O’qituvchilarning faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik belgilandi

O’qituvchilarning faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik belgilandi
Telegramda o'qish

“O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida” Qonun (O’RQ-629-son, 21.07.2020 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Bu haqda Adliya vazirligining Telegram kanalida ma’lum qilindi.
📝 Qonun bilan qator qonunlar va kodekslarga tegishli o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi.
Xususan, “Ma’muriy javobgarlik to’g’risida”gi kodeks 197⁵ — modda bilan to’ldirildi.

Unga ko’ra, ta’lim muassasalari pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki ta’lim muassasasi pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishga to’sqinlik qilish javobgarlikka sabab bo’lishi belgilandi.

Bunday huquqbuzarlik uchun:

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining (BHMning) 5 baravaridan 7 baravarigacha (1 mln 115 ming so’mdan 1 mln 561 ming so’mgacha);

mansabdor shaxslarga esa BHMning 7 baravaridan 10 baravarigacha miqdorida (1 mln 561 ming so’mdan 2 mln 230 ming so’mgacha) jarima qo’llaniladi.

SHunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilsa:

fuqarolarga BHMning 7 baravaridan 10 baravarigacha (1 mln 561 ming so’mdan 2 mln 230 ming so’mgacha);

mansabdor shaxslarga esa BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorida (2 mln 230 ming so’mdan 3 mln 345 ming so’mgacha) jarima qo’llanishi mumkin.

Ushbu huquqbuzarlik sodir etilganda ta’lim muassasasining pedagog xodimi ma’muriy bayonnoma tuzmasdan o’z arizasida huquqbuzarning shaxsi, huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va uning mohiyati to’g’risidagi ma’lumotlarni hamda boshqa zarur bo’lgan ma’lumotlarni ko’rsatgan holda sudga murojaat qilish huquqiga ega.


Президент подписал Закон «О внесении изменений и дополнений в некоторые законодательные акты Республики Узбекистан» (№ ЗРУ-629 от 21.07.2020).

Об этом сообщается в Telegram-канале Минюста.
📝 Законом внесены изменения и дополнения в ряд законов и кодексов.
В частности, дополнена статья 197 Кодекса об административной ответственности.

По его словам, незаконное вмешательство в профессиональную деятельность педагога образовательного учреждения или воспрепятствование выполнению должностных обязанностей преподавателя образовательного учреждения наказуемо.

За такое правонарушение:

от 5 до 7-кратного размера базового расчета (БКР) для граждан (с 1 миллиона 115 тысяч сумов до 1 миллиона 561 тысячи сумов);

Должностные лица будут оштрафованы на сумму от 7 до 10 минимальных размеров оплаты труда (от 1 миллиона 561 тысячи сумов до 2 миллионов 230 тысяч сумов).

Если такое правонарушение совершено в течение одного года после наложения административного взыскания:

гражданам от 7 до 10-кратного размера БГМ (от 1 млн 561 тыс. сум до 2 млн 230 тыс. сум);

должностные лица могут быть оштрафованы на сумму от 10 до 15 минимальных размеров оплаты труда (от 2 миллионов 230 тысяч сумов до 3 миллионов 345 тысяч сумов).

В случае совершения данного правонарушения педагогический работник образовательного учреждения в своем заявлении без составления административного протокола должен указать сведения о личности правонарушителя, месте, времени и характере правонарушения, а также иные необходимые сведения. имеют право обратиться в суд.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: