие-либо возражения.
Вам нужно будет объяснить свои возражения эксперту.
Если возражения обоснованы, вы получите баллы за этот вопрос.
Если возражение необоснованно, эксперт должен будет вам его объяснить.
У тех, кто не явился на тест и был исключен, апелляции не будет.
Дальнейшая апелляция не допускается».

Видеоинструкция по процедуре обжалования

Ниже представлен видеоурок о порядке подачи апелляции, опубликованный на канале @HuquqiyAxborot.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 2
  1. Ummatova Dildora

    Xorijdan korish imtihon testlarini boshqatdan ishlab kormoqchiman :!:

  2. Qo‘chqarov Oxunjon

    O‘zbekistondagi horijiy OTM SHARDA dan o‘qishimni perevod qilgandim. Apelatsiyaga bermoqchiman.

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: