1-kurs talabalari uchun dars mashg‘ulotlari qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi

1-kurs talabalari uchun dars mashg‘ulotlari qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda 2021/2022-o‘quv yiliga talabalikka tavsiya etilganlar (1-bosqich talabalari) uchun joriy yilning 6 sentaabridan dastlabki tanishtiruv haftaligi (xususan, mustaqillik darslari), 13 sentyabridan esa o‘quv rejaga muvofiq dars mashg‘ulotlari boshlanadi.

Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Yangi o‘quv yilidan boshlab barcha oliy ta’lim muassasalarining birinchi kurs talabalari uchun o‘quv jarayoni kredit-modul tizimi orqali tashkil etiladi.
Tanishtiruv haftaligida talabalar kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati, o‘quv jarayoniga tatbiq etilish tartibi, oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalari va shu kabi zaruriy axborotlar bilan tanishtiriladi.
Shu bilan birga, tanishtiruv haftaligini tashkil etishda doimiy yashash manzilidan, xususan, Respublikaning boshqa hududlarida bo‘lgan talabalarning oliy ta’lim muassasasiga yetib kelishi, turar-joylariga joylashishi uchun vaqt ajratilishi inobatga olinadi. Yuqori kurs (birinchi kursdan tashqari) talabalari uchun esa dars mashg‘ulotlari umumiy tartibda 6 sentyabrdan boshlanadi.


В Узбекистане для тех, кто рекомендован на 2021/2022 учебный год (первокурсники), первая вводная неделя (особенно занятия по самостоятельности) начнется 6 сентября, а занятия начнутся 13 сентября в соответствии с учебным планом.

Об этом сообщает пресс-служба Министерства высшего и среднего специального образования.
С начала нового учебного года учебный процесс для первокурсников всех высших учебных заведений будет организован по кредитно-модульной системе.
В течение вводной недели студенты будут ознакомлены с содержанием кредитно-модульной системы, порядком ее внедрения в учебный процесс, внутренними процедурами вуза и другой необходимой информацией.
При этом при организации ознакомительной недели учитывается время, отведенное студентам из других мест проживания, в частности, на прибытие в высшее учебное заведение и заселение в свои резиденции. Для старшеклассников (кроме первого курса) занятия обычно начинаются 6 сентября.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: