Individual bo‘lish uchun nima qilish kerak?

Kishini boshqalardan, ommadan individual xususiyatlar ajratib turadi.

Juda ko‘p odamlar o‘zlariga yuqori baho beradi va o‘zlarini individual hisoblashadi. Aslida kishi individual, o‘ziga xos bo‘lib tug‘ilmaydi, individuallik keyin shakllanadi.
Juda ko‘p odamlar jamiyat, tv va umumiy qadriyatlar sabab bir xil(shablon) fikrlaydi. Bolalikdan dastlab ota-onamiz va aka-opalarimiz harakatlari, so‘zlarini imitatsiya qilamiz. Keyinroq maktabga boramiz va o‘qituvchilar aytagnini qilib, ular uqtirgan narsani konstanta deya qabul qila boshlaymiz. Ular o‘zlari bilgan narsani haqiqat deb uqtirishadi, hammani bitta tizimga tiqishga urinishadi.
Sizning fikrlashingiz, odatlaringizga asosiy ta’sirni nafaqat oila, maktab yo do‘stlar balki pop-madaniyat shakllantiradi. Tv, OAVlar va ijtimoiy tarmoqlar.
Tadqiqotlarga ko‘ra o‘rtacha bolakay bir kunda 3 soat vaqtini televizor qarshisida o‘tkazadi. Maktabni bitirgunicha u 14 000 soat vaqtini tv qarshisida o‘tkazsa, maktab darslariga 11 000 soat vaqt sarflaydi. Bu turli ommaviy jurnallar, videoo‘yinlar va musiqa eshitishni hisobga olmaganda. 18 yoshgacha odam 750 000 dan ortiq reklama roliklar, e’lonlarga ko‘zi tushadi. Rekalama odamlarni ishonuvchan qilib qo‘yadi va chuqur o‘ylamay fikr chiqarishga, oddiy fikrlarni ham fakt sifatida qabul qilishga o‘rgatib qo‘yadi.
Biz o‘zimizda qanday g‘oyalar, fikrlar borligini yaxshi bilamiz, ammo bu fikrlar qanday vujudaga kelganiga e’tibor bermaymiz. Shaxsiy fikrlarimiz aslida boshqalardan o‘zlashtirilganini tan olish biz uchun tahqirli va yotdir. Shuning uchun biz bunga zo‘r berib qarshilik qilamiz.
Individual bo‘lish bu shunchaki mustaqil bo‘lish emas, bu o‘sha mustaqillikni qo‘lga kiritishdir.
Individual bo‘lish uchun ko‘maklashadigan 3 qadam esa quyidagicha:
1. Tafakkuringiz shakllanishiga nimalar ta’sir etganini tan oling. Boshqalar g‘oyasi va pozitsiyasi hali yoshligingizdayoq singdirlagini tan olib, qaysidir fikringizda adashgan bo‘lishingiz mumkinligini tan olishdan qo‘rqmang. Aynan kimlar: ota-onangiz, do‘stlaringiz yo avtotitet hisoblangan kimdir sizga ko‘proq ta’sir o‘tkazganini aniqlang.
2. O‘z g‘oyalaringiz va odatlaringiz qanday shakllanganini aniqlashtiring. Qarashlaringizni mavhum qilmay aniqlashtiring. Sizning siyosiy qarashingiz qanday? Kapitalistmi yo komminist, balki anarxistsiz. Xo‘sh, o‘zi bu fikrga qanday kelgansiz. Kim sizga ulardan biri ustun ekanligini uqtirgan. Biror mashxur odammi, kitobmi yoki amaliy tajribami? Din, millat, gender va shu kabi boshqa turli ijtimoiy, iqtisodiy qarashlaringizni aniqlashtirib, nega bu fikrga kelganingizni bunga nimalar ta’sir qilganini aniqlashga urining?
3. O‘z g‘oyalaringiz orasidan eng yaxshilari, obyektivlarini tanlab oling. Obyektivlik u qadar nisbiy tushuncha emas. O‘z e’tiqodingiz, boshqalarga xurmat yo manfaatingizni ko‘zlamay, e’tborga olmay eng ustun fikrni ajratishga harakat qiling. Bu oson jarayon emas. Individual bo‘lish ham bir yoki yuz kunda darhol ro‘y bermasligi mumkin. Ammo, yuqoridagi bosqichlar orqali maksimal darajada individuallika erishib, shablon fikrlar va stereotiplardan qochishga o‘rganasiz. Kundan kun, oydan oy o‘z alohida xususiaytingiz va individuallika erishib boraverasiz!.

Maqola yoqdimi? Iltimos, saytni ommalashtirishga yordam berib ijtimoiy sahifadagi do'stlaringizga ma'lum qiling.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: