Inspektor-psixolog o‘qituvchi faoliyatiga aralashishi mumkinnmi?

Inspektor-psixolog o‘qituvchi faoliyatiga aralashishi mumkinnmi?

Inspektor-psixologlar o‘qituvchining ish faoliyatiga aralashishga haqqi bormi?

Savol: Bizning tumanda inspektor-psixologlar maktabga kelib, darsni buzib kirib, pedagoglar darsiga aloqador ma’lumotlar bo‘yicha ularni so‘roq qilyapti. Ularni bunday qilishga vakolati bormi? Inspektor-psixolog davomat bilan shug‘illanadimi yoki pedagog xodimlar faoliyatini o‘rganadimi?

Savolga Ulug‘bek Po‘latov javob berdi.
Birinchi navbatda shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga noqonuniy tarzda aralashishga hech kimning haqqi yo‘q. Bu bo‘yicha qonunchilikda alohida javobgarlik belgilangan.

Shu sababli, inspektor-psixologlar ham o‘qituvchining ish faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ularga o‘qituvchilar faoliyatini tekshirish vakolati berilmagan.

Ichki ishlar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan inspektor-psixologlar zimmasiga xar bir o‘quvchi kesimida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida psixologik muxitni yaxshilash, voyaga yetmaganlar orasida konunbuzilishlarga murosasiz munosabatda bo‘lish hissini
shakllantirish, muammoli o‘quvchilar bilan ularning yashash joylarida ota-onalari ishtirokida manzilli ishlash buyicha vazifalar yuklatilgan.

Ya’ni, ular darslarga muntazam ravishda qatnashmayotgan voyaga yetmaganlarni aniqlaydi, darslarga qatnashmaslik sabablarini o‘rganadi hamda o‘quvchilarning mikromuhitini o‘rganish borasida oilalarga tashrif buyurib, o‘smir va ota-onalar bilan individual suhbatlar uyushtiradi.

Ko‘rib turganingizdek, inspektor-psixologlarning vazifasi umuman boshqa. Ular faqat muammoli o‘quvchilar bilangina ishlashi lozim. Bu borada huquqlari buzilgan pedagog xodimlar kerakli organlarga shikoyat qilishi mumkin.

Mavzuga doir:
Inspektor-psixologning asosiy vazifalari haqida

Voyaga yetmaganlar tarbiyasida inspektor-psixologlarning oʻrni qanday?

O‘quvchilar davomati yaxshilanmasa kim javobgarlikka tortiladi?


Имеют ли право инспекторы-психологи вмешиваться в работу учителя?

Вопрос: У нас в районе в школу приезжают инспекторы-психологи, срывают урок, опрашивают педагогов по поводу информации, связанной с уроком. Имеют ли они на это полномочия? Инспектор-психолог занимается посещаемостью или педагог изучает деятельность персонала?

Улугбек Полатов ответил на вопрос.
Прежде всего следует подчеркнуть, что никто не вправе незаконно вмешиваться в профессиональную деятельность педагога. В связи с этим в законодательстве определена особая ответственность.

Поэтому инспекторам-психологам не разрешается вмешиваться в работу учителя. Им не даются полномочия проверять работу учителей.

Согласно соответствующему приказу МВД, инспекторы-психологи несут ответственность за оздоровление психологической среды в общеобразовательных средних учебных заведениях среди всех обучающихся, воспитание у несовершеннолетних чувства толерантности к правонарушениям.
формирование, адресная работа с проблемными учащимися по месту жительства с участием их родителей.

То есть выявляют несовершеннолетних, регулярно не посещающих занятия, изучают причины непосещения занятий, посещают семьи и организуют индивидуальные беседы с подростками и родителями для изучения микроокружения учащихся.

Как видите, задача инспекторов-психологов совсем иная. Они должны работать только с проблемными учениками. В связи с этим педагогические работники, чьи права были нарушены, могут обратиться с жалобой в соответствующие органы.

Предмет:
Об основных задачах инспектора-психолога

Какова роль инспекторов-психологов в воспитании несовершеннолетних?

Кто будет нести ответственность, если посещаемость учащихся не улучшится?

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: