Farzandning ota-ona oldidagi burchlari

Farzandning ota-ona oldidagi burchlari

Muqaddas Islom dini insonlarni doimo yaxshilikka chaqiradi va yomonlikdan qaytaradi.

Insonlarning huquqiga nisbatan bo‘ladigan har qanday tajovuzni man qiladi. Huquqlar ichida eng muhimi ota-onaning o‘z farzandi zimmasidagi haqlari, farzandning o‘z ota-onasi oldidagi burchidir.
Ota-ona har bir inson uchun juda mo‘’tabar va e’zozlik kishilardir. Dinimiz ota-ona qanday bo‘lishidan qat’iy nazar ularni hurmat-ehtirom qilishga buyuradi. Dunyo islom dinichalik ota-onaning hurmatini yuqori qo‘ygan ta’limot yo‘qdir.
Ma’lumki, ota-onalar o‘z farzandlarini cheksiz mehr-muhabbat va shafqat bilan tarbiya qilib o‘stiradilar. Binobarin, har bir farzandning zimmasiga ham aqlan, ham shar’an o‘z ota-onalariga nisbatan behisob burch va vazifalar yuklanadi. Jumladan Qur’oni karimning bir qancha oyatlarida ota-onalarimizga yaxshilik qilishga buyuriladi.
Alloh taolo ota-onaga zinhor ozor bermaslik va ularning so‘zlari-yu fe’llarini hech bir malol olmaslikka buyurib, quyidagicha xitob qiladi:
“Rabbingiz, Uning O‘zigagina ibodat qilishingizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi. (Ey inson!) Agar ularning biri yoki har ikkisi huzuringda keksalik yoshiga yetsalar, ularga “Uf!”dema va ularni jerkima! Ularga (doimo) yoqimli so‘z ayt!” (Isro, 23 ).
“Ularga yoqimli so‘z ayt!” deganda ota-onani nomi bilan chaqirmaslik, balki “otajon”, “onajon” kabi so‘zlar bilan yosh go‘daklarga xos muomala qilish, ularni ranjitadigan gaplarni gapirmaslik, ular oldida o‘zini kichik bir kishidek tutish kabilarni tushunish kerak.
Janobi Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam ham ko‘p hadisi shariflarida ota-onalarga yaxshilik qilish, ularning roziliklarini topish uchun harakat qilishga buyurganlar. Jumladan: “Parvardigorning roziligi ota-onaning roziliklariga bog‘liq. Uning g‘azabi ham ota-onaning norozigiga qarab bo‘ladi”.
Demak, har qanday farzand o‘z ota-onasining xizmatini ado qilish bilan jannatni, ularga ozor berish bilan do‘zaxni qo‘lga kiritishi mumkin.
Ota-ona vafot etgandan so‘ng ham farzandning burchi tamom bo‘lmaydi. Balki ularning do‘st va qarindoshlari bilan yaxshi aloqada bo‘lishi lozim.
Rasululloh sollallohg‘u alayhi vasallam: “Yaxshiliklarning eng afzali bir kishi otasi vafot etgandan so‘ng uning do‘stlari bilan aloqa qilishidir”, deb marhamat qilganlar.
Alloh taolo barchamizni ota-onalarimizning xizmatlarini qilib, ularning haqlarini ado etib borishga muvaffaq aylasin!.

Manba: Azon.uz

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: