Inklyuziv ta’limni tashkil qilish va uning ustamalari haqida

Inklyuziv ta’limni tashkil qilish va uning ustamalari haqida

⚡️Inklyuziv ta’limni tashkil qilish va uning ustamalari haqida ma’lumotlar bilan tanishing.

Inklyuziv sinflar tashkil etish

Agar maktablarda inklyuziv ta’lim sinflari va boshlang‘ich tayanch korreksion sinflar tashkil etilsa, ushbu sinflarga dars o‘tuvchi pedagoglar oyligiga qo‘shimcha ustama beriladi.

Xo‘sh, ushbu sinflar qanday tartibda tashkil etiladi?

Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar boshqa (sog‘lom) bolalar bilan bir qatorda maktabga qatnab muayyan sinfning o‘quv rejasiga mos keladigan o‘quv dasturlari doirasida tahsil olishi inklyuziv ta’limni tashkil qiladi.

O‘quvchilarni inklyuziv ta’lim sinflari va boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarga qabul qilish hamda chiqarish hududiy xalq ta’limi boshqarmasi huzurida tashkil etilgan “Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya” xulosasiga ko‘ra, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar roziligi bilan amalga oshiriladi.

Inklyuziv sinflarga qanday o‘quvchilar qabul qilinadi?

Inklyuziv ta’lim sinflari va boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarga quyidagi toifadagi bolalar qabul qilinadi:

eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar (eshitish qobiliyatining yo‘qotilishi 60 Db gacha bo‘lgan rivojlanishida qo‘shimcha buzilishlar bo‘lmagan bolalar);

ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar (ko‘rish qobiliyatining buzilishi 0,1 gacha bo‘lgan rivojlanishida qo‘shimcha buzilishlar bo‘lmagan bolalar);

somatik kasalliklar (psixofizik va nutqning rivojlanish darajasi yoshiga mos kelmaydigan bolalar);

nutqida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar (alaliya, dislaliya, afaziya, rinolaliya, dizartriya, psixik-nutqiy rivojidagi sustlik, duduqlanish);

tayanch-harakat apparatida nuqsoni bo‘lgan bolalar (bolalar tserebral falaji, skolioz, poliomiyelit, miopatiya, osteomiyelit, amputatsiya, bo‘y o‘sishining yetishmovchiligi — pakanalik);

aqliy rivojlanishi saqlangan holda tayanch-harakat tizimidagi buzilishi bo‘lgan bolalar;

aqliy rivojlanishi saqlangan yoki ruhiy rivojlanishda orqada qolgan bolalar (o‘zi harakat qila oladigan yoki qo‘shimcha moslamalar va nogironlik aravachasida harakatlana oladigan bolalar tserebral falaji);

intellektual rivojlanishning potensial buzilmagan imkoniyatlari bilan ruhiy rivojlanishda orqada qolgan bolalar;

xulq-atvor va ruhiyatning qo‘pol buzilishlarisiz autistik spektri buzilgan bolalar;

intellektual rivojlanishi saqlanib qolingan, tutqanoq holatida bo‘lgan bolalar (agar bola antikonvulsant dorisini qabul qilganda, tutqanoq 1 oyda 1 martadan oshmagan paytda).

Maktab ushbu toifadagi bolalarni qabul qilishdan bosh tortishga haqli emas.

Inklyuziv sinflarda dars berayotgan o‘qituvchilar ustama haqlari

Inklyuziv ta’lim sinflari o‘qituvchilariga ustama sinfda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bir nafar bola uchun lavozim maoshining 10 foizi, ikki nafar bola uchun 20 foizi, uch nafar bola uchun 30 foizi miqdorida, ikki va undan ortiq inklyuziv ta’lim sinflarida to‘rt nafar va undan ortiq bola uchun ta’lim-tarbiya ishlarini olib borgan o‘qituvchilar va maxsus pedagoglarga lavozim maoshining 40 foizi miqdorida belgilanadi.
Boshlang‘ich tayanch korreksion sinflar o‘qituvchilari va maxsus pedogoglarga mehnatning alohida sharoitlari uchun har oyda to‘lanadigan ustama haqi lavozim maoshining 50 foizi miqdorida to‘lanadi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son qarori. Qarorning to‘liq matni 👉https://lex.uz/ru/docs/-5679836

Mavzuga doir:
Inklyuziv taʼlim — barcha uchun moʻljallangan taʼlim

Inklyuziv taʼlim sinflari o‘qituvchilariga qo‘shimcha ustama to‘lanadi

Inklyuziv ta’lim 2022-yil sarhisobi, jarayon va statistikalar


⚡️ Ознакомьтесь с информацией об организации инклюзивного образования и его преимуществах.

Организация инклюзивных занятий

Если в школах будут организованы классы инклюзивного образования и начальные коррекционные классы, педагогам, ведущим эти классы, будет предоставлена ​​дополнительная надбавка к заработной плате.

Итак, как организованы эти занятия?

Дети с особыми образовательными потребностями вместе с другими (здоровыми) детьми посещают школу и учатся в рамках образовательных программ, соответствующих учебному плану конкретного класса, составляет инклюзивное образование.

Согласно заключению «Психолого-медико-педагогической комиссии», созданной при областном управлении народного образования, прием и отчисление обучающихся в классы инклюзивного образования и начальные коррекционные классы осуществляются родителями или лицами, их заменяющими, с согласия физических лиц.

Какие учащиеся принимаются в инклюзивные классы?

В классы инклюзивного образования и начальные коррекционные классы принимаются следующие категории детей:

дети с нарушением слуха (дети с тугоухостью до 60 дБ без дополнительных нарушений развития);

дети с нарушением зрения (дети с нарушением зрения до 0,1 без дополнительных нарушений развития);

соматические заболевания (дети, уровень психофизического и речевого развития которых не соответствует их возрасту);

дети с выраженными дефектами речи (алалия, дислалия, афазия, ринолалия, дизартрия, задержка психоречевого развития, заикание);

дети с нарушениями опорно-двигательного аппарата (дети с детским церебральным параличом, сколиозом, полиомиелитом, миопатией, остеомиелитом, ампутацией, низкорослостью — низкорослостью);

дети с нарушением опорно-двигательного аппарата при сохранении умственного развития;

дети с сохраненным умственным развитием или умственной отсталостью (дети с детским церебральным параличом, которые могут передвигаться самостоятельно или могут передвигаться с помощью дополнительных приспособлений и инвалидных колясок);

умственно отсталые дети с потенциально сохранными возможностями интеллектуального развития;

дети с расстройствами аутистического спектра без выраженных поведенческих и психических расстройств;

дети с сохраненным интеллектуальным развитием, находящиеся в состоянии судорог (при приеме ребенком противосудорожных препаратов судороги не превышают 1 раза в 1 мес).

Школа не имеет права отказать в приеме детям данной категории.

Надбавки учителям, преподающим в инклюзивных классах

Учителям классов инклюзивного образования выплачивается 10 % заработной платы за одного ребенка с особыми образовательными потребностями в старшем классе, 20 % за двух детей, 30 % за трех детей.Для учителей и специальных педагогов, обучающих четырех и более детей в двух и более классах инклюзивного образования, устанавливается 40 процентов должностного оклада.
Учителям начальных коррекционных классов и специальным педагогам ежемесячно выплачивается премия в размере 50% от заработной платы за особые условия труда.

Основание: Постановление Кабинета Министров от 12 октября 2021 года № 638. Полный текст решения 👉https://lex.uz/ru/docs/-5679836

Предмет:
Инклюзивное образование – это образование для всех

Учителям классов инклюзивного образования выплачивается дополнительная премия

Инклюзивное образование 2022: резюме, процесс и статистика

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 1
  1. Sabohat

    Sinfimda 1 ta inklyuziv taʼlim oluvchi oquvchi bor. Menga 10% ustama beriladimi

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: